Xalimov Bekzod Gafurdjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarning biologik faolligi hamda unumdorligi», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B.77.
Ilmiy rahbar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Artikova Xafiza Tuymurodovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xoldarov Davronbek Madaminovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarning morfologik, agrofizik, agrokimyoviy xususiyatlarini, gumus miqdori va gumusli holati hamda tuproqdagi aminokislotalar miqdori, ularning energetik holatlarini aniqlash bilan birga tuproq unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarining morfogenetik, agrofizik, agrokimyoviy xususiyatlari, tuproqlarining biologik faolligi va gumusli holatini eroziya jarayonlari ta’sirida o‘zgarishi isbotlangan;
sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarda erkin aminokislotalar miqdorlari, tarkibi va energetik holatlari, ularning o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarining kimyoviy xususiyatlari va biologik faollik parametrlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan;
nitrat va ammoniy sulfat bilan faollashtirilgan fosforit an’anaviy o‘g‘it turlariga (superfosfat va ammofos) qaraganda ko‘proq sellyulozani parchalaydigan mikroorganizmlarni faollashtirganligi va tuproqdagi aminokislotalar sonining ko‘paytirganligi aniqlangan;
eroziyalangan tuproqlarning biologik faolligini oshirish, gumusli holatini yaxshilash va gumusning ijobiy muvozanatini ta’minlashda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlarining biologik faolligi va gumusli holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Sug‘oriladigan va lalmi eroziyalangan bo‘z tuproqlarning gumusli holati va unumdorligini oshirish yo‘llari»ga doir tavsiyalar Toshkent viloyati ekin maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 04/28-28-4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va samarali hosil olish uchun agrotadbirlarni belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
tuproq unumdorligini tiklash va oshirish bo‘yicha agrotadbirlar Toshkent viloyati Parkent tumani Sanganak M.F.Y. «Sanganak Farxod uzumi» fermer xo‘jaligi lalmi bo‘z tuproqlarining 6,58 gektar maydoniga hamda Parkent tumani «Berdiqulov Yorqinali» fermer xo‘jaligi 16 gektar maydonda tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 yanvardagi 04/28-28-4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turli darajada eroziyalangan tuproqlarning gumusli holati yaxshilangan, bug‘doydan gektariga 3,5-6,1 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
tuproqlarning aminokislotalar bilan ta’minlanishini aks ettiruvchi kartogrammalar Toshkent viloyatining Parkent tumanining sug‘oriladigan va lalmi bo‘z tuproqlar uchun amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 fevraldagi 05/022-647-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartogramma asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish tadbirlarini belgilash imkonini bergan.