Mardieva Shaxnoza Amirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar”
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P333.
Ilmiy rahbar: Beknazarova Lola Sadinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bafaev Muxiddin Muxammadovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarini tadqiq etish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanganligi “rejalashtirish”, “natijani baholash”, “mustaqillik” sifatlarini ta’lim jarayonida differensial namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning faoliyatga yo‘nalganligining “o‘z ustida ishlash” xususiyatiga integrativ tarzda ustuvor shakllanganligiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
talabalarda liderlik qobiliyatini namoyon bo‘lishiga faoliyat natijalarini baholashning maqsadlarni anglash, atrofdagilarga ta’sir o‘tkaza olish, guruh bilan ishlash, o‘z-o‘zini boshqarishning rejalashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatlari bilan o‘zaro uyg‘un shakllanishi tufayli shaxsning guruh qiziqishlariga integratsiyasi ijtimoiy-psixologik omil sifatida ta’sir etishi dalillangan;
talabalar guruhidagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omil sifatida differensial ta’siriga ko‘ra mas’uliyatlilik, simpatiya, sintonik muloqotning shaxslarga nisbatan konform ustanovka va kongruentlikka bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishi tufayli “hamkorlik-konvensiallik” liderlik qobiliyatini shakllanishida ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan;
talabalarda liderlik qobiliyatini shakllanishi uchun atrofdagilarga ta’sir eta olish hamda ularni o‘z g‘oyalariga ergashtira olish, vaziyatni boshqarish, o‘z-o‘ziga motivatsiya berish, mustaqillik, faoliyatni prognozlay olish qobiliyatini ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxs individual xususiyatining hissiy-emotsional, kommunikativ komponentlarini rivojlantirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy - psixologik omillarni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
talabalarda liderlik qobiliyatining shakllanganligi “rejalashtirish”, “natijani baholash”, “mustaqillik” sifatlarini ta’lim jarayonida differensial namoyon bo‘lishi tufayli shaxsning faoliyatga yo‘nalganligining “o‘z ustida ishlash” xususiyatiga integrativ tarzda ustuvor shakllanganligiga bog‘liq ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-95-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-95a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar liderlik qobiliyatiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarini namoyon bo‘lishi xususiyatlari tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda liderlik qobiliyatini namoyon bo‘lishiga faoliyat natijalarini baholashning maqsadlarni anglash, atrofdagilarga ta’sir o‘tkaza olish, guruh bilan ishlash, o‘z-o‘zini boshqarishning rejalashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatlari bilan o‘zaro uyg‘un shakllanishi tufayli shaxsning guruh qiziqishlariga integratsiyasi ijtimoiy-psixologik omil sifatida ta’sir etishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-95-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-95a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning liderlik qobiliyatini guruh qiziqishlariga integratsiyasiga bog‘liqlik jihatlari tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalar guruhidagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy-psixologik omil sifatida differensial ta’siriga ko‘ra mas’uliyatlilik, simpatiya, sintonik muloqotning shaxslarga nisbatan konform ustanovka va kongruentlikka bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishi tufayli “hamkorlik-konvensiallik” liderlik qobiliyatini shakllanishida ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-95-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-95a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda liderlik qobiliyatining namoyon bo‘lishida shaxslararo munosabatlar ta’sirini dalillash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda liderlik qobiliyatini shakllanishi uchun atrofdagilarga ta’sir eta olish hamda ularni o‘z g‘oyalariga ergashtira olish, vaziyatni boshqarish, o‘z-o‘ziga motivatsiya berish, mustaqillik, faoliyatni prognozlay olish qobiliyatini ustuvor namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxs individual xususiyatining hissiy-emotsional, kommunikativ komponentlarini rivojlantirish muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-95-sonli buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabr-dagi PM-95a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning psixokorreksion amaliy-uslubiy ta’minotni shakllantirish usuli ishlab chiqilgan.