Nizamatdinov Jenis Sharapatdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyo asosidagi sho‘r chiqishiga chidamliligi yuqori bo‘lgan g‘isht terimi qorishmasi”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3518.
Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxriddin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Amirov Tursoat Jummaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘isht devor sirtida tuz hosil bo‘lish sabablari va mexanizmini o‘rganish, shuningdek, mahalliy xomashyo va materiallar asosida sho‘rlanish hosil bo‘lishiga chidamli bo‘lgan g‘isht devor uchun qorishma tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keramik g‘isht yuzasida tuzli dog‘larning hosil bo‘lish intensivligi shkalasini ishlab chiqish orqali “keramik g‘isht – qorishma” tizimida g‘ishtning yuza sirtidagi sho‘rlanishlarga olib keluvchi fizik-kimyoviy jarayonlarning kechish mexanizmi to‘g‘risidagi nazariy tushunchalar isbotlangan;
sho‘rlanishlar hosil bo‘lish jarayonini oldini oluvchi yoki umuman blokirovkalovchi g‘isht qorishmalarni olish mumkinligi organik-mineral qo‘shimchaning yo‘naltirilgan ta’siri orqali asoslangan;
ilk bor yuqori ekspluatatsion xossalar majmuiga ega bo‘lgan seolitli tog‘ jinsi va kaprolaktam ishlab chiqarishining oqova suvi asosidagi organik-mineral qo‘shimchaning optimal miqdori qo‘shilgan, hamda oddiy M400 markali sement asosidagi yuqori samarali g‘isht terish qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan;
suvda eruvchanlik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda g‘isht devor sirtida sho‘rlanish hosil bo‘lishiga chidamli bo‘lgan qurilish qorishmasini asosiy xossalarining ko‘rsatkichlarini hisoblab topish imkoniyatini beruvchi matematik modellar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suvda eriydigan tuzlarning sirt yuzasiga chiqishini sekinlashtiradigan yoki to‘sib qo‘yadigan g‘isht devorlarini yotqizish uchun olingan samarali qorishmalarning tarkiblari va texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“QARAQALPAQ TA’UEKEL QURILIS” MChJ va “NO‘KIS KAPITAL REMONT” MChJ larda ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 sentyabrdagi 03-07/01-2749 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘ishtli binolarning tashqi devorlari sirtida sho‘rlanishlarning hosil bo‘lish holatlarini to‘liq bartaraf etilishiga erishilgan va olingan iqtisodiy samaradorlik 1 m3 qorishma uchun 37 516 so‘mni tashkil etgan;
Nukus shahrida 42 xonadonli uyni barpo etishda “QARAQALPAQ TA’UEKEL QURILIS” MChJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (Qoraqalpogʻiston respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 22 sentyabrdagi 03-07/01-2749 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘isht devor yuzasida sho‘rlanishni kamaytiruvchi yoki to‘liq bartaraf etuvchi aralashmaning optimal tarkibini tadbiq qilishdan hosil bo‘ladigan yig‘indi iqtisodiy samara 11 266 951 mln.so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish