Nazarov Qudratillo Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Terrigen bo‘r yotqiziqlarining petrofizik xususiyatlarini modellashtirish natijasida Gazli ko‘tarilmasining neftgazliligini bashoratlash», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM125.
Ilmiy rahbar: Zokirov Ravshan To‘lqinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Bogdanov Aleksandr Nikolaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abidov Xurshid Asrorovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gazli ko‘tarilmasining bo‘r davri terrigen yotqiziqlarida ochilgan va bashorat qilinayotgan neft` va gaz konlarini geologik modellashtirish va qatlam-kollektorlarning fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlarini petrofizik hisoblash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gazli ko‘tarilmasi bo‘r davri terrigenli kollektorlarining dinamik xususiyatlarini petrofizik hisoblashning bosqichma-bosqich algoritmi ishlab chiqilgan, shu jumladan har xil g‘ovaklik koeffisientlarini baholash, elektr qarshiligi va neftgaz bilan to‘yinganligini ularning chegara qiymatlari bo‘yicha aniqlash ishlab chiqilgan;
Gazli ko‘tarilmasining bo‘r davri terrigen kollektorlarining joriy neft` va gaz bilan to‘yinganlik koeffisienti g‘ovaklik qiymatlarining dinamik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, sig‘imli bo‘shliqning donalararo turi va qumtosh xususiyatlarining chegaraviy parametrlari asosida aniqlangan;
terrigen kollektorlarining quduqlararo makondagi noaniqlikning ta’sir qilish xavfi hamda hisoblangan fil`tratsiya-sig‘im parametrlari, zonalarning ishonchli interval diapazonlari hamda ularning xatoligi – g‘ovaklik uchun ± 3 % va neft` va gaz bilan to‘yinganligi uchun ± 5 % ni tashkil etishi aniqlangan;
Gazli ko‘tarilmasining bo‘r davri yotqiziqlari terrigen kollektor-larining geologik tuzilishi oydinlashtirilgan, uning qatlam-gumbaz tipli neftgaz uyumlari kichik amplitudali gumbazsimon va qoldiq suv miqdori yuqori bo‘lgan barqaror qumli qatlamlar bilan xarakterligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gazli ko‘tarilmasi bo‘r terrigen yotqiziqlarining petrofizik xususiyatlarini modellashtirish orqali ularning neftgazliligi bashorati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
donador kollektorlarining samarali g‘ovaklilik koeffisienti asosida maqsadli mahsuldor ob’ektlarni petrofizik modellashtirish uchun ishlab chiqilgan algoritm «Gazli Gas Storage» MChJ qo‘shma korxonasida Gazli konida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 10 iyundagi 02/18-7/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyi bo‘r yotqiziqlaridan (1001–1021 sonli quduqlarda) kuniga 34,6 t/sutkagacha neft` olish imkonini bergan;
petrofizik modellarni tuzish uchun algoritmlar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar «Sanoat Energetika Guruhi » MChJ XK korxonasida Mullaxol konida joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 10 iyundagi 02/18-7/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoldiq zaxira zonalari taqsimoti hisobiga quyi bo‘r yotqiziqlaridan (12, 24, 37 va 47-sonli quduqlarida) kuniga 24 t/sutkagacha neft` olish imkonini bergan;
yura va bo‘r davri yotqiziqlaridagi uyumlarning aniqlashtirilgan geologik modellari samarador gorizontlarda o‘tkazib yuborilgan ob’ektlarning sinash intervallarini tanlash uchun tavsiyalar «Sanoat Energetika Guruhi» MChJ da G‘arbiy va Sharqiy Toshli konlarida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ 02/18-son ma’lumotnomasi. 2022 yil 10 iyun`dagi 7/09). Natijada, bo‘r va yura davri yotqiziqlarida o‘tkazib yuborilgan qatlamlardan sutkasiga 110 t/sutkagacha neft` oqimini olish imkonini bergan.