Axmedov Nurshod Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy buyumlar interneti (IoMT) asosida bemorlarning holatini masofadan monitoring model va algoritmlari” 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3934.
Ilmiy rahbar: Xujamatov Xalimjon Ergashevich texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Nodira Baxadirovna Alimova, texnika fanlari doktori, professor; Rustam Pattaxovich Abduraxmonov, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy buyumlar interneti (IoMT) asosida bemorning holatini masofadan monitoring tizimini tadqiq qilish, model va algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bemorlarning holatini masofadan monitoringi ma’lumotlarini uzatish va qabul qilish jarayonlarida gibrid marshrutlashni qo‘llash orqali energiya tejamkorlik hamda so‘rovlar etib borish ehtimolligini oshiruvchi, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi simsiz sensor tarmoq modeli takomillashtirilgan;
tibbiy buyumlar interneti asosidagi masofadan monitoring jarayonida bemorlarning fiziologik ko‘rsatkichlarini ma’lumotlar bazasiga saqlash va taqdim etishning Blokcheynga asoslangan, xavfsizlik hamda imkoniylik bo‘yicha samaradorligini oshiruvchi mexanizmi hamda algoritmi yaratilgan;
bemorlarning fiziologik ko‘rsatkichlarini masofadan monitoring qilish tizimining real vaqt mobaynida tadqiq qilish imkonini beruvchi takomillashtirilgan immitatsion modeli hamda energiya tejamkorligini oshiruvchi ishlash algoritmi yaratilgan;
bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini saqlash va taqdim etish jarayonini takomillashtirish orqali salomatlikga zarar etkazmagan holda monitoring ishonchliligi hamda uzlyuksizligini ta’minlash imkonini beruvchi ko‘p sathli tizim hamda bemor shaxsiy qurilmasining modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy buyumlar interneti (IoMT) bemorlar holatinin masofadan monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bemorlarning holatini masofadan monitoringi ma’lumotlarini uzatish va qabul qilish jarayonlarida gibrid marshrutlashni qo‘llash orqali energiya tejamkorlik hamda so‘rovlar etib borish ehtimolligini oshiruvchi, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi simsiz sensor tarmoq modeli, topologiyasi va apparat dasturiy vositalari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi tashkilotlarda, jumladan O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazining axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 19-iyuldagi 34-8/4900 son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlarni yuqori ishonchlilikda uzatib qabul qiluvchi, energiya tejamkor tarmoq yordamida sensorlar ma’lumotlarini uzatishda tarmoq retranslaytorlaridagi yuklamani 3-4% gacha kamaytirish, so‘rovlar etib borish ehtimolligini 10% gacha oshirish hamda sensor tugunlari energiya sarfini 5-6 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
tibbiy buyumlar interneti asosidagi masofadan monitoring jarayonida bemorlarning fiziologik ko‘rsatkichlarini ma’lumotlar bazasiga saqlash va taqdim etishning Blokcheynga asoslangan, xavfsizlik hamda imkoniylik bo‘yicha samaradorligini oshiruvchi mexanizmi, algoritmi, monitoring tizimini tadqiq qilish imkonini beruvchi immitatsion modeli hamda ishlash algoritmlari
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi tashkilotlarda, jumladan “UNICON.UZ” DUKning axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 19-iyuldagi 34-8/4900 son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiy ma’lumotlarni saqlash samaradorligi 20% gacha oshirilib, xavfsiz va ishonchli saqlash imkoniyati yaratilgan;
bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini saqlash va taqdim etish jarayonini takomillashtirish orqali salomatlikga zarar etkazmagan holda monitoring ishonchliligi hamda uzlyuksizligini ta’minlash imkonini beruvchi ko‘p sathli tizim hamda bemor shaxsiy qurilmasining modeli, ma’lumotlar bazasi va web dasturi asosida yurak urishi ritmini o‘lchash jarayoni “Buxoro viloyati IIB ga qarashli tibbiyot bo‘limi poliklinikasi”da hamda “FayzMed Servis” xususiy klinikasining tibbiy va axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 19-iyuldagi 34-8/4900 son ma’lumotnomasi). Natijada bemor yurak urish ritmi monitoringi jarayonining ishonchliligi 25% gacha oshirilgan.
Shuningdek, energiya tejamkor algoritmlar va tarmoqni qo‘llash orqali yagona zaryadlangan batareyadan 7 kun davomida klinika hududining 400 metr radiusida bemorlar harakatini cheklamagan holda uzlyuksiz monitoring jarayonini amalga oshirish imkoniyati yaratildi hamda tizim energiya tejamkorligi 40% gacha oshirildi. Ishlab chiqilgan web ilova oynasida bemor yurak urishlari ma’lumotlarini shifokor uchun qulay tarzda taqdim etish orqali bemordagi fiziologik o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda zaruriy hollarda yordam ko‘rsatish imkoni yaratilgan.