Zafarov Diyor Shuxratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Tarozilarni tekshirish vagonlarining uch o‘qli aravachalari xizmat muddatini uzaytirilishini ilmiy asoslash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3757
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor; Radjibaev Davran Oktambaevich – texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi resursdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarozi tekshirish vagonlarining uch o‘qli aravachalari xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
6-o‘qli tarozi tekshirish vagonlari ekspluatatsiyasini o‘ziga hosligini inobatga olgan holda aravachaga dinamik kuchlar ta’siri mobaynida uning elementlarini yuklanganligini aniqlashga imkoni beruvchi 3-o‘qli aravacha quyma detallarining chekli elementli fazoviy modellari ishlab chiqilgan;
ilk bor tenzometriya yordamida 3-o‘qli aravacha quyma detallarining yuklanganligini aniqlash imkonini beruvchi 6-o‘qli tarozi tekshirish vagonining harakat-mustahkamlik sinovlarini o‘tkazish uslubiyoti ishlab chiqilgan;
3-o‘qli aravacha quyma detallarining mustahkamlik zaxirasi va qoldiq resursini hisobga olgan holda hizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini asoslash uchun ularning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini tarozi tekshirish vagonining ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor zamonaviy putur etkazmaydigan nazorat usullarini qo‘llagan holda 6-o‘qli tarozi tekshirish vagonlari 3-o‘qli aravachasi quyma detallarining hizmat muddatini oshirish maqsadida putur etkazmasdan nazorat o‘tkazishning texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Tarozi tekshirish vagoni 3-o‘qli aravachasi xizmat muddati uzaytirilishini ilmiy asoslash bo‘yicha bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
6-o‘qli tarozi tekshirish vagonlarining harakat-mustahkamlik sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va uslubiyot, ishchi dinamik kuchlanishlar va ekspluatatsion dinamik kuchlanishlar amplitudalarining taqsimlanishi orqali yuk vagonlari 3-o‘qli aravachalari quyma detallarining haqiqiy xizmat muddati qiymatini aniqlash dasturi, hamda x, y yo‘nalishlari va 45° burchak ostida o‘rnatilgan tenzorezistorlar uchun ekvivalent kuchlanishlarni aniqlash dasturi va xizmat muddatini uzaytirishda 6-o‘qli tarozi tekshirish vagonlari 3-o‘qli UVZ-9M rusumli aravachasi quyma detallarini putur etkazmasdan nazorat o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘riqnoma “Temiryo‘lkargo” AJ tarozi xo‘jaligi boshqarmasida 3-o‘qli aravacha quyma detallarining yuklanganligini ularning mustahkamlik zaxirasi va qoldiq resursini baholash maqsadida eksperimental aniqlash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 15 fevraldagi 4/1205-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tenzometriya usuli yordamida UVZ-9M aravachasi quyma detallarining yuklanganligini eksperimental baholash, sinovlar davomida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va quyma detallarning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatini aniqlashga imkon beruvchi tarozi tekshirish vagonlarining harakat-mustahkamlik sinovlarini va putur etkazmasdan nazorat o‘tkazish uchun texnik sharoitlar ishlab chiqilgan. Natijada UVZ-9M uch o‘qli aravacha quyma detallarining qoldiq resursini baholash va ularning xizmat muddatini uzaytirish imkoniyatlarini asoslash bo‘yicha ilmiy-texnik chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bois iqtisodiy samaradorlik 680 000 000 (olti yuz sakson million) so‘mni tashkil etgan.