Bobokulova Shoxista Abdualimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «SARS-COV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli destruktiv kasalliklarini kechishi va davolashning xususiyatlari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.2.PhD/Tib2895.
Ilmiy rahbar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Egamov Yuldashali Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Baymakov Sayfiddin Risbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘tkir yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklarini davolash natijalarini ularning diagnostikasi va davolashning patogenetik asoslangan usullarini ishlab chiqish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2 o‘tkazgan o‘tkir yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda o‘pkadagi endotelial disfunksiya darajasini tashxislashning eng ahamiyatli mezonlari aniqlangan va asoslangan;
SARS-CoV-2 o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklari kechishi xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida o‘pkaning metabolik hamda shakllantirish funksiyalari buzilishlarini tashxislash va baholashning yangi usullari ishlab chiqilgan;
SARS-CoV-2 o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklarini mahalliy davolashning yangi usuli hamda plevra empiemasini davolashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
SARS-CoV-2 o‘tkazgan bemorlarda o‘pkadagi yiringli-destruktiv o‘choqni endobronxial sanatsiya qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 02/069-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 18 iyuldagi 09-05813-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: SARS-COV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli-destruktiv kasalliklari bilan o‘pkada endotelial disfunksiya darajasini diagnostika qilishning eng muhim mezonlarining aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 18 iyuldagi 72-sonli buyruq bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 2023 yil 14 iyuldagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli destruktiv kasalliklarini diagnostikasi va samarali davolash usullarining innovatsion usullari texnologiyasini o‘zlashtirish va ularni shifokorlar amaliyotiga joriy etish sog‘liqni saqlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, asoratlarni bashorat qilish va oldini olishga hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli destruktiv kasalliklarini diagnostikasi va davolash choralarining samaradorligini ishlab chiqish va qiyosiy baholashni amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 32,8 kundan 21,1 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2 mln. 457 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan tekshirish va davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemordan 2 mln. 457 ming so‘mni, iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: SARS-COV-2 ni o‘tkazgan bemorlarda O‘YDO‘K kursining xususiyatlarini o‘rganish natijasida sirt faol moddalarni hosil qiluvchi funksiyasini buzilishlarni va o‘pka kasalliklarida metabolik jarayonlari buzilishini baholash va tashxisotining ishlab chiqilgan yangi usullari Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 18 iyuldagi 72-sonli buyruq bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 2023 yil 14 iyuldagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli destruktiv kasalliklarini diagnostikasi va samarali davolash usullarining innovatsion usullari texnologiyasini o‘zlashtirish va ularni shifokorlar amaliyotiga joriy etish sog‘liqni saqlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, asoratlarni bashorat qilish va oldini olishga hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diagnostikasi va samarali davolash usullarining tashxislash va davolash usulini tanlashning optimal algoritmining samaradorligini asoslashga va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 210 ming so‘m) 1 mln. 344 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm samaradorligini asoslashda sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 5 mln. 320 ming so‘mni tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning yiringli-destruktiv kasalliklarini mahalliy davolashning yangi usuli va SARS-COV-2 bilan og‘rigan bemorlarda plevral empiemani davolashning ishlab chiqilgan yangi usuli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 18 iyuldagi 72-sonli buyruq bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 2023 yil 14 iyuldagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkalilik va o‘pkada radikal operatsiyalar ulushini kamaytirish yo‘li bilan davolashning tejamkor usullarini keng qo‘llash statsionar kunlar sonini 1,5 baravar kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashrihdan keyingi asoratlarni keskin kamayishiga imkon berishi bilan 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 12,3 kundan 5,1 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: asoratlarni keskin kamayishi yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 1 mln. 512 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SARS-COV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkadagi yiringli-destruktiv o‘choqni endobronxial sanatsiya qilishning takomillashtirilgan usuli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 2023 yil 18 iyuldagi 72-sonli buyruq bilan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 2023 yil 14 iyuldagi 10-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SARS-CoV-2 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning yiringli-destruktiv kasalliklarini diagnostikasi va samarali davolash usullarining innovatsion usullari texnologiyasini o‘zlashtirish va ularni shifokorlar amaliyotiga joriy etish sog‘liqni saqlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, asoratlarni bashorat qilish va oldini olishga hissa qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usullarni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi 1 nafar bemor uchun mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 12,4% dan 2,6% ga qisqarishiga. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 9 mln. 533 ming so‘mni tashkil qiladi.