Muxtarov Fikrat Abdullajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy yeryong‘oq navlari o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga “Mikroo‘stirgich” biopreparatini qo‘llash me’yori va muddatlarini ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx912.
Ilmiy rahbar: Xudayqulov Jonibek Bozarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Yormatova Dilarom Yormatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanova Maxfurat Eshmuradovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari sharoitida “Mikroo‘stirgich” biopreparatini qo‘llash me’yori va muddatlarining eryong‘oq navlari o‘sishi, rivojlanishi, biometrik va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy eryong‘oqning navlari urug‘lari laboratoriya (98,0-99,3%) va dala sharoitidagi unuvchanligiga (75,11-85,1%) “Mikroo‘stirgich” biopreparatini 1 l/t me’yorda ekishdan oldin qo‘llash urug‘lar unuvchanligini 1,6% dan 7,7% gacha oshirganligi aniqlangan;
“Mikroo‘stirgich” biopreparatini urug‘larni ekishdan oldin 1 l/t, gullash va dukkaklash davrlari boshlanishida 3 va 6 l/ga me’yorlarda qo‘llash asosiy poya balandligi, o‘sish sur’ati va rivojlanish davrlariga ijobiy ta’sir etganligi hamda eng yuqori poya ko‘rsatkichi “Toshkent-112” navida (60,6 sm), eng uzoq amal davri davomiyligi esa “Lider” navida (163-168 kun) bo‘lganligi aniqlangan;
eryong‘oq navlarini etishtirishda “Mikroo‘stirgich” biopreparatini turli muddat va me’yorlarda qo‘llash o‘simlikning barg sathi “Toshkent-112” navida 3,29-3,58; “Lider” navida 3,31-3,57 va “Qibray-4” navida 3,30-3,63 ming sm2/tup shakllanishi hisobiga fotosintetik sof mahsuldorlik sutkasiga navlar bo‘yicha 1,24-2,41, 1,78-2,73 va 1,37-2,29 g/m2 ga ortganligi aniqlangan;
“Lider” va “Qibray-4” navi urug‘lariga “Mikroo‘stirgich” biopreparatini ekishdan oldin 1 l/t me’yorda, gullash fazasi boshlanishida 3 l/ga, dukkaklash fazasi boshlanishida esa 6-9 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda hosil elementlarining shakllanishi, biometrik ko‘rsatkichlariga ta’sir etishi, urug‘ hosildorligi navlar bo‘yicha 17,2 va 15,6 s/ga ni tashkil etib, qo‘shimcha urug‘ 6,38 s/ga (59,1%) va 6,30 s/ga (67,4%), hamda iqtisodiy rentabellik darajasini “Lider” navida 24,9% gacha, “Qibray-4” navida 31,8% gacha oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy eryong‘oq navlarida “Mikroo‘stirgich” biopreparatini qo‘llashning maqbul muddat va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy eryong‘oq navlarini etishtirishda “Mikroo‘stirgich” biopreparatini qo‘llash yuzasidan “Toshkent viloyati sharoitida mahalliy eryong‘oq navlaridan yuqori hosil etishtirishda “Mikroo‘stirgich” biopreparatini qo‘llash samaradorligi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-maydagi № 05/34-06/500-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, tomorqa er egalari va ko‘plab eryong‘oq etishtiruvchilar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Eryong‘oqning “Toshkent-112”, “Lider” va “Qibray-4” navlari urug‘larini ekish oldidan “Mikroo‘stirgich” biopreparatini 1 l/t, gullash davrining boshlanishida 3,0 l/ga, dukkaklash davrining boshlanishida 6,0 l/ga me’yorlarda ildizdan tashqari oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Qo‘ng‘irot Erdavlat fayz” fermer xo‘jaligida 5,0 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-maydagi № 05/34-06/500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eryong‘oqning “Toshkent-112” navidan 16,8 s/ga, “Lider” navidan 22,7 s/ga, “Qibray-4” navidan 22,2 s/ga hosil olinib, “Mikroo‘stirgich” biopreparati qo‘llanilmagan nazorat variantlariga nisbatan 5,4-5,9 s/ga miqdorida qo‘shimcha hosil olingan.
Eryong‘oqning “Toshkent-112”, “Lider” va “Qibray-4” navlari urug‘larini ekish oldidan “Mikroo‘stirgich” biopreparatini 1 l/t ga, gullash davrining boshida 3,0 l/ga, dukkaklash davrining boshida 6,0 l/ga me’yorlarda ildizdan tashqari oziqlantirish texnologiyasi Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi “Qulmuhammad” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “To‘lg‘anoy” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar, “Omad” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-maydagi № 05/34-06/500-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eryong‘oqning “Toshkent-112” navidan 16,6 s/ga, “Lider” navidan 22,8 s/ga, “Qibray-4” navidan 21,5 s/ga hosil olinib, “Mikroo‘stirgich” biopreparati qo‘llanilmagan nazorat variantlariga nisbatan 4,9-6,2 s/ga miqdorida qo‘shimcha hosil olingan.