Muxtarova Aziza Erkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P165.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Juraev Baxrom, psixologiya fanlari doktori (DSc); Qabulov Qosimboy Pirjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish orqali refleksivlikni shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalardagi refleksiv qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslararo muloqot, o‘z-o‘zini boshqarishning refleksiv jihatlari hamda yigitlarda kommunikativ, qiz bolalarda esa autorefleksiyaning ustuvorligi tufayli kasbiy shakllanish bilan bog‘liq dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillangan;
talabalarning refleksivlik qobiliyatini rivojlanishi auto va sotsiorefleksiya, boshqalar bilan muloqot hamda o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatlarini metokognitiv mexanizm sifatida differensial namoyon bo‘lishi sababli o‘quv faoliyati bilan bog‘liq retrospektiv, real, prospektiv refleksiyaning darajaviy ifodalanishiga integrativ kechishi asoslangan;
talabalardagi refleksiv qobiliyatlarning rivojlanishi autorefleksiyaning rejalashtirish, mustaqillik, sotsiorefleksiyaning moslashuvchanlik, boshqalar bilan muloqotning modellashtirish, moslashuvchanlik, o‘z-o‘zini boshqarishning modellashtirish, natijalarni baholash sifatlarini iroda kuchining sub’ektiv lokolizatsiyasi ta’sirida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatining shakllanishiga identiv ekanligi asoslangan;
talabalardagi ustuvor faoliyat uslubining refleksiv xususiyatlarni rivojlanishiga ta’siri natijasida faollik boshqalar bilan muloqot, tahlilchi autorefleksiya, nazariyotchi autorefleksiya, o‘z-o‘zini boshqarish, pragmatik tip sotsiorefleksiya bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘zini anglash xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatining komponentlari bilan interkorrelyasion bog‘lanishlarga ega ekanligi isbotlangan;
talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish uchun individual refleksiyaning verbal va noverbal ekspressiyalarni anglash, ijtimoiy-persepsiya, empatiya, identifikatsiya xususiyatlarining shakllanganlik darajsiga bog‘liq ravishda ijtimoiy refleksiyaga uyg‘un holda namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli kognitiv (o‘z-o‘zini tavsiflash), hissiy (o‘ziga emotsional munosabat), operativ (o‘z-o‘zini boshqarish) sohalariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalardagi refleksiv qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslararo muloqot, o‘z-o‘zini boshqarishning refleksiv jihatlari hamda yigitlarda kommunikativ, qiz bolalarda esa autorefleksiyaning ustuvorligi tufayli kasbiy shakllanish bilan bog‘liq dinamik xususiyatga ega ekanligi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM113-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM113a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda refleksiv qobiliyatlarni kasbiy shakllanishiga ta’sirini dalillash imkoniyati yaratilgan;
talabalarning refleksivlik qobiliyatini rivojlanishi auto va sotsiorefleksiya, boshqalar bilan muloqot hamda o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatlarini metokognitiv mexanizm sifatida differensial namoyon bo‘lishi sababli o‘quv faoliyati bilan bog‘liq retrospektiv, real, prospektiv refleksiyaning darajaviy ifodalanishiga integrativ kechishi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM113-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM113a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar refleksiv qobiliyatlarini rivojlantirish orqali o‘quv faoliyati samaradorligiga erishilgan;
talabalardagi refleksiv qobiliyatlarning rivojlanishi autorefleksiyaning rejalashtirish, mustaqillik, sotsiarefleksiyaning moslashuvchanlik, boshqalar bilan muloqotning modellashtirish, moslashuvchanlik, o‘z-o‘zini boshqarishning modellashtirish, natijalarni baholash sifatlarini iroda kuchining subektiv lokalizatsiyasi ta’sirida ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli shaxs xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish xususiyatining shakllanishiga identiv ekanligi asoslanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM113-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM113a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda refleksiv qobiliylarni rivojlanishining shaxs xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarishga bog‘liqlik jihatlari tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.
talabalardagi ustuvor faoliyat uslubining refleksiv xususiyatlarni rivojlanishiga ta’siri natijasida faollik boshqalar bilan muloqot, tahlilchi autorefleksiya, nazariyotchi autorefleksiya, o‘z-o‘zini boshqarish, pragmatik tip sotsiorefleksiya bilan integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘z-o‘zini anglash xulq-atvorda o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatining komponentlari bilan interkorrelyasion bog‘lanishlarga ega ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM113-sonli buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM113a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning psixodiagnostika hamda psixokorreksion sohasidagi amaliy ma’lumotlarini oshirishga erishilgan;
talabalarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirish uchun individual refleksiyaning verbal va noverbal ekspressiyalarni anglash, ijtimoiy-persepsiya, empatiya, identifikatsiya xususiyatlarining shakllanganlik darajsiga bog‘liq ravishda ijtimoiy refleksiyaga uyg‘un holda namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli kognitiv (o‘z-o‘zini tavsiflash), hissiy (o‘ziga emotsional munosabat), operativ (o‘z-o‘zini boshqarish) sohalariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati dalillaganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-fevraldagi PM113-sonli buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 1-martdagi PM113a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarda refleksiv qobiliyatlarni rivojlantirishning psixokorreksion amaliy-uslubiy ta’minotni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan.