Rajabov Muxsin Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini jarroxlik davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.28 - Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1289.
Ilmiy raxbar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdulxolikov Alimdjan Karimjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Professor A.L. Polenova nomidagi Rossiya neyroxirurgiya institut filiali V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tekshirish markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi optimallashtirilgan diagnostika va samarali jarrohlik usulari asosida ko‘krak va bel umurtqasining travmatik sinishi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik aralashuvining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarida, ponasimon deformatsiya indeksi va interpedikulyar masofa indeksi mezonlari asosidagi differensial jarrohlik davolash taktikasi samaradorligi isbotlangan;
perkutant stabillashtiruvchi jarrohlik usullarining umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarida qo‘llanishi, shikastlangan tayanch-harakat segmenting turg‘unligini va to‘qimalarining minimal shikastlanishini ta’minlab berishi aniqlangan;
umurtqa pog‘onasining travmatik sinishlarini differensial jarrohlik usuli bilan davolash taktikasi shikastlanishning turi va tayanch-harakat segmentining barqarorlik darajasiga qarab takomillashtirilgan;
umurtqa pog‘onasining ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarini jarrohlik usulida davolashning dekompressiv-stabillashtiruvchi, stabillashtiruvchi va minimal invaziv usullarini qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiklashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 8 fevraldagi 3-son xulosasiga kura:
Ilmiy yangilikning mohiyati: Umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarida, ponasimon deformatsiya indeksi va interpedikulyar masofa indeksi mezonlari asosidagi differensial jarrohlik davolash taktikasi samaradorligi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan algoritm kriteriyalari bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuv imkonini beradi. Instrumental tekshiruvning diagnostik imkoniyatlari o‘rganish asosida umurtqa pog‘onasining ko‘krak-bel qismi travmatik sinishlarini tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.09.2023 y. №97), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (18.09.2023 y. №72/1) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishi ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga yordam berdi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.
Taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni davolash sifatini yaxshiladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 10-12 kundan 5-7 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini kamaytiradi (RShTYoIM BFda - og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant to‘lov narxi 1 200 000 so‘m bo‘yicha); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash harajatlarini to‘lash uchun davlatga harajatni kamaytiradi va ijtimoiy ta’minot zarurligini kamaytiradi.
Xulosa: jarrohlik taktikasining bosqichini rejalashtirish bilan amalga oshirilgan operatsiyalar har bir bemor uchun sarf harajatlarni 8 450 000 so‘mga tejashga imkon beradi.
Rajabov Muxsin Mansurovichning “Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 2023 yil 29 sentyabr №23-X/061-sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: perkutant stabillashtiruvchi jarrohlik usullarining umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarida qo‘llanishi, shikastlangan tayanch-harakat segmenting turg‘unligini va to‘qimalarining minimal shikastlanishini ta’minlab berishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolashda soddalashtirilgan algoritmdan foydalanish jarrohlik davolash taktikasining eng maqbul usulini tezda tanlash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.09.2023 y. №97), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (18.09.2023 y. №72/1) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikni kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga imkon berdi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi, ambulatoriya va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirdi.
Xulosa: tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan algoritm bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuvni topish imkonini beradi.
Rajabov Muxsin Mansurovichning “Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 2023 yil 29 sentyabr №23-X/061-sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: umurtqa pog‘onasining travmatik sinishlarini differensial jarrohlik usuli bilan davolash taktikasi shikastlanishning turi va tayanch-harakat segmentining barqarorlik darajasiga qarab takomillashtirilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik aralashuvi hajmini aniqlashda va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorning xayot sifatini saqlashda shikastlanishning turi va tayanch-harakat segmentining barqarorlik darajasini xisobga olish muximligidan dalolat beradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.09.2023 y. №97), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (18.09.2023 y. №72/1) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlari bor bemorlarda jarrohlik xajmini belgilash shikastlanishning turi va tayanch-harakat segmentining barqarorlik darajasini hisobga olish bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida ijobiy natijaga erishiladi. Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlari bor bemorlarda shikastlanishning turi va tayanch-harakat segmentining barqarorlik darajasini hisobga olish operatsiyadan keyingi davrda hayot sifatini yaxshilashga olib keladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi, bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikning kamayishi, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi.
Xulosa: taklif etilgan usul operatsiyadan keyingi davrda jarrohlik davolash natijalarini ob’ektiv yaxshilashga olib keldi va qoniqarsiz natijalar foizini kamayishi aniqlandi.
Rajabov Muxsin Mansurovichning “Ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarini jarrohlik davolash usullarini optimallashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 2023 yil 29 sentyabr №23-X/061-sonli xulosasi bilan tadbiq etildi.
Ilmiy yangilik mohiyati: umurtqa pog‘onasining ko‘krak-bel sohasi travmatik sinishlarini jarrohlik usulida davolashning dekompressiv-stabillashtiruvchi, stabillashtiruvchi va minimal invaziv usullarini qo‘llanilishi operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishga olib kelishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel sohasi jarohatlarida jarrohlik davo usulini tanlashdagi taklif qilingan algoritmni qo‘llash bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va asosiy guruhdagi jarohatlanganlarning 68%da yaxshi natijaga va 28,9 %da qoniqarli natijaga erishishga imkon berdi. Tadqiqotdagi bemorlarning 3,1 %da qoniqarsiz natija qayd etilgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (18.09.2023 y. №97), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (18.09.2023 y. №72/1) amaliyotiga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi mehnatga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish, ijtimoiy darajada - umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10-12 kundan 5-7 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 850 000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 250 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 50 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); shifoxonada bo‘lish davrining 5 kunga qisqartirilishi hisobiga 49 000 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 9800 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi).
Xulosa: ko‘krak-bel umurtqalari shikastlanishlarida differensirlangan jarrohlik davolashni qo‘llashning uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan davlat xarajatlarini va dori-darmon bilan ta’minlash harajatlarini kamaytirdi, shuningdek, mavjud nogironlikda umrbod ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi va moddiy harajatlarni 8 450 000 so‘mga kamaytirdi.