Yuldasheva Nilufarxon Sherqo‘zi qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxs irodaviy regulyasiyasi jarayonida lokus nazoratning o‘rni», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi.Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P485.
Ilmiy rahbar: Abdurahmanova Zuxra Erkinovna, psixologiya fanlar nomzodi, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sattarova Gulnora Ikromovna, psixologiya  fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxs irodaviy regulyasiyasi jarayonida lokus nazoratning o‘rnini empirik jihatdan asoslash va takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 talabalik davrida irodaviy regulyasiyaning rivojlanishi progressiv-situasion-dinamiklik ko‘rinishida bo‘lgani holda, ontogenezdagi «ego-identifikasiya-diffuz o‘ziga xoslik» natijasida kasbiy yo‘lni tanlash, universitetda o‘qish jarayonida ta’lim faoliyatining yangi shakli, mazmuni rivojlanishi shaxsdagi irodaviy xislatlarning differensiallashuvi va regulyasion sistema holatining integrasiyalashuviga olib kelishi isbotlangan;
irodaviy regulyasiya rivojlanishining psixologik xususiyatlari jinsiy tafovutlar nuqtai nazaridan xilma-xillik kasb etishi aniqlangani holda, qizlarda xususiyatlari sifatida «hissiy va ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish», «mustaqillik», «intizom», «fidoyilik», yigitlarda esa, «jasorat», «matonat», «g‘ayrat», «qat’iyat», «tashkilotchilik» sifatlari ustuvor «irodaviy psixodinamik regulyatorlar» ekanligi dalillangan;
faoliyat turining o‘xshashligi, kasb tanlash va karera qurish kabi motivlarning kombinasiyalashuvi asnosida shaxsda irodaviy regulyasiyaning lokus strategiyalari rivojlanishi asoslanib, «o‘z kuchiga ishonish», «harakatlarini yuqori baholash», «o‘z ichki potensial darajalarini realizasiya qilish», «harakatlar avtomatizasiyasi» kabilarda muvaffaqiyatda va muvaffaqiyatsizlikda internallik darajasi proporsionallik statusida bo‘lishi isbotlangan;
turli yo‘nalish talabalaridagi irodaviy regulyasiya holatini rivojlantirish darajasini «inventarizasiya» qilishga qaratilgan «differensial irodaviy-regulyasion rivojlanish» dasturi ishlab chiqilishi barobarida, aniq fanlarda «oilaviy munosabatlarda internallik», tabiiy fanlarda «muvaffaqiyatsizlikda internallik», ijtimoiy fanlarda «shaxslararo munosabatlarda internallik» darajasining progressivlashgan tarzda ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxs irodaviy regulyasiyasi jarayonida lokus nazoratning o‘rnini o‘rganish asosida:
talabalik davrida irodaviy regulyasiyaning rivojlanishi progressiv-situasion-dinamiklik ko‘rinishida bo‘lgani holda, ontogenezdagi «ego-identifikasiya-diffuz o‘ziga xoslik» natijasida kasbiy yo‘lni tanlash, universitetda o‘qish jarayonida ta’lim faoliyatining yangi shakli, mazmuni rivojlanishi shaxsdagi irodaviy xislatlarning differensiallashuvi va regulyasion sistema holatining integrasiyalashuviga olib kelishi isbotlashga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yilning 4-sentyabrdagi PM-67-son buyrug‘iga ko‘ra «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-67 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda irodaviy sifatlar, iroda kuchi va irodaviy regulyasiyaning shakllanganlik holatini psixodiagnostik metodlar orqali yoritishga sharoit yaratilgan.
irodaviy regulyasiya rivojlanishining psixologik xususiyatlari jinsiy tafovutlar nuqtai nazaridan xilma-xillik kasb etishi aniqlangani holda, qizlarda xususiyatlari sifatida «hissiy va ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish», «mustaqillik», «intizom», «fidoyilik», yigitlarda esa, «jasorat», «matonat», «g‘ayrat», «qat’iyat», «tashkilotchilik» sifatlari ustuvor «irodaviy psixodinamik regulyatorlar» ekanligi dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yilning 4-sentyabrdagi PM-67-son buyrug‘iga ko‘ra «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-67 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar irodaviy regulyasiyasi rivojlanishining xususiyatlarini yo‘nalishlar kesimida hamda jins tafovvutlariga ko‘ra qiyoslab o‘rganish imkoni yaratilgan.
faoliyat turining o‘xshashligi, kasb tanlash va karera qurish kabi motivlarning kombinasiyalashuvi asnosida shaxsda irodaviy regulyasiyaning lokus strategiyalari rivojlanishi asoslanib, «o‘z kuchiga ishonish», «harakatlarini yuqori baholash», «o‘z ichki potensial darajalarini realizasiya qilish», «harakatlar avtomatizasiyasi» kabilarda muvaffaqiyatda va muvaffaqiyasizlikda internallik darajasi proporsionallik statusida bo‘lishi isbotlashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yilning 4-sentyabrdagi PM-67-son buyrug‘iga ko‘ra «Shaxs psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-67 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda irodaviy regulyasiyani shaxs xususiyatlari, emosional intellekt va motivasion soha bilan bog‘liqlik darajasini aniqlash samaradorligi oshgan.
turli yo‘nalish talabalaridagi irodaviy regulyasiya holatini rivojlantirish darajasini «inventarizasiya» qilishga qaratilgan «differensial irodaviy-regulyasion rivojlanish» dasturi ishlab chiqilishi barobarida, aniq fanlarda «oilaviy munosabatlarda internallik», tabiiy fanlarda «muvaffaqiyatsizlikda internallik», ijtimoiy fanlarda «shaxslararo munosabatlarda internallik» darajasining progressivlashgan tarzda ortishi isbotlashga oid takliflar Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yilning 4-sentyabrdagi PM-67-son buyrug‘iga ko‘ra «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-67 a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda irodaviy regulyasiyani rivojlantirishga yo‘naltirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish