Gafurov Farrux Abualievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boldirlararo boylamlar shikasti va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindesmoz jarohatlanishida takomillashtirilgan suyak ichi osteosintezini qo‘llash taktikasi», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1567.
Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy taqrizchilar: Borzunov Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  boldirlararo sindesmoz jaroxati bilan bog‘liq bo‘lgan oshiq-boldir bo‘g‘imi jaroxatlarini tashxislash va davolash usulini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshiq-boldir bo‘g‘imini supinatsion-pronatsion, inversion-eversion mexanizmlarida boylamlar turli darajadagi jaroxatlanishi ul`tratovush tekshiruvi orqali aniqlangan, bunda sindesmoz oraliq masofasi 5 mmdan ortiq bo‘lganda jarroxlik taktikasini qo‘llash  kerakligi isbotlangan;
ul`tratovush tekshiruvi natijalariga asoslanib jaroxatlangan boylamlarni tikish orqali oshiq-boldir bo‘g‘imining mustaxkamlik darajasini an’anaviy bolt-styajka orqali maxkamlashga  nisbatan samarali ekanligi va  bo‘g‘imning to‘la butunligi saqlanishi isbotlangan;
boldirlararo sindesmoz uzilishini tiklash uchun o‘zi siqib maxkamlovchi suyak ichi osteosintezi qurilmasi ishlab chiqilgan, ushbu qurilmadan foydalanish natijasida davolash davrida oshiq-boldir bo‘g‘imidagi lokomotor funksiyasi va xarakat dinamikasini adekvat saqlab qolinishi isbotlangan;
boldirlararo sindesmoz uzilishini tiklash maqsadida tashqi to‘piq oldidan o‘tkaziladigan ilmoqsimon kesim orqali bajariladigan operatsiya muolajasi qulay yondashuvga ega ekanligi va old tibio-fibulyar boylam jaroxatini tiklash oson bajarilishi isbotlangan;
jarroxlik aralashuvidan so‘ng bo‘g‘imning klinik va vezuval tekshiruvlar natijasi bo‘g‘imda amortizatsion va lokomotor funksiyati saqlanishi, bo‘g‘im faoliyatini erta reabilitatsiya qilish imkoniyatini yaratilishi va bo‘lajak asoratlarni bartaraf qilinishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil  12 aprel` 13-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2024 yil 4 yanvar`  №39 son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilikning moxiyati: oshiq-boldir bo‘g‘imini supinatsion-pronatsion, inversion-eversion mexanizmlarida boylamlar turli darajadagi jaroxatlanishi ultratovush tekshiruvi orqali aniqlangan, bunda sindesmoz oraliq masofasi 5 mmdan ortiq bo‘lganda jarroxlik taktikasini qo‘llash  kerakligi isbotlangan. Intelektual mulk agentligining guvoxnomasi №DGU. Ilmiy yangilikning ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati  ultratovush tekshiruvi orqali oshiq-boldir bo‘g‘imini supinatsion-pronatsion, inversion-eversion mexanizmlarida sindezmoz oraliq masofasi 5 mmdan ortiq bo‘lganda jarroxlik taktikasini qo‘llash natijasida jaroxatlangan boylamlar tikilib, bo‘g‘imning anatoma funksional xolati erta tiklandi. Ilmiy yangilikning amaliyotiga joriy qilinishi:Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel 13-son xulosasi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand  feliali  (05.06.2022 y.; №28), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.05.2022 y.; №17), va Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (14.06.2022 y.; №21) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ultratovush tekshirish ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib, to‘piqlar sinishi bilan birga kechuvchi distal sindezmoz ajralishini davolashning funksonal va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi, oshiq-boldir bo‘g‘imidagi suyak va boylam tuzilmalaridagi jarohatlarning aniqlik darajasini 95,3-97,2% ko‘tardi;yumshoq to‘qimalarga kam jaroxat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsonar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 83,9% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; taklif etilgan ultratovush tekshirish usulidan foydalanish oshiq-boldir bo‘g‘imi boylamlarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash sifatini yaxshiladi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorni shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 5 kungacha qisqartirilib, shifoxonada to‘lov miqdori 588000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 196000 so‘mni tashkil qiladi); - bolt-styajka operatsiyasi bilan taklif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 980000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasini tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: ultratovush tekshirish ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib oshiq-boldir bo‘g‘imi bog‘lamlarini va distal sindesmoz jaroxatini  jarroxlik amaliyoti usuli 1ta bemor uchun 588000 so‘m iqtisod qilishga imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilikning moxiyati: ultratovush tekshiruvi natijalariga asoslanib jaroxatlangan boylamlarni tikish va o‘zi siqib maxkamlovchi suyak ichi qurilmasini qo‘llash orqali oshiq-boldir bo‘g‘imining mustaxkamlik darajasini an’anaviy bolt-styajka orqali maxkamlashga  nisbatan samarali ekanligi va  bo‘g‘imning to‘la butunligi saqlanishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bog‘lamlar jaroxatini ultratovush tekshiruvi natijalariga asoslangan xolda  yangi suyak ichi qurilmasini qo‘llanilishi, bo‘g‘imdagi lakamator dinamik xalatni tiklanayotganligi, bemorlarni  xar  3,6,9,12  oy  muddatlarda qayta ul`tratovush tekshiruvi asosida bo‘g‘im boylamlarining chandiqlanayotganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotiga joriy qilinishi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel 13-son xulosasi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand  feliali  (05.06.2022 y.; №28), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.05.2022 y.; №17), va Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (14.06.2022 y.; №21) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Olingan natijalar to‘piqlar sinishi bilan birga kechuvchi boldirlararo distal sindasmoz jaroxatlanishlari bo‘lgan bemorlarni diagnostika va sifatli davolash samaradorligini oshirishga va bolt-styajkaga bo‘lgan talabni keskin kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 5 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 588000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 196000 so‘mni tashkil qiladi); - an’anaviy usulda bajarilgan operatsiya bilan takldif etilgan jarrohlik muolajasining farqi 980000so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - bolt-styajka metalining narxi ishlab chiqilgan qurilmaning narxi oralig‘idagi tafovut 400000 so‘mni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar yana istisodiy samaradorlikni oshirib, umumiy samaradorlikni 988000 so‘mga oshiradi. Xulosa: ultratovush tekshiruvi natijalariga asoslanib jaroxatlangan boylamlarni tikish va ishlab chiqilgan suyak ichi qurilmasini qo‘llash orqali oshiq-boldir bo‘g‘imining mustaxkamlik darajasini an’anaviy bolt-styajkaga qaraganda  nisbatan samarali ekanligi va bo‘g‘imning to‘la butunligi saqlanishiga erishish  1 bemor uchun 988000 so‘m iqtisodi imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilikning moxiyati:boldirlararo sindesmoz uzilishini tiklash uchun  o‘zi siqib maxkamlovchi suyak ichi osteosintezi qurilmasi ishlab chiqilgan, ushbu qurilmadan foydalanish natijasida davolash davrida oshiq-boldir bo‘g‘imidagi lokomotor funksiyasi va xarakat dinamikasini adekvat saqlab qolinishi isbotlangan; Intelektual mulk agentligining ixtro uchun patent olingan (№211377. Rassiya federatsiyasi). Ilmiy yangilikning ahamiyati:distal sindesmoz uzilishini tiklash uchun o‘zi siqib maxkamlovchi suyak ichi osteosintezi uchun qurilmaning bosilish, tortilish va buralish kabi biomexanik xolatlari o‘rganilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotiga joriy qilinishi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel 13-son xulosasi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand  feliali  (05.06.2022 y.; №28), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.05.2022 y.; №17), va Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (14.06.2022 y.; №21) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rentgenologik va UTT  ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib, to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi boldirlararo distal sindesmoz jaroxatlarini tashxislash orqali  funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rentgenologik va UTT  ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib, to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi boldirlararo distal sindesmoz jaroxatlarini tashxislash orqali bemorlarni jarrohlik davolash usulini to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Bunda bemorlarni operatsiyadan keying nogironlik ko‘rsatgichini pasayishi iqtisodiy samaradorlikga  olib keladi. Xulosa: rentgenologik va UTT  ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib,to‘piqlar sinishi bilan birga kechuvchi distal sindesmoz ajralishlarini xirurgik davolashning optimallashtirilgan stabil miniinvaziv usulini tanlash taktikasini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilikning moxiyati: boldirlararo sindesmoz uzilishini tiklash maqsadida tashqi to‘piq oldidan o‘tkaziladigan ilmoqsimon kesim orqali bajariladigan operatsiya muolajasi qulay yondashuvga ega ekanligi va old tibio-fibulyar boylam jaroxatini tiklash oson bajarilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:distal sindesmoz jaroxatlarini  tiklash maqsadida ilmoqsimon kesim orqali bajariladigan operatsiyalar  old tibio-fibulyar boylam jaroxatini tiklash imkoniyatini osonlashtiradi va operatsiyadan keyingi davolash natijalarini 97.2 % ga oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotiga joriy qilinishi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel 13-son xulosasi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand  feliali  (05.06.2022 y.; №28), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.05.2022 y.; №17), va Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (14.06.2022 y.; №21) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlanishlariningdastlabki davrida rentgen bilan birga, UTT  va  MRT tekshiruvlarini o‘tkazish orqali sindizmoz uzilishining qoniqarsiz natijalar ulushini 15 % gacha kamaytirishga imkon beradi, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 84,9% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; Ushbu tekshiruvlar taklif etilgan davolash usulida foydalanish, boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlarini tashxislashda tekshiruv taktikasini tanlashga imkon berdi. Bemorlarni rentgenologik va ultratovush ko‘rsatgichlari MRT teksiruvida 99% sezuvchanlik, o‘ziga xoslik 99%  differensial tashxislash imkon berdi. Masalan  bir bemorga roentgen (60 000), UTT (75 000), MRT (345 000) tekshiruvidan o‘tkazilsa bemor umumiy xisobda 480 000 so‘m sarflaydi. Bemorlarda ishlab chikilgan dastur bo‘yicha rentgen va ultratovush o‘tkazilishi 345000 so‘m iqtisod qiladi, xamda bemorlarning nurlanish imkoniyatini kamaytiradi. Xulosa:Boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlarini operatsiya va operatsiyadan keying asoratlarni oldini olish va xirurgik davolashning optimallashtirilgan usulini tanlash taktikasini aniqlab berishi, noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
beshinchi ilmiy yangilikning moxiyati:jarroxlik aralashuvidan so‘ng bo‘g‘imning klinik va vezuval tekshiruvlar natijasi bo‘g‘imda amortizatsion va lokomotor funksiyati saqlanishi, bo‘g‘im faoliyatini erta reabilitatsiya qilish imkoniyatini yaratilishi va bo‘lajak asoratlarni bartaraf qilinishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: zomonaviy yondoshuvlar natijasida yani yangi ishlab chiqilgan suyak ichi qurilmasini qo‘llash,old tibio-fibulyar bog‘lamni ilmoqsimon kesim qilinishi natijasida tiklashga erishilgan. Ushbu erishilgan natijalar orqali bo‘g‘imning lakamator funksiyasi saqlanib qolgan va operatsiyadan keyingi asoratlar ulushi qisqartirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotiga joriy qilinishi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 12 aprel 13-son xulosasi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarqand  feliali  (05.06.2022 y.; №28), Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (03.05.2022 y.; №17), va Andijon viloyati xo‘jalik xisobidagi travmatologiya va ortopediya shifoxonasida (14.06.2022 y.; №21) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:Boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlarini dastlabki davrida rentgen bilan birga, UTT  va  MRT tekshiruvlarini o‘tkazish orqali sindizmoz uzilishining qoniqarsiz natijalar ulushini 15 % gacha kamaytirishga imkon beradi, asoratlarning kamayishi, statsonar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 85% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; Ushbu tekshiruvlar taklif etilgan davolash usulida foydalanish, boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlarini tashxislashda tekshiruv taktikasini tanlashga imkon berdi. Bemorlarni rentgenologik va ul`tratovush ko‘rsatgichlari MRT teksiruvida umumiy iqtisod qilish 345000 so‘mga, jarroxlik aralashuvida esa 988000 so‘mga, umumiy olganda bir bemor uchun 1333000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikga erishildi. Xulosa:Boldirlararo boylamlar jaroxati va to‘piqlar sinishi bilan kechuvchi distal sindezmoz jarorxatlanishlarini tashxislash va operatsiya taktikasini to‘g‘ri tanlash jarohat olgan bemorlarning iqtisodiy samaradorligini oshirganligi isbotlandi.  Suyak ichi qurilmasidan foydalanib davolash  taktikasini aniqlab berilishi, noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish