Yusufov Abdulaziz Maxamadali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanilayotgan manyovr lokomotivlari rama konstruksiyalarining texnik holatini baholash va qoldiq resursini aniqlash”,
05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3759
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xamidov Otabek Rustamovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Oganyan Eduard Sergeevich – texnika fanlari doktori, professor; Xromova Galina Alekseevna – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanilayotgan manyovr lokomotivlarning rama konstruksiyalari joriy texnik holatini baholash, uning qoldiq resursini aniqlash va rama konstruksiyalarning ishonchliligini oshirish maqsadida modernizatsiya qilish orqali xavfsiz xizmat muddatini uzaytirishni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida foydalanish muddati 50 yildan oshgan TEM2turidagi manyovr lokomotivlarining texnik holatini baholash va xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish uslubiyoti ishlab chiqilgan;
TEM2 turidagi manyovr lokomotivlari rama konstruksiyalarining kuchlanganlik-deformatsiya holati, dinamik kuchlar ta’sirida rama elementlarining yuklanganligi va resursini baholash imkonini beruvchi chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
lokomotiv rama konstruksiyalarining yuqori yuklanish hosil bo‘ladigan joylarini inobatga olib, ularning chidamliligi va mustahkamligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan texnik echimlar ishlab chiqilgan;
ilk bor manyovr lokomotivlardan foydalanish davrida harakat tezligi va rama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi tebranish sikllarining qoldiq resursga bog‘liqlik darajasi ilmiy asoslanib ularning xizmat muddatini hisoblash uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanishdagi TEM2 turidagi manyovr lokomotivlarning xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
O‘zbekiston temir yo‘llarida foydalanish muddati 50 yildan oshgan TEM2 manyovr teplovozlari rama konstruksiyalarda yuqori kuchlanish hosil bo‘lgan joylarining mustahkamligini oshirish uchun ilmiy asoslangan texnik echimlar “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ korxonasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 13 oktyabrdagi 4/7140-sonli ma’lumotnomasi). Natijada TEM2 teplovozlarining kapital ta’mirlash davrida ilmiy asoslangan texnik echimlar orqali rama konstruksiyalarning ishonchliligi va chidamliligi oshirildi va lokomotiv parkidagi №473, №846, №932, №1105, №1109, №2159, №2170, №2306, №2308, №2309, №2310, №2393, №2557 va Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli №784 va №1526 raqamli TEM2 turidagi teplovozlarning xizmat muddati 57 yilgacha uzaytirildi. Iqtisodiy samaradorlik 1 milliard 850 million so‘mni tashkil etgan.