Norboeva Gulasal Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Avtomobil sanoati ishchilari mehnat faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib maxsus kiyim ishlab chiqish” 05.06.04-“Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2711
Ilmiy rahbar: Rasulova Mastura Kabilovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Yunusxodjaeva Xayrinisa Mallaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Avtomobil sanoati ishchilari mehnat faoliyati va sharoitiga bog‘liq holda gigienik xususiyatlari ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan maxsus kiyimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta avtomobil sanoati ishchilarining mehnat faoliyati jarayonida tanadan ajralib chiqayotgan terni kiyimga shimilishining kurtka old bo‘lak ko‘krak qismi, ort bo‘lak kurak qismi, eng qo‘ltiq osti, shimda tizzaning orqa qismi, qadam qirqimining yuqori qismi kabi lokal uchastkalari topografiyasi kuzatish va so‘rovnomalar asosida ishlab chiqilgan;
ko‘p qatlamli maxsus kiyim ostida namlikni harakatlanish traektoriyasining namlik o‘tkazuvchanlik koeffisientiga bog‘liqligi Fure qonuni asosida aniqlangan;
maxsus kiyim ostidagi bo‘shliq nisbiy namlik ko‘rsatkichlarining mato tolaviy tarkibi, kiyimdagi ventilyasiya elementlarining joylashuvi va o‘lchami, maxsus kiyimga berilgan to‘kislik qo‘shimchasi kabi ko‘rsatkichlarini bog‘liqligi ko‘p omilli tajriba natijalarini statistik ishlov berish asosida ishlab chiqilgan;
kiyim osti mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorlashtiruvchi yangi assortimentdagi maxsus kiyim detallarini biriktirish texnologik parametrlari ventilyasiya elementlarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
avtomobil sanoati ishchilari uchun maxsus kiyim to‘plamiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga patent oilingan (№SAP 02129). Natijada avtomobil sanoati ishchilari mehnat sharoitlari yaxshilangan, mehnat faoliyati davomida ularga qulaylik yaratilgan va maxsus kiyimning gigienik xususiyati oshirilgan;
avtomobil sanoati ishchilariga maxsus kiyim to‘plamlari uchun konstruktorlik loyihalashtirish va texnologik hujjatlari Toshkent shahridagi “Nurtex” MChJ, “MODJIK” MChJ, Jizzax shahridagi “Zilol Gold textil 777” MChJ, “Zarbdor tekstil” MChJ tikuvchilik korxonalariga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 20 fevraldagi №03/22-441-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etilgan natijalar 10604 dona maxsus kiyim ishlab chiqarilganda 117938,950 so‘m qo‘shimcha daromad olish imkonini bergan.