Xamraev Djamshid Panjievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida mahalliylashtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish (“Toshkent metropoliteni” DUK misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3284.
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozorboy Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alladustov Rustam Djonmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida mahalliylashtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metro yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish masofasiga muvofiq ravishda tabaqalashgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladigan to‘lov tizimini joriy qilinishi orqali metropoliten asosiy faoliyatidan tushadigan daromadlar hajmini 50 foizgacha oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
jamoat transportida yo‘lovchi tashishda haq to‘lash uchun mo‘ljallangan, hisobi to‘ldirib turiluvchi debet to‘lov kartasiga asoslanuvchi elektron to‘lov tizimi hisoblangan ATTO xizmatini joriy qilish orqali Toshkent metropoliteni asosiy faoliyati xarajatlarini qisqartirish va daromadlarini oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent metropoliteni bekatlarning o‘tish yo‘laklarida va platformalarda bo‘sh turgan joylarni ijaraga berish natijasida tijorat asosida faoliyatini yurituvchi yakka tartibda tadbirkorlarni jalb qilish orqali metropoliten daromadi hajmini uch barobarga oshirish taklifi asoslangan;
Toshkent metropolitenining asosiy faoliyatiga raqamli texnologiyani joriy qilish asosida sohada bir xil va takroriy vazifalarni bajaruvchi xizmat kesimida xodimlar sonini maqbullashtirish orqali metropoliten ishchi-xodimlarining mehnatga haq to‘lash xarajatlarini 30 foizgacha qisqartirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Toshkent metropoliteni” DUK mahalliylashtirishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
metro yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish masofasiga muvofiq ravishda tabaqalashgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladigan to‘lov tizimini joriy qilinishi orqali metropoliten asosiy faoliyatidan tushadigan daromadlar hajmini 50 foizgacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 4/1190-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida metropolitenning asosiy faoliyatdan tushadigan daromadlarni 50 foizgacha oshirish imkoni yaratilgan;
jamoat transportida yo‘lovchi tashishda haq to‘lash uchun mo‘ljallangan, hisobi to‘ldirib turiluvchi debet to‘lov kartasiga asoslanuvchi elektron to‘lov tizimi hisoblangan ATTO xizmatini joriy qilish orqali Toshkent metropoliteni asosiy faoliyati xarajatlarini qisqartirish va daromadlarini oshirish taklifi Toshkent shahar metropoliteni faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 4/1190-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Toshkent metropolitenida xizmat ko‘rsatish xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondini 30 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
Toshkent metropoliteni bekatlarning o‘tish yo‘laklarida va platformalarda bo‘sh turgan joylarni tijorat asosida faoliyatini yurituvchi yakka tartibda tadbirkorlarni jalb qilish orqali ijaraga berish natijasida metropoliten daromadi hajmini uch barobarga oshirish taklifi Toshkent shahar metropoliteni faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining
2024-yil 14-fevraldagi 4/1190-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida Toshkent metropoliteni hududidagi bo‘sh turgan joylarni tijorat asosida faoliyatini yurituvchi yakka tartibda tadbirkorlarni jalb qilish orqali ijaraga berish natijasida metropoliten daromadi hajmini uch barobarga oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent metropolitenining asosiy faoliyatiga raqamli texnologiyani joriy qilish asosida sohada bir xil va takroriy vazifalarni bajaruvchi xizmat kesimida xodimlar sonini maqbullashtirish orqali metropoliten ishchi-xodimlarining mehnatga haq to‘lash xarajatlarini 30 foizga qadar qisqartirish taklifi Toshkent shahar metropoliteni faoliyatida joriy qilingan (“Toshkent metropoliteni” DUKning 2023-yil 11-maydagi NZ-152-son malumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida sohada bir xil va takroriy vazifalarni bajaruvchi xizmat kesimida xodimlar sonini maqbullashtirish orqali metropolitenning ishchi-xodimlarining mehnatga haq to‘lash xarajatlarini 30 foizgacha qisqartirish imkoni yaratilgan.