Tursunov Firdavsi Hamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zol-gel jarayonida TiO2, SiO2 va TiO2-SiO2 kompozit kolloid zarrachalarining anizotropik shakllanish kinetikasi», 02.00.04 - Fizik kimyo, 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K691.
Ilmiy rahbar: Dong Qiu, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ishankulov Alisher Farmonovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zol-Gel texnologiyasidan foydalanib TiO2, SiO2 va TiO2-SiO2 kompozit kolloid zarrachalarining anizotropik shakllanish kinetikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zol-Gel usulida olingan TiO2 zarrachalari morfologiyasiga tasir etuvchi ba’zi omillar, jumladan harorat, erituvchi muhiti, prekursor konsentratsiyasining ta’siri aniqlangan;
Seeded-growth sintezida titan tetrabutoksid prekursorining konsentratsiyasi 0,3 mmol/l dan 1 mmol/l gacha ortganida S-TiO2 zarrachalari o‘rtacha o‘lchami 300 nm dan 600 nm gacha oʻsgani isbotlangan;
P25 va TiO2 katalizatorlardan foydalanib, Rodamin B ning fotokatalitik degratatsiyalanishi birinchi tartibli reaksiya kinetik tenglamasiga mos holda o‘tishi isbotlangan;
tajribalarda olingan TiO2 zarrachalari koagulyasiyalanish jarayonining kinetikasi aniqlanib, bu jarayon tez koagulyasiya nazariyasi asosida borishi va birinchi tartibli kinetik tenglamaga mos kelishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zol-Gel jarayonida TiO2, SiO2 va TiO2-SiO2 kompozit kolloid zarrachalarining anizotropik shakllanish kinetikasi baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zol-Gel texnologiyasi asosida TiO2-SiO2 kompozit zarrachalarni olish usuli “Samarkand England Eco-Medical” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“Samarkand England Eco-Medical” korxonasi tomonidan 2023 yil 10-oktyabrda berilgan 51-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tabiiy suvlarni tozalash va ularni organik ifloslantiruvchi moddalardan zararsizlantirish uchun TiO2-SiO2 kompozit zarrachalarini fotokatalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
Zol-Gel texnologiyasi asosida TiO2, SiO2 va TiO2-SiO2 kompozit nanozarrachalarini olish usuli “BioXimMak” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“BioXimMak” korxonasining (Rossiya) 2023 yil 5 oktyabrdagi 93/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, antibiotiklar va o‘smaga qarshi preparatlar olish imkoni yaratilgan;
Zol-Gel texnologiyasi asosida TiO2 nanozarrachalarini olish usuli “Xinjiang Shafiya Biotexnology Co. Ltd.” korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Xinjiang Shafiya Biotexnology Co. Ltd, Xitoy korxonasi tomonidan 2023 yil 23 oktyabrda berilgan ma’lumotnoma). Natijada, TiO2 nanostrukturalarni antimikrob vosita sifatida qo‘llash imkonini bergan.