Xodjabekov Muradjon Usarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tebranishlardan himoyalanuvchi mexanik sistemalarni strukturaviy modellashtirish va ustuvorligini tekshirish masalalari”, 01.02.01 – Nazariy mexanika (fizika-matematika fanlari), 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/FM179
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: fizika-matematika fanlari doktori, professor Dusmatov Olimjon Musurmonovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mardonov Batirjan Mardonovich Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori, Korshunova Natalya Aleksandrovna Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori, Teshaev Muhsin Xudoyberdievich I.V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti Buxoro filiali bosh ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professori.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kinematik, tasodifiy va tasodifiy parametrik qo‘zg‘alishlar ta’siridagi taqsimlangan parametrli gisterezis tipidagi dissipativ xarakteristikali elastik sistemalar va suyuqlik bo‘g‘inli dinamik so‘ndirgichlarning birgalikdagi chiziqli bo‘lmagan tebranishlarini strukturaviy modellashtirish, dinamikasini baholash, hisoblash usullarini takomillashtirish, ustuvorligini tekshirish muammolarini hal qilish metodikalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kinematik, tasodifiy va tasodifiy parametrik qo‘zg‘alishlarda sterjen va plastinka materiallarida gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarni va suyuqlik bo‘g‘inli dinamik so‘ndirgichning dempferlash xususiyatlarini hisobga olgan holda sistemalarning ko‘ndalang va bo‘ylama chiziqli bo‘lmagan tebranishlari graf bog‘lanishlar usuli yordamida matematik modellari ishlab chiqilgan;
elastik sterjen va plastinkaning suyuqlikli dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi chiziqlimas tebranishlari dinamikasini o‘rganish va ustuvorligini tekshirish metodikasi takomillashtirilgan;
tebranishlardan himoyalanuvchi sterjen va plastinkani uzatish funksiyalarining analitik ifodalari sistemalarning gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarini hisobga olib, konstruktiv parametrlarga bog‘liq holda aniqlash asoslangan;
uzatish funksiyalarining minimumga erishish shartlari asosida past chastotali zararli ko‘ndalang tebranishlarini so‘ndirishda suyuqlik bo‘g‘inli dinamik so‘ndirgichlarning effektivligini konstruktiv parametrlar va o‘zgaruvchilar bo‘yicha baholash asoslangan;
turli jarayonlardagi tebranishlardan himoyalanuvchi sterjen va plastinkaning ustuvorlik chegaralarini va sohalarini aniqlashning sonli tahlil etish algoritmi sistemalarning gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarini hisobga olib, konstruktiv parametrlarga bog‘liq holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tebranishlardan himoyalanuvchi mexanik sistemalarni strukturaviy modellashtirish va ustuvorligini tekshirish masalalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kinematik, tasodifiy va parametrik tasodifiy tebranishlarda taqsimlangan parametrli sistemalar harakatlarini matematik modellashtirish, ustuvorligini tekshirish, ustuvorlik shartlarining analitik ifodalarini aniqlash usuli hamda sistema konstruktiv parametrlarining turli qiymatlarida ustuvorlik chegaralarini va sohalarini sonli tahlil etish algoritmlari Jizzax viloyat transport boshqarmasida transport vositalari qismlari harakatlarini garmonik, tasodifiy va parametrik tasodifiy tebranishlar ta’sirida matematik modellashtirishda, ustuvorligini tekshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 13.12.2022 yildagi № 2/7724 sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi transport vositalari qismlarining tashqi ta’sirlardagi tebranishlarini matematik modellashtirish hamda ustuvorligini ta’minlash imkonini bergan.
tebranishlardan himoyalanuvchi taqsimlangan parametrli sterjen va plastinka harakatlarining ustuvorlik shartlari, ustuvorlik chegaralarini va sohalarini sonli tahlil etish algoritmi, garmonik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjen va plastinkalarning suyuqlik bo‘g‘inli dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi tebranishlari uchun graf bog‘lanishlar usuli yordamida olingan matematik modellashtirish metodikasi hamda chastota tenglamasining sistema parametrlariga bog‘liq holda aniqlangan ifodasi asosida “Nazariy mexanika” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 137-702-raqamli guvohnoma) va “70730306-Unikal binolarni loyihalashtirish va qurish” magistratura mutaxassisligi uchun unikal bino va inshootlar dinamikasi fani dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 01.12.2022 yildagi № 02/01-01-89 sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi o‘quv rejadagi “Unikal bino va inshootlar dinamikasi” fanining “Bino va inshootlarning dinamik hisobiy modelini tanlash, yuklarni to‘plash qoidalari. Xususiy chastotalar va formalarni aniqlash”, “Erkinlik darajasi cheksiz bo‘lgan o‘zgarmas kesimli balkaning erkin tebranishlari. Xususiy chastotalar va shakllarni aniqlash” va “Sterjenning bo‘ylama tebranishlari. Xususiy chastotalar va formalarni aniqlash. Murakkab elastik sistemalarning dinamik xarakterlarini taqribiy usullar yordamida aniqlash” mavzulari bo‘yicha past chastotali zararli tebranishlarni so‘ndirish, tahlil qilish, o‘zgaruvchilar va parametrlarni zaruriy tanlash masalalarini echish imkonini bergan.