Ishankulova Gulzoda Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek oilalarida shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy etnopsixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P433.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Mavluda Xudoyorovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarida shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy-etnopsixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini “boy berishi” va iqtisodiy tanglik vaziyatida “rejalashtirilmagan farzand”ning tug‘ilishi natijasida oilaviy munosabatlarda “psixologik travma” va “destruktiv xulq-atvor motiv”larini anormal shaklda namoyon bo‘lishi tufayli, abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishi dalillangan;
gender munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida, “shaxs nevrotikizatsiyasi”, “konfrontatsiya”, “individual depressiyaning maksimallashishi” kabi zo‘ravonlik indekslarini ortishi oqibatida ayollarda “akseleratik tabiat”ni paydo bo‘lishi tufayli nizoli vaziyatlardagi xulq pozisiyasida differensial farqlarning mavjudligi asoslangan;
er-xotinlarning emotsional munosabatlariga ko‘ra, shaxsda bolalik davridan “meros” bo‘lib kelayotgan “inqirozning tipik tabiati”, “diskomfortdan qochish” va “hissiy komfortga intilish” motivini psixoprofilaktika bo‘lmasligi natijasida erkaklarda zo‘ravonlikka moyil xulq-atvor omillarini shakllanishi dalillangan;
individual xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oiladagi ijtimoiy rol va statusni obsessiv baholash, zaifroq subektni negativ manipulyasiya qilish hamda “impotent kayfiyat”ni uzoq vaqt davom etishi natijasida oila-nikoh munosabatlari siklining buzilishi va erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish motivlarini paydo bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilalarda shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy-etnopsixologik xususiyatlari oilaviy munosabatlar misolida o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini “boy berishi” va iqtisodiy tanglik vaziyatida “rejalashtirilmagan farzand”ning tug‘ilishi natijasida oilaviy munosabatlarda “psixologik travma” va “destruktiv xulq-atvor motiv”larini anormal shaklda namoyon bo‘lishi tufayli, abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishi dalillanganligi to‘g‘risidagi taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-87-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-noyabrdagi PM-87a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsning iqtisodiy-ijtimoiy pozisiyasini boy berishi va iqtisodiy tanglik vaziyatida rejalashtirilmagan farzandning tug‘ilishi natijasida abyuzer shaxs xususiyatlarini shakllanishi aniqlashtirilgan;
gender munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida, “shaxs nevrotikizatsiyasi”, “konfrontatsiya”, “individual depressiyaning maksimallashishi” kabi zo‘ravonlik indekslarini ortishi oqibatida ayollarda “akseleratik tabiat”ni paydo bo‘lishi asoslanganligiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-87-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-noyabrdagi PM-87a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek oilalarida shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy-etnik xususiyatlarini er-xotin munosabatlariga uchinchi shaxsning bilvosita aralashuvi natijasida ayollarda akseleratik tabiatni paydo bo‘lishi asoslangan;
er-xotinlarning emotsional munosabatlariga ko‘ra, shaxsda bolalik davridan “meros” bo‘lib kelayotgan “inqirozning tipik tabiati”, “diskomfortdan qochish” va “hissiy komfortga intilish” motivini psixoprofilaktika bo‘lmasligi natijasida erkaklarda zo‘ravonlikka moyil xulq-atvor omillarini shakllanishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-87-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-noyabrdagi PM-87a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarida shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy-etnik xususiyatlari, shaxsda bolalik davridan meros bo‘lib kelayotgan erkaklarda zo‘ravonlikka moyil xulq-atvor omillarini shakllanishi o‘rganilgan;
individual xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ko‘ra, oiladagi ijtimoiy rol va statusni obsessiv baholash, zaifroq subektni negativ manipulyasiya qilish hamda “impotent kayfiyat”ni uzoq vaqt davom etishi natijasida oila-nikoh munosabatlari siklining buzilishi va erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish motivlarini paydo bo‘lishi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi PM-87-son buyrug‘i bilan «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-noyabrdagi PM-87a-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarida shaxslararo munosabatlar ta’siridagi gender tenglikning ijtimoiy-etnik xususiyatlari bilan bog‘liq xulq-atvor patternlarini shakllanishi motivlarini paydo bo‘lishi tadqiq etilgan.