Narqulov Maqsudjon Saidqosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krakning pastki va bel umurtqalarini asoratciz parchalanib kompression sinishlarini davolash uslubini takomillashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3 PhD/Tib3061.
Ilmiy rahbar: Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samartkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Kolesov Sergey Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Qobil Tursunovich. tibbiyot fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Akademik N.D. Batpenov nomli Travmatologiya va ortopediya milliy amaliy markazi (Qozog‘iston Respublikasi).
 Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘krakning pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalari kompression parchalanib (AO/Spine A2-A3) sinishlarida jarrohlik amaliyotigacha umurtqa pog‘onasini davolovchi qurilmani qo‘llash orqali bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash va asoratlar xavfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘onasi jarohatlarini davolovchi qurilma yordamida A2, A3 (AO/Spine) tipidagi ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarini asoratsiz kompression parchalanib sinishlarini erta davrda reklinatsiya qilish orqali kifotik deformatsiyani operatsiya oldidan bartaraf etish usuli ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan davolash usuli umurtqa pog‘onasini ortiqcha distraksiya va kompressiya berish, orqa miyaning yatrogen shikastlanishini, VCR rekonstruktiv jarroxlik amaliyotlarini oldini olishga, shuningdek jarrohlik vaqtini qisqartirishga imkon berishi isbotlangan;
ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarini asoratsiz kompression parchalanib sinishlarida klinik va nurli tekshiruvlar natijalariga ko‘ra davolash taktikasini bashorat qilishga asoslangan, bunda kifotik deformatsiyaning mavjudligi operatsiyagacha repozisiya qilish usulini tanlash uchun asosiy mezon ekanligi isbotlangan;
ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalari kompression parchalangan (AO/Spine A2, A3), sinishlarida rentgenologik tekshiruvlarning sezuvchanligi 72%, o‘ziga xosligi 69%, MSKT tekshiruvda sezuvchanlik 99%, o‘ziga xosligi 99%, MRT tekshiruvida sezuvchanlik 93%, o‘ziga xoslik 91,5% ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 06 iyun 17-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasi jarohatlarini davolovchi qurilma yordamida A2, A3 (AO) tipidagi ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarini asoratsiz kompression parchalanib sinishlarini erta davrda reklinatsiya qilish orqali kifotik deformatsiyani operatsiya oldi bartaraf etish usuli ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filialining (06.09.2019y.; №292), Navoiy viloyati Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi (13.06.2023y.; №3), Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani itibbiyot birlashmasi (31.03.2023y №8) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine  bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jarroxatni dastlabki davrida umurtqa pog‘onasini davolovchi qurilma yordamida yopiq reklinatsiya (repozisiya) o‘tkazish tibbiyotda amalga oshirish bemorlarning jarrohlik usulida davolash 85% yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga bemorlarni tashish bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyingi rejalashtirilgan tartibda ko‘chirish vaqtidagi asoratlarni oldini olish, jarrohlik amaliyoti vaqtining qisqarishi, minimal asoratlar, statsionar davolanishning qisqa muddati va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 585 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 195.000 so‘mni tashkil qiladi); AO/Spine  bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jarroxatni dastlabki davrida umurtqa pog‘onasini davolovchi qurilma yordamida yopiq reklinatsiya (repozisiya) utkazish orqali kifotik deformatsiyani jarrohlik amaliyotigacha to‘g‘irlash jarrohlik amaliyotining davomiyligini qiskartirib ananaviy jarrohlik amaliyotidan farqi 1.700.000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - bemorlarda TPF implantlarini sinishining kamayishi o‘z navbatida metall moslamalar demontaj qilish reoperatsiyalarining kamayishi bilan farqini 10.600.000 so‘mni tashkil etadi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine  bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jarohatni dastlabki davrida umurtqa pog‘onasini davolovchi qurilma yordamida ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga bemorlarni tashish bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyingi tibbiy evakuatsiya punktiga ko‘proq malakali yordam ko‘rsatish yoki rejalashtirilgan tartibda ko‘chirish vaqtidagi asoratlarni oldini olish va shifoxonada davolanish davomiyligini qisqartirib 1ta bemor uchun 12.885.000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.    
ikkinchi ilmiy yangilik: Ishlab chiqilgan davolash usuli kifotik deformatsiyani jarrohlik amaliyotigacha to‘g‘irlash, ya’ni umurtqa pog‘onasini ortiqcha distraksiya va kompressiya berish, orqa miyaning yatrogen shikastlanishini, bemorlarda kelib chiqadigan ogir ortopedik kifotik deformatsiyalarida bajariladigan VCR jarrohlik amaliyotlarini oldini olishga, shuningdek jarrohlik vaqtini qisqartirishga imkonberishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filialining (06.09.2019y.; №292), Navoiy viloyati Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi (13.06.2023y.; №3), Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani itibbiyot birlashmasi (31.03.2023y №8) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalar ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning sinishida AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jarrohlik amaliyoti vaqtida umurtqa pog‘onasiga ortiqcha distraksiya va kompressiya berish, orqa miyani faoliyatini yatrogen asoratlarni 90% ga kamaytirish, VSR jarrohlik amaliyotlarini oldini olishga imkonini berdi, shu bilan birga davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha qisqartirildi, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 585 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 195.000 so‘mni tashkil qiladi); AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jaroxatni dastlabki davrida umurtqa pogonasini davolovchi qurilma yordamida yopiq reklinatsiya (repozisiya) utkazish orqali kifotik deformatsiyani jarrohlik amaliyotigacha to‘g‘irlash jarrohlik amaliyotining davomiyligini qiskartirib an’anaviy jarrohlik amaliyotidan farqi 1.700.000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - bemorlarda TPF implantlarini sinishining kamayishi o‘z navbatida metall moslamalar demontaj qilish reoperatsiyalarining kamayishi bilan farqini 10.600.000 so‘mni tashkil etadi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning sinishida AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jaroxatni dastlabki davrida umurtqa pog‘onasini davolovchi qurilma yordamida yopiq reklinatsiya (repozisiya) qilish orqali kifotik deformatsiyani jarrohlik amaliyotigacha to‘g‘irlash usuli orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti usuli 1 ta bemor uchun 12.885.000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarini asoratsiz kompression parchalanib sinishlarida klinik va nurli tekshiruvlar natijalariga ko‘ra davolash taktikasini bashorat qilishga asoslangan, bunda kifotik deformatsiyaning mavjudligi operatsiyagacha repozisiya qilish usulini tanlash uchun asosiy mezon ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filialining (06.09.2019y.; №292), Navoiy viloyati Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi (13.06.2023y.; №3), Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani itibbiyot birlashmasi (31.03.2023y №8) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik va rentgenologik, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan dasturdan foydalanib, ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3)  umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarini funksional davolash taktikasini tanlash va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va umurtqa pog‘onasining funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: -ko‘krak pastki (VTh11-12)   va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlari diagnostikasi kopleksli bo‘lishi va uning klinik va rentgen tekshiruvlarga asoslanib qabul qilingan ishlab chiqilgan dastur MSKT, MRT bilan to‘ldirish tavsiya etilishi, rentgenologik, MSKT, MRT tekshiruvlarga ko‘ra, ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan dastur jaroxatdan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida asoratlarni darajasini pasaytirish imkonini berdi. Xulosa: ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarini jarroxlik usulida davolashning optimallashtirilgan stabil miniinvaziv usulini tanlash taktikasini qo‘llash noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalari kompression parchalangan (AO/Spine A2, A3), sinishlarida rentgenologik tekshiruvlarning sezuvchanligi 72%, o‘ziga xosligi 69%, MSKT tekshiruvda sezuvchanlik 99%, o‘ziga xosligi 99%, MRT tekshiruvida sezuvchanlik 93%, o‘ziga xoslik 91,5% ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Samarkand filialining (06.09.2019y.; №292), Navoiy viloyati Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi (13.06.2023y.; №3), Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani itibbiyot birlashmasi (31.03.2023y №8) amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jaroxatni dastlabki davrida ananaviy rentgen bilan birga MSKT va MRT tekshiruvlari o‘tkazish amaliy jixatdan maqsadga muofiq bo‘lib, bunda asosiy tekshiruv AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlar uchun 99% sezuvchanlik, o‘ziga xoslik 99% bizga aniq tashxis qo‘yishga imkon berishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning sinishida AO bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarda jaroxatni dastlabki davrida rentgen bilan birga MSKT va MRT tekshiruvlarini o‘tkazish orqali umurtqa pog‘onasida qoniqarsiz natijalar ulushini 20.1% gacha kamaytirishga imkon beradi, yumshoq to‘qimalarga kam jarohat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 84,9% xollarda yaxshi natijalar olish imkonini beradi; Ushbu tekshiruvlar taklif etilgan davolash usulida foydalanish, ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarini differensial tashxislashda tekshiruv taktikasini tanlashga imkon berdi. Bemorlarni rentgenologik va rentgenometriya ko‘rsatgichlari MSKT tekshiruvida 99% sezuvchanlik, o‘ziga xoslik 99% differensial tashxislashga imkon berdi. Masalan bir bemorga rentgen (80 000), MSKT (255 000), MRT (345 000) tekshiruvidan o‘tkazilsa bemor umumiy xisobda 680 000 so‘m sarflaydi. AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarga rentgen va MSKT tekshiruvi qilinishi 345 000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: Ko‘krak pastki (VTh11-12) va bel (VL1-3) umurtqalarning AO/Spine bo‘yicha A2-A3 tipidagi sinishlarini operatsiya va operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish va jarroxlik usulida davolashning optimallashtirilgan usulini tanlash taktikasini aniqlab berishi, noto‘g‘ri va qimmat davo turlarini qo‘llamaslik hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish