Abdullaev Mirlaziz Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir uchli kondilomalarning klinik-immunologik xususiyatlari va ularni davolash usullarini optimallashtirish”, 14.00.11 - Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4075.
Ilmiy rahbar: Nabiev Talat Abduvaxobovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan  dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Haitov Qaxramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir uchli kondilomalarni klinik kechishinining o‘ziga xosligini, immunologik o‘zgarishlarini o‘rganish va olingan natijalar asosida patogenetik asoslangan kompleks davo usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir uchli kondilomali bemorlar immun tizimida CD16-hujayralar sonining kamayishi, O‘NO-α ning oshishi va yallig‘lanishga qarshi IL-4, IL-10, INF-α va INF-γ  sitokinlar miqdorining pasayishi, bu gurux bemorlarda immun tizimining Th2 turdagi immun javobi bilan kechishi isbotlangan;
o‘tkir uchli kondilomalar to‘qima bioptatlaridan PZR usulida 68,6% bemorlarda OPVning yuqori onkogen turlarining aniqlanishi (50% bemorlarda HPV hr 16/18, 28% HPV hr 31/33 va 22% bemorlarda HPV hr 16/18 va HPV hr 31/33 turlari)  va ularning kombinatsiyasi jinsiy a’zolar o‘tkir uchli kondilomalarida paraneoplastik jaryonning rivojlanishidagi etiologik omilligi bilan isbotlangan;
yuqori onkogen OPVning (16/18, 31/33) turilari mavjud O‘UKli bemorlar guruxida r53 onkoproteinining ekspressiyasiga  va genital kondilomatozning kechishiga ta’siri o‘rganilganda, OPVning 16/18 turlari mavjud bemorlarda argenin bo‘yicha r53 genining ekspressiyasi ishonchli darajada yuqorililigi, residivlar sonining ko‘pligi va ularning o‘sish intensivligining tezligi kuzatilgan, bu esa r53 genidagi arginin almashinuvining O‘UKlarda paraneoplastik  jarayon rivojlanishining havf omili sifatida va erta aniqlash kursatkichliligi bilan isbotlangan;
    o‘tkir uchli kondilomali bemorlarni davolashda noinvaziv impul`sli Nd:YAG lazer ta’siri va virusga qarshi (Interferon-α2b 3mln. ME va 3% li oksolin malhami) dori-vositalarini qo‘llash asosida kompleks davo usuli ishlab chiqilgan va residivlar sonining qisqarishi hisobiga yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabrdagi 6/74-sonli xulosasiga asosan (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga № 8n-r/1323-son bilan tasdiqlangan xati yuborilgan) 2021 yil 30-dekabrdagi “Ilmiy ishlanmalarni joriy etish to‘g‘risida”gi) sog‘liqni saqlash muassasalari uchun):
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir uchli kondilomali bemorlar immun tizimida CD16-hujayralar sonining kamayishi, O‘NO-α ning oshishi va yallig‘lanishga qarshi IL-4, IL-10, INF-α va INF-γ  sitokinlar miqdorining pasayishi, bu gurux bemorlarda immun tizimining Th2 turdagi immun javobi bilan kechishi isbotlangan va klinik tekshiruvlar majmuasiga Toshkent shahridagi 3-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 20.02.2021 yildagi 15-son buyrug‘iga asosan klinik amaliyotga va 13/1-sonli buyrug‘iga asosan 20.03.2021 yil Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Respublika hududiy filialida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar O‘UKlarning klinik rivojlanishi, residivlarining profilaktikasi va immun tizimidagi buzilishlarni davolashda qo‘llaniladigan usullarning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘UKlarning klinik zararlashdagi o‘ziga xosliklari va immun tizimidagi buzilishlarning  tashxisoti  amaliyotga tadbiq etilishi o‘tkir uchli kondilomalarning klinik rivojlanishini bashorat qilish va davolashni takomillashtirish imkonini berdi, bu esa kasallik residivlarining qisqarishiga va davo-muolajalarning kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlik tahlili o‘tkazilganda O‘UKlarni an’anaviy usullar bilan davolaganda kasallikning qaytalanishlar soni o‘rtacha 1 dan 5 gacha kuzatilgan va o‘rtacha 1,5 million so‘mdan 7,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajat qilingan. Tavsiya etilgan kompleks davo usulini qo‘llash natijasida O‘UK residivlarini to‘liq to‘xtatilishi hisobiga qo‘shimcha davolash kurslarini kamaytirishga erishilgan va 120 nafar bemorga ortiqcha 180 000 000 so‘m sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan kompleks davo usulidan foydalanish har 1 nafar bemorga 1 500 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: OPVlarning yuqori onkogen turlari 68,6% o‘tkir uchli kondilomali bemorlarda PZR usuli bilan to‘qima bioptatlarida aniqlangan, ulardan 50% da yuqori onkogen OPVlarining (16/18) turlari, 28% (31/33) va 22% OPVlarining 16/18 va 31/33 turlarining birgalikda uchrashi isbotlanganligi O‘UKli bemorlarda PZR diagnostika usuli bilan OPVlarning yuqori onkogen turlarini tekshirishni tashhisot majmuasiga kiritilishi yuqori onkopotensialli OPVlarini erta aniqlash, davolash va tarqalishini oldini olish Toshkent shahridagi 3-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 20.02.2021 yildagi 15-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Respublika hududiy filialida 2021-yil 3-sonli 13/1-I-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OPVning 16/18 va 31/33 turlarini O‘UKda aniqlanishi yuqori onkogen havfga ega OPVlarni tarqalishini bashorat qiluvchi marker bo‘lib, faol mehnatga loyiq aholi orasida yuqori onkogen havfga ega bo‘lgan OPVlarni tarqalishini va saraton kasalliklarini rivojlanishining erta profilaktikasini o‘tkazishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: PZR usulini O‘UKli bemorlarda yuqori onkogen havfga ega OPVlarni tashhislash majmuasiga kiritilishi, viruslarni erta kompleks usul bilan davolash imkonini berdi va aholi orasida ularning tarqalishini, kasallikning qaytalanishini kamayishi va neoplaziyalar rivojlanishining erta profilaktikasini o‘tkazish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorlik tahlili o‘tkazilganda O‘UKlarni an’anaviy usullar bilan davolaganda kasallikning qaytalanishlar soni o‘rtacha 1 dan 5 gacha kuzatilgan va o‘rtacha 1,5 million so‘mdan 7,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajat qilingan. Tavsiya etilgan kompleks davo usulini qo‘llash natijasida O‘UK residivlarini to‘liq to‘xtatilishi hisobiga qo‘shimcha davolash kurslarini kamaytirishga erishilgan va 120 nafar bemorga ortiqcha 180 000 000 so‘m sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan kompleks davo usulidan foydalanish har 1 nafar bemorga 1 500 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori onkogen havfga ega OPV turlarining (16/18, 31/33) mavjudligi r53 onkoproteinining ekspressiyasiga va genital kondilomatozning kechishiga ta’siri isbotlangan, arginin almashinuvining roli r53 geni sog‘lom odamlarga nisbatan saraton patologiyasining rivojlanishi uchun havf omili sifatida aniqlanganligi, ushbu genetik belgilarning O‘UK rivojlanishi va kechishiga ta’siri 15-son buyrug‘iga muvofiq 2021-yil 20-fevral Toshkent shahridagi 3-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2021-yil 20-martdagi 13/1-I-sonli buyrug‘iga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Respublika hududiy filialida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: r53 genining arginin polimorfizmi o‘tkir uchli kondilomali bemorlar guruhida sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatilgan, OPV 31/33, 16/18 va 31/33 aniqlanmagan O‘UKli bemorlarga nisbatan OPVning 16/18 turlari mavjud guruhida r53 ekspressiyasining ishonchli darajada oshishi  aniqlangan. Aynan shu guruhdagi bemorlarda kondilomalarning eng ko‘p residivlari va intensiv o‘sishi kuzatilagan, bu esa kasallikning dastlabki bosqichlarida neoplastik jarayonlarning rivojlanishini erta bashorat qilishga va ortiqcha diagnostika usullarini qo‘llashdan cheklanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diagnostika usullari ro‘yxatiga immunogenetik usullni kiritilishi o‘tkir uchli kondilomalarning klinik kechishini bashoratlash, O‘UKlar residivlarini kamayishiga keltiruvchi davolash usullarini takomillashtirish, neoplastik jarayonlarning erta aniqlash va oldini olish imkoniyatini yaratgan. Iqtisodiy samaradorlik tahlili o‘tkazilganda O‘UKlarni an’anaviy usullar bilan davolaganda kasallikning qaytalanishlar soni o‘rtacha 1 dan 5 gacha kuzatilgan va o‘rtacha 1,5 million so‘mdan 7,5 million so‘mgacha qo‘shimcha harajat qilingan. Tavsiya etilgan kompleks davo usulini qo‘llash natijasida O‘UK residivlarini to‘liq to‘xtatilishi hisobiga qo‘shimcha davolash kurslarini kamaytirishga erishilgan va 120 nafar bemorga ortiqcha 180 000 000 so‘m sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan kompleks davo usulidan foydalanish har 1 nafar bemorga 1 500 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir uchli kondilomalar bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ishlab chiqilgan kompleks usul Interferon-α2b 3mln. ME suppozitoriylarini qo‘llash va noinvaziv impulsli Nd:YAG-lazer, yordamida o‘tkir uchli kondilomalar fototermolizisi, shuningdek mahalliy 3% oksolin malhamini qo‘llash ijobiy terapevtik ta’sir ko‘rsatdi, immun tizimida aniqlangan buzilishlarni, sitokinlar holatini tiklashga va kasallik qaytalanishini oldini olish imkonini berdi, 2009 yil 20 dekabrdagi № 205-sonli buyrug‘iga, Toshkent shahridagi 3-tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanserining 20.02.2021 yil 15-sonli 2021 yil 20 martdagi 13/1-I-sonli buyrug‘iga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand Respublika hududiy filialida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘UKlar residivlarini kamayishiga, anogenital soha shilliq qavatlari va terisining boshqa JYOYuKlarga qarshi chidamliligini oshirishga, onkogen havfga ega bo‘lgan OPV turlarini davolash, erta  jinsiy a’zolar intraepitelial neoplaziyasi rivojlanish xavfini oldini olish orqali, bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘UKlarni va ularning residivlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan davolashning kompleks usulini qo‘llash natijasida O‘UKlar residivlarini to‘liq to‘xtatilishi hisobiga qo‘shimcha davolash kurslarini kamaytirishga erishilgan va 120 nafar bemorga ortiqcha 180 000 000 so‘m sarf harajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan kompleks davo usulidan foydalanish har 1 nafar bemorga 1 500 000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish