Xidirov Muxammad Tursunkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G. herbaceum L. (A1) kenja turlarining G. mustelinum (AD4) turi bilan o‘zaro filogenetik munosabatlarini aniqlash asosida amaliy seleksiya uchun donorlar olish», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B669.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Dilrabo Qo‘shbaqovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Xasan Aliqulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Ergashev Ma’rufjon Maxammatjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gossypium L. turkumiga mansub diploid G.herbaceum L. turichi xilma-xilliklari va tetraploid G.mustelinum turini eksperimental poliploidiya uslubini qo‘llash orqali o‘zaro turlararo duragaylash, filogenetik munosabatlarni aniqlash asosida amaliy seleksiya uchun boshlang‘ich manbalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning diploid G.herbaceum L. va tetraploid G.mustelinum g‘o‘za turlarini o‘zaro duragaylash asosida ularning filogenetik munosabatlari aniqlangan;
allopoliploid duragaylarning sitogenetik tahlili natijasida MI jarayonida onalik chang xujayralarida bivalentlar bilan bir qatorda univalentlar va kvadrivalentlarning uchrashi, meyotik indeks va chang hayotchanligining pastligi kabi ayrim buzilishlardan ota-ona shakllarining kariologik jihatdan geterogenligi aniqlangan;
g‘o‘zaning F1C geksapoliploid duragay va avtopoliploid shakllari barg kutikulasi qalinligi kamida 0,85 mkmdan, epiderma hujayralarining qalinligi 20,0 mkmdan yuqoriligi va izolateral tipdagi tuzilganligi hisobiga hasharotlarga chidamliligi isbotlangan;
turlararo duragaylash, qiyosiy morfologiya, molekulyar genetika uslublaridan foydalanish asosida G.herbaceum L. turichi xilma-xilliklari va G.mustelinum turi filogenetik shajarasi ishlab chiqilgan;
genetik-seleksion izlanishlarda dastlabki manba tanlashni osonlashtiruvchi va yangi duragay shakllarini olish hamda istiqbolli g‘o‘za navlarni yaratishda samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi qimmatli manbalar ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
G.herbaceum L. kenja turlarini G.mustelinum turi bilan o‘zaro filogenetik munosabatlarni aniqlash asosida amaliy seleksiya uchun donorlar olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning F2C (G.herbaceum subsp.frutescens × G.mustelinum) poliploid duragay kombinatsiyasidan ajratib olingan T 30-8, T 30-6, T 38-3, T 38-12, T 51-13 namunalar urug‘lari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 13 noyabrdagi 4/1255-2535-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu poliploid duragaylar genetik-seleksion tadqiqotlarda boshlang‘ich manba sifatida tavsiya etilgan hamda g‘o‘za kolleksiyasi xilma-xilligini yanada boyitish imkonini bergan;
g‘o‘zaning eksperimental poliploidiyasi borasida olingan nazariy ma’lumotlardan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining (2021 y.) «Gossypium L. turkumining dunyoviy bioxilma-xilligini genetik potensialini o‘rganish, filogeniyaning klassik uslublari asosida, tashqi muhitning biotik va abiotik ta’sirlariga bardoshli donorlar yaratish» mavzusidagi davlat byudjetidan bazaviy moliyalashtirilayotgan ilmiy tadqiqot dasturini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 13 noyabrdagi 4/1255-2535-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan tezpishar, tolasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori, oq pashsha, shira va o‘rgimchakkanaga chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich manbalar genetik – seleksion tadqiqotlarda foydalanish va amaliyotga tavsiya etish imkonini bergan.