Siddiqov Asqar Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2145.
Ilmiy rahbar: Tangirov Abduxoliq Egamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Toshnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xudoyberganov Dilshod To‘xtaboevich   iqtisodiyot fanlari doktori(DcS), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy ovqatlanish sohasining rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish korxonasining innovatsion strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxona ishlab chiqarish faoliyatini xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, iste’mol taomillarini hisobga olish va mijozlarning qoniqqanlik darajalari bo‘yicha yangilik va sifat o‘zgarishlariga erishish orqali namoyon bo‘luvchi istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishi  nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalari asosiy qismining o‘z tavsifiga ko‘ra kichik tadbirkorlik sub’ektlari toifasiga muvofiq kelishini e’tiborga olgan holda ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida belgilangan xodimlarning yillik o‘rtacha sonini ikki baravarga oshirish taklifi asoslangan;
umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlariga talabning tez o‘zgaruvchanligi xususiyatini hisobga olgan holda zarur holatlarda korxonalar binolari joylashuvini o‘zgartirish, ko‘chirish imkonini beruvchi   engil konstruksiyalar, mobil oshxona va fudtraklar orqali tashkil etish taklifi asoslangan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish sohasining joriy rivojlanish tendensiyasi, yangi texnika va texnologiyani o‘zlashtirish darajasi, xodimlarning kasbiy-malaka darajasi va mehnat unumdorligini hisobga olgan holda 2027 yilga qadar innovatsion rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirishga bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xizmat ko‘rsatish korxonasining innovatsion strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxona ishlab chiqarish faoliyatini xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, iste’mol taomillarini hisobga olish va mijozlarning qoniqqanlik darajalari bo‘yicha yangilik va sifat o‘zgarishlariga erishish orqali namoyon bo‘luvchi istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishi  nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti “5610100 – Xizmatlar sohasi (restoran ishi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Restoran menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 maydagi 100-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlarida strategiya tushunchasini innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlab beruvchi va asoslovchi dastur, umumiy ovqatlanish sohasini innovatsion rivojlantirishning uzoq muddatli istiqboldagi maqsadi, innovatsion rivojlantirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish jarayoni, umumiy ovqatlanish sohasining strategik maqsadlarga erishishi uchun ilgari surilgan biznes falsafasi, umumiy ovqatlanish sohasining tashqi muhit xususiyati va mavjud resurslar nuqtai nazaridan tasniflash imkoni yaratilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalari asosiy qismining o‘z tavsifiga ko‘ra kichik tadbirkorlik sub’ektlari toifasiga muvofiq kelishini e’tiborga olgan holda ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida belgilangan xodimlarning yillik o‘rtacha sonini ikki baravarga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 iyuldagi PF-6029-son “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 12 martdagi 9/05-30-4562-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarining kichik korxonalar toifasiga kiritish orqali tegishli imtiyozlar bilan rag‘batlantirish hamda xodimlarning yillik o‘rtacha sonini oshirish orqali faoliyat samaradorligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlariga talabning tez o‘zgaruvchanligi xususiyatini hisobga olgan holda zarur holatlarda korxonalar binolari joylashuvini o‘zgartirish, ko‘chirish imkonini beruvchi   engil konstruksiyalar, mobil oshxona va fudtraklar orqali tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 iyuldagi PF-6029-son “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 12 martdagi 9/05-30-4562-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan xizmat ko‘rsatishda bino va inshootlar, maxsus jihozlar bilan ta’minlashdagi xilma-xillik va engillikni ta’minlash asosida xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi Samarqand viloyatida umumiy ovqatlanish sohasining joriy rivojlanish tendensiyasi, yangi texnika va texnologiyani o‘zlashtirish darajasi, xodimlarning kasbiy-malaka darajasi va mehnat unumdorligini hisobga olgan holda 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan innovatsion rivojlantirishning prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 12 martdagi 9/05-30-4562-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognozlash uslubiyati hamda pamrametrlarini amaliyotda qo‘llash asosida innovatsion faoliyat uchun yo‘naltirilgan sarflar darajasini 37,4% oshirish orqali 2025-2027 yillarda Samarqand viloyati umumiy ovqatlanish sohasida mehnat unumdorligini 16,8%ga, xodimlarning kasbiy malaka darajasini 14,4% ga, innovatsion-texnologik rivojlanish darajasini 5% ga oshirish mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish