Xaitov Oxunjon Nomoz o‘g‘li
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududiy turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2539.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti,
PhD. 03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Matyaqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdulloev Asliddin Junadulloevich, iqtisodiyot fanlari  falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhadislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasida innovatsion faollikni boshqarish tizimi resurslar, xizmatlar raqobatbardoshligi va innovatsion texnologiyalar sinergetik samaradorligi asosida innovatsion faoliyatni boshqarish usullari funksiyalarining ikki o‘lchovli tasnifiga ko‘ra takomillashtirilgan;
turistik klasterning asosiy qismi va maqsadli guruhlarining o‘zaro munosabatlar intensivligi ko‘rsatkichining 0 dan 1 gacha o‘zgarishi klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalarni har bir predmeti bo‘yicha ekspert baholashni sohada innovatsion faollikni baholashga ko‘ra takomillashtirishga asoslangan;
yangi turistik mahsulot va xizmatlar yaratish, konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, intellektual jihatdan qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, kadrlar va texnologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha turizm klasteri tarkibida maqsadli tuzilmani tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida turizm sohasini barqaror rivojlanish dinamikasi asosida turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasida innovatsion faollikni oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turizm sohasida innovatsion faollikni boshqarish tizimi resurslar, xizmatlar raqobatbardoshligi va innovatsion texnologiyalar sinergetik samaradorligi asosida innovatsion faoliyatni boshqarish usullari funksiyalarining ikki o‘lchovli tasnifiga ko‘ra takomillashtirish taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-12-17-1071-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turizm sohasida resurslardan samarali foydalanish hamda innovatsion faollikni oshirish asosida turistik xizmatlar raqobatbardoshligga erishish imkonini kengaytirishga xizmat qilgan;
turistik klasterning asosiy qismi va maqsadli guruhlarining o‘zaro munosabatlar intensivligi ko‘rsatkichining 0 dan 1 gacha o‘zgarishi klaster ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalarni har bir predmeti bo‘yicha ekspert baholashni sohada innovatsion faollikni baholashga ko‘ra takomillashtirish Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-12-17-1071-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish turizm klasterlari faoliyati samaradorligini baholash va innovatsion faollikni baholash mezonlarini ishlab chiqishning uslubiy asoslarini takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
yangi turistik mahsulot va xizmatlar yaratish, konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, intellektual jihatdan qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, kadrlar va texnologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha turizm klasteri tarkibida maqsadli tuzilmani tashkil etishning maqsadga muvofiqligi taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning hududiy dasturi”ni ishlab chiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi turizm qo‘mitasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-12-17-1071-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish turizm sohasida yangi turistik mahsulotlar va xizmatlar yaratish hamda sohada innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish darajasini 1,5 martaga oshirish imkonini muayyan darajada kengaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini barqaror rivojlanish dinamikasi asosida turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini oshirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Samarqand viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish dasturlari va “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 26-oktyabrdagi 02-12-17-1071-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2028-yilga turist sifatida tashrif buyuruvchilar sonini 14,1 %ga va turistlarga xizmat ko‘rsatishga moslashgan ekoturizm obektlari sonini 21,4% oshishi imkonini berishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish