Mirmaxmudov Erkin Raximjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda geodezik va kartografik ishlarni optimallashtirish uchun kosmik jismlardan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari», 11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Gr15.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Eshqobul Yuldashovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Sayyidqosimov Sayyidjabbor Sayyidqosim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Nuritdinov Salaxitdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining muhim obektlari atrofida Erning sun’iy yo‘ldoshlarini kuzatish natijasida geodezik tarmoqlarning planli va balandlik koordinatalarini optimallashtirishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er usti va sun’iy yo‘ldosh o‘lchashlari natijalari bo‘yicha amalda qo‘llanilayotgan SK-42 va WGS-84 koordinatalari uchun Gauss-Kryuger kartografik preksiyasi to‘g‘ri burchakli koordinatalariga differensial tuzatmalar metodi ishlab chiqilgan;   
geotsentrik koordinatalar tizimi harakat traektoriyasidagi tortishish va gravitatsion bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olgan holda Enke metodi takomillashtirilgan va kosmik jismlarning oraliq orbitasini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
Markaziy Osiyo tektonik va Davlat geodezik tarmoqlari uchun global sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi (GNSS) yordamida navigatsion o‘lchovlar va Er mantiyasining yuqori qatlamlarida deformatsion siljishlarni hisoblash metodlari (Molodenskiy, Gelmert) takomillashtirilgan;  
global sun’iy yo‘ldosh navigatsion tizimi yordamida O‘zbekiston asosiy daryolarining qirg‘oq bo‘yi zonasida gidrologik stansiyalarning suv sathi postlari balandliklari va koordinatalarini aniqlash metodi ishlab chiqilgan;
tog‘-kon obektlari atrofidagi geodezik zichlash tarmog‘i punktlarining geofazoviy koordinatalarini hisoblash uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va er usti elektron-optik o‘lchovlardan foydalangan holda optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
geoaxborot texnologiyalari va sun’iy yo‘ldosh navigatsion dala o‘lchash ma’lumotlaridan foydalangan holda tog‘li hududlarning aniq fazoviy raqamli relef modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kosmik jismlarning optik kuzatuvlari va sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlari ma’lumotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er usti va sun’iy yo‘ldosh o‘lchashlari natijalari bo‘yicha geodezik koordinatalar sistemasini optimallash va ularning almashtirish metodlarining takomillashtirilgan nazariy asoslari “Geodeziya” nomli darslikka singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-son guvohnomasi). Natijada, talabalarda O‘zbekiston Respublikasi hududlarining 1:5000 - 1:100000 topografik xaritalarini tuzishda qo‘llaniladigan Gauss-Kryuger proeksiyasiga differensial tuzatmalar kiritish kompetensiyasini oshirish imkoniyatini bergan;
geotsentrik koordinatalar tizimi harakat traektoriyasidagi tortishish va gravitatsion bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan kosmik jismlarning oraliq orbitasini hisoblash metodi va algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida geosinxron va geodezik sun’iy yo‘ldoshlarning yuqori aniqlikdagi topotsentrik koordinatalarini hisoblashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 07-apreldagi 03-08-118 son ma’lumotnomasi). Natijada, global umumer ellipsoidning parametrlarini va fundamental koordinatalar tizimiga kiritilgan tuzatishlar qiymatlarini aniqlashtirish imkonini bergan;
Markaziy Osiyo tektonik va Davlat geodezik tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan GNSS qabul qilgichlar yordamida navigatsion o‘lchovlar va Er mantiyasining yuqori qatlamlarida deformatsion siljishlarni hisoblash metodlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasining global geodezik tarmog‘ini umumiy tenglashtirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 07-apreldagi 03-08-118 son ma’lumotnomasi). Natijada, geodinamik punktlarni va alohida muhim obektlarning koordinatalari qaytadan aniqlash imkoniyatini bergan;
global navigatsion yo‘ldosh tizimi yordamida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi asosiy daryolarining qirg‘oq bo‘yi zonasida gidrologik stansiyalarni suv sathi postlari balandliklari va koordinatalarini aniqlashtirish metodi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida WGS 84 sistemasida gidrologik postlarning to‘g‘ri burchakli koordinatalarini aniq hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 07-apreldagi 03-08-118 son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrologik postlar koordinatalariga nisbatan suv sathi o‘zgarishini aniq o‘lchash imkonini bergan;
tog‘-kon inshootlari yon atrofidagi joylarni yuqori aniqlikdagi yer sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan va elektron raqamli asboblardan foydalanib ishlab chiqilgan geodezik tarmoqlarni zichlashtirishni optimallashtirish metodi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida geodezik tarmoq punktlarini fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalari hisoblab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 07-apreldagi 03-08-118 son ma’lumotnomasi). Natijada, karerlar atrofida marksheyderlik va yer qazish ishlari uchun foydalanish imkonini bergan;
zamonaviy geoaxborot texnologiyalari va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda tog‘li hududlarning ishlab chiqilgan aniq fazoviy raqamli relef modellari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston milliy atlasi uchun respublika va unga chegaradosh hududlarning 2 va 3 o‘lchamli raqamli xaritalari yaratishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yil 07-apreldagi 03-08-118 son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining “Relef” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish