Yusupova Feruza Turdalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mujassamlangan mikrogidro va quyosh fotoelektr stansiyasini ishlab chiqish va uning ekspluatatsion parametrlarini tadqiq qilish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1975.
Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxon Mamasadiqovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.T.106.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Dilshod Botirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Yunusov Ziyodbek Alisherovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mikrogidro va quyosh fotoelektr stansiyasi asosida mujassamlangan energiya majmuasini ishlab chiqish va ekspluatatsion parametrlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikro-GES uchun suv bosimi, suvning kirish va chiqishdagi tezligini hamda o‘rnatish burchagi 25° bo‘lishini hisobga olgan holda Arximed vint turbinasining samarador konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
energiyani akkumulyatorda to‘plash, yuklama quvvatlarni muntazam monitoring qilish hamda ballast yuklamaga yo‘naltirish imkonini beruvchi mikro-GES va quyosh fotoelektrik stansiyasi asosida mujassamlangan energetik qurilmaning strukturaviy sxemasi (FAP 02108) taklif etilgan;
mujassamlangan mikrogidro va quyosh fotoelektrik stansiyasining quvvati, kuchlanishi va toki asosida ekspluatatsion parametrlarini hisoblash imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
ilk bor uzlyuksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beruvchi quvvati 4 kW li quyosh fotoelektrik stansiyasi va 0,7 kW li mikro-GESdan iborat mujassamlangan energiya qurilmaning tajriba namunasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi.
Mujassamlangan mikrogidro va quyosh fotoelektr stansiyasini ishlab chiqish va uning ekspluatatsion parametrlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past bosimli oqar suvlarda samarali ishlay oladigan Arximed vint turbinali mikro-GES Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “So‘kchilik Akbarjon ko‘rki” oilaviy korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” ning 2023- yil 2-maydagi 11/03-15-5128-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy korxonaning asosiy ehtiyojlari uchun bir yilda 4620  kW∙soat elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini bergan.
 4 kW li quyosh fotoelektr stansiyasi va 0,7 kW li mikro-GESdan iborat mujassamlangan energiya qurilmasining tajriba namunasi Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “So‘kchilik Akbarjon ko‘rki” oilaviy korxonasiga joriy qilingan (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi” ning 2023 yil 02 maydagi 11/03-15-5128-son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy korxonaning markazlashtirilgan elektr tarmog‘idan yillik elektr energiya sarfini 17675 kW∙soatga kamaytirish va energiya samaradorligini 14% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish