Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning milliy xususiyatlari” 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S99.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mekmurodov Mansur Bobomurodovich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori Norboeva Tanzila Kamolovna, Falsafa fanlari doktori, Professor Nurmatova Mukarram Ahmedovna.
Yetakchi tashkilot: Ijtimoiy fikr Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning milliy xususiyatlarini sotsiologik nuqtai nazardan kompleks o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini yanada oshirishga qaratilgan gender siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashga doir huquqiy, tashkiliy hamda institusiyaviy xususiyatga ega maxsus chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan;
davlat xizmatchilarini lavozimlarga tayinlashda gender tenglikni ta’minlash asosida kadrlar zaxirasini yaratish, ishchi xodimlarning mehnat faoliyatlaridagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosalangan shaffof va adolatli tanlov mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash tizimi asoslantirilgan;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda qaror qabul qilish darajasidagi lavozimlarda gender rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat olib borish sosiologik asoslantirilgan;
xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib faoliyat olib borishi, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan mahallalarda maslahat markazlari, moslashuvchan ish soatlari joriy qilingan ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Yangi O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashning milliy xususiyatlarini tadqiq etish natijasida:
davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini yanada oshirishga qaratilgan gender siyosatini amalga oshirilishini ta’minlashga doir huquqiy, tashkiliy hamda institusiyaviy xususiyatga ega maxsus chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2022-yil 31-oktyabrdagi 02/6-09-14-son dalolatnomasi). Natijada, ushbu chora-tadbirlarning huquqiy asosi yaratildi.
Davlat xizmatchilarini lavozimlarga tayinlashda gender tenglikni ta’minlash asosida kadrlar zaxirasini yaratish, ishchi xodimlarning mehnat faoliyatlaridagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga asosalangan shaffof va adolatli tanlov mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash tizimi asoslantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2022-yil 31-oktyabrdagi 02/6-09-14-son dalolatnomasi). Natijada, davlat xizmatchilari lavozimlarini egallash uchun kadrlar zahirasini shakllantirish, ularning xizmatda ko‘tarilishi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar ta’minlanib bormoqda va bugunga kunga kelib, davlat boshqaruvidagi ayollar ulushi 5 yilda 8 foizga ko‘tarilishiga xizmat qildi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda qaror qabul qilish darajasidagi lavozimlarda gender rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat olib borish sosiologik asoslantirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2022-yil 31-oktyabrdagi 02/6-09-14-son dalolatnomasi). Natijada, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini ta’minlash ish unumdorligini ortishiga va davlat organlari rahbarlari lavozimlariga qadar kadrlar zaxirasini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligiga rioya etilishi zarurligi hamda xotin-qizlar va erkaklarning teng ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishlari qonuniy belgilab berildi.
Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib faoliyat olib borishi, ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan mahallalarda maslahat markazlari, moslashuvchan ish soatlari joriy qilingan ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot strategiyasi markazining 2022-yil 27-dekabrdagi 1619/22-son dalolatnomasi). Natijada, gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish orqali xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini rag‘batlantirishga, tahsil olish yoshida bo‘lgan yosh xotin-qizlarning ilm-fandagi ulushi ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 2023 yilning o‘zida 147 nafar xotin-qiz fan doktori, 1 ming 238 nafari esa falsafa doktori ilmiy darajasiga erishgan. Ayollar orasidagi ishsizlik darajasi bir yarim baravar kamayib, 400 mingdan ziyod xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.