Joniev Sanjar Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziya xususiyatlari», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1020.
Ilmiy rahbar: Raximov Azamat Ulug‘ovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Djuraboy Marifboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Satvaldieva Elmira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez kasalliklari operatsiyalaridan oldin tayyorgarlik variantlarini samaradorligini takomillashtirish va ularning fonida gemodinamik ko‘rsatkichlar orqali anesteziologik qo‘llanma usulini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi davrida operatsiya oldi tayyorgarlik va premedikatsiya usuliga ko‘ra markaziy gemodinamikasi va gormonal profili aniqlangan;
qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayorgarlik davomida o‘tkazilgan uzaytirilgan premedikatsiya usuli modifikatsiyalangan shkala ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarni operatsiya davrida qo‘llanilgan anesteziya usuliga qarab markaziy gemodinamikasi va gormonal profilini ko‘rsatkichlari aniqlangan;
olingan natijalar asosida qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlar operatsiyadan oldin tayyorgarlik va og‘riqsizlantirish uchun maqbul variantlar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot univesiteti ekspert kengashining 2024 yil 28 fevraldagi №17 sonli xulosasiga ko‘ra (boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 24 fevralidagi №1533-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi ilmiy yangilikning mohiyati ilk bor qalqonsimon bez tugunli xosilalari ya’ni tugunli notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarga operatsiya o‘tkazish uchun ularni psixo-emosional xolatini xolatini diffrensiyalash imkon beradigan xavotirlikni integrativ testi (XIT) ishlatilgan. Ushbu test xavotirlikni doimiy uzoq jarayon sifatida (shaxsiy xavotirlik) va qaysidir vaqtda kuzatiladigan xavotirlik darajasi (vaziyatli xavotirlik) aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qalqonsimon bezning tugunli xosilalari ya’ni tugunli notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarning operatsiya oldi tayyorgarlik xolatidan oldin xavotirlikni integrativ testini so‘rovnoma shaklda qo‘llanilishi, bemorlarni emotsional xolatiga miqdoriy va sifatiy xarakteristika berish imkonini yaratgan. Ushbu testning asosiy ustunligi shundan iborat bo‘lganki, uni barcha vrachlar shu jumladan anesteziolog-reanimatologlar tomonidan ishlatilishi uchun qulay bo‘lib 15 ta savoldan tashkil topgan, vrach tomomidan bemorlarga maksimal qisqa ko‘rinishda berilgan. Natijada olingan javoblarni ballar yig‘indisini maxsus ko‘rsatkichlar stanaynlarga o‘tkazilgan. Bu ko‘rsatkichlar bemorlarda operatsiyadan oldingi stress xavotirlikni aniq baholab, operatsiyadan  oldingi tayyorgarlik premedikatsiya preparatlarini qo‘llanilish taktikasini belgilab berish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziya usullarining  optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi №8n-z/434 sonli xulosasiga qo‘ra sog‘liqni saqlash amaliyotiga xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №16 (09.10.2021 y) sonli dalolatnomasi akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №32 (17.09.2021 y) sonli dalolatnomasi, akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Surxondaryo filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №28 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi,  Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining  ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 18 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi, bilan  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi: qalqonsimon bezning tugunli xosilalaridan biri bo‘lgan diffuz notoksik bo‘qoq bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan oldingi davrda psixo emotsonal xolati yuqori shaxsiy xavotirlik darajasi nomoyon bo‘ladi va bu xolat organizmning kutilmagan gemodinamik(67%), vegetativ(65%) va neyrondokrin(74%) reaksiyalarini boshdan kechirib operatsiya va anesteziya vaqtida 77,7% bemorlarga salbiy ta’sir qilgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Qalqonsimon bezning tugunli xosilalari bo‘lgan bemorlarga operatsiya oldi davrida uzaytirilgan premedikatsiya usulini qo‘llash psixoemotsional xolatiga ijobiy ta’sir etib, operatsiyadan oldin to‘liq stressni yo‘qotishga, anesteziya vaqtija gemodinamik ko‘rsatkichlarni barqaror bo‘lishi natijasida taktik va texnik yo‘lni to‘g‘ri tanlash orqali  davolash samaradorligini oshirishga erishilgan va davolanish kunlari 7 kundan 5 kungacha qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobida 160000 so‘m (klinika preyskuranti bo‘yicha 1 kunlik tushak kuni 160000 so‘mni tashkil qiladi), iqtisod qilingan. Xulosa: Ushbu xolatda aytib o‘tilgan operatsiyadan oldingi premedikatsiya jarayonida bemorlarda ijobiy samaradorligi oshirilishi natijasida asosiy gemodinamik ko‘rsatkichlardan tashqari qo‘shimcha premedikatsiya samaradorligini aniqlovchi shkalalar qo‘llanilishi davolash jarayonini olib borishda to‘g‘ri taktik va texnik jihatdan to‘g‘ri yo‘lni tanlash imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziya xususiyatlari» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa tibbiyot muasasalarida joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 24 fevralidagi №1533-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati qalqonsimon bez kasalliklari diffuz notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarni organizmida kechadigan gormonal o‘zgarishlar va ularni oqibatida psixo-emotsional xolatning yaqqol nomoyon bulishi bilan kechadigan klinik belgilarni operatsiya va anesteziyagacha bo‘lgan davrda imkon qadar bartaraf etish orqali operatsiya va anesteziya davrda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish, bemorlarda operatsiya vaqtidan  adekvat anesteziyani ta’minlashiga asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qalqonsimon bez kasalliklarida bemorlarga preparatlar umumiy qabul qilingan ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar hisobga olgan holda qo‘llanilgan, o‘ziga xos klinik vaziyatga qarab tayinlangan premedikatsiya uchun asosiy davolash fonida ishlatilgan. Shu sababli bemorlarga operatsiyadan 2 kun oldin ya’ni kasalxonaga tushgan kuni, operatsiyadan bir kun oldin kechga soat 20.00da uzaytirilgan premedikatsiya:mushak ichiga 1,2±0,07 mkg/kg droperidol va 0,15±0,05 mg/kg sibazon yuborilgan. Droperidol 1,4±0,05 mg/kg dozada va sibazon 0,14±0,02 mg/kg standart premedikasisga qo‘shimcha ravishda operatsiyadan 30-40 minut oldin mushak ichiga yuborilgan. Umumiy anesteziya total vena ichi anesteziyasi (TVA) va ingalyasion anesteziya bilan olib borilgan. Anesteziyaga kirish v/i sibazon 0,23±0.02 mg/kg, ketamin 1,6±0.30 mg/kg, yuborilib, miorelaksasiya uchun v/i ditilin 1,7 ± 0,02 mg/kg yuborilib to‘liq mioplegiyadan so‘ng, traxeya intubasiyasi amalga oshirilgan sun’iy nafas olishi (SNO) v/i 0,5±0,01 mg/kg/soat dozada arduan bilan miorelaksatsiya sharoitida va anesteziyani ushlab turish  v/i ketamin 0,86± 0.36 mg/kg, fentanil 5,6±0,17 mkg/kg/soat, sibazon 0,14±0,02 mg/kg 0,2 mg gacha droperidol 1,2±0,07 mg/kg, 1,5 mkg/kgdan oshmaydigan dozada yuborish bilan amalga oshirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziya usullarining  optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi №8n-z/434 sonli xulosasiga qo‘ra sog‘liqni saqlash amaliyotiga xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №16 (09.10.2021 y) sonli dalolatnomasi, akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №32 (17.09.2021 y) sonli dalolatnomasi, akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Surxondaryo filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №28 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi,  Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining  ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 18 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi bilan  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan oldingi davrda qo‘llaniladigan uzaytirilgan premedikatsiya usulida ishlatiladigan preparatlar(sibazon va droperidol)ning organizmga stress proektor va adaptogen ta’siri operatsiya vaqtidagi laringoskopiya, traxeya intubatsiyasi va operatsiyaining asosiy bosqichlarida kuzatiladigan gipertoniya va taxikardiya epizodlarini bartaraf qilib, yurak faoliyatini va periferik qon oqimini sezilarli darajada yaxshilash imkoni yaratgan, miokardda kislorod iste’molini kamaytirib va yurakning mexanik faoliyatini yaxshilashga imkoni bergan. Bu esa bemorlarni operatsiyadan keyingi erta davrda reabilitatsiyaga ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: qalqonsimon bezning tugunli xosilalari bo‘lgan diffuz notoksik bo‘qoqi bo‘lgan bemorlarni operatsiya oldi tayyorgarligida uzaytirilgan premedikatsiya usulini qo‘llanilishi operatsiya vaqtida gemodinamik ko‘rsatkichlarni stabillashuviga va  davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga olib kelgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olingan va buning xisobiga harajatlar keskin kamaytirilgan. Qalqonsimon bez kasalliklari  bo‘lgan bemorlarda operatsiya vaqtida anesteziya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar oldini olish xisobiga bemorlar koyka kunlari 28% ga kamaygan  (1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 160000 dan 240000gacha iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: Qalqonsimon bezning tugunli xosilalaridan diffuz notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarning operatsiyadan oldingi psixo emotsional xolatini xisobgan olgan xolda uzaytirilgan premedikatsiya usulini o‘tkazilishi operatsiya va anesteziya davrida to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘lgan. Ushbu uzaytirilgan premedikatsiya usulini qo‘llash bemorlarda operatsiya vaqtida anesteziya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar oldini olish xisobiga bemorlar koyka kunlari 28% ga kamaygan, operatsiyadan keyingi erta davrda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez kasalliklari operatsiyadan oldi tayyorgarligi va anesteziya xususiyatlari» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa tibbiyot profilaktik muasasalarga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 24 fevraldagi №1533-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati ilk bor qalqonsimon bez tugunli xosilalaridan diffuz notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarning operatsiya oldi tayyorgarlikda qo‘llanilgan uzaytirilgan premedikatsiya usulini samarasi premedikatsiya samarasini baxolaydigan modifikatsiyalangan Ramzay shkalasi yordamida aniqlangan, bemorlarga o‘tkaziladigan premedikatsiya samarasi ularning gormonal fon va psixo-emotsional xolati bilan bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi, anesteziya davomida nafaqat gemonidamik ko‘rsatkichlar balki maxsus shkalalar yordamida aniqlash mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Qalqonsimon bez kasalliklari diffuz notoksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlariga droperidol va sibazon preparatlari bilan uzaytirilgan premedikatsiya usulini qo‘llanilishi operatsiyadan oldin psixo emotsional xolatni taranglashuvi, shaxsiy va vaziyatli xavotirlikni oshishini ushbu preparatlar qo‘llanilgandi sezilarli kamaytirgan. Modifikatsiyalangan Ramzay shkalasini premedikatsiya samarasini baholash uchun ishlatilishi kengaytilgan 24 ta mezonalar bilan baxolash imkoni bergan. Premedikatsiyaning sedativ ta’sirini to‘liq taxlil etgan xolda, bemorlardagig psixo-emotsional xolatni baxolash,  operatsiya va anesteziya davomida yurak-qon tomir tizimidan salbiy reaksiyalarning oldini olishga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:    ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziya usullarining  optimallashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi №8n-z/434 sonli xulosasiga qo‘ra sog‘liqni saqlash amaliyotiga xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №16 (09.10.2021 y) sonli dalolatnomasi akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Samarqand filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №32 (17.09.2021 y) sonli dalolatnomasi, akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM Surxondaryo filialining ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №28 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi,  Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining  ilmiy-tadqiqot ishlarni amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha № 18 (27.09.2021 y) sonli dalolatnomasi, bilan  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Qalonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarda operatsiya oldi tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida uzaytirilgan premedikatsiya uchun qo‘llanilgan sibazon va droperidol preparatlari gipofiz bezi, buyrak usti bezi va oshqozon osti bezining giperergik reaksiyalarini 36,2%gacha oldini olishga yordam bergan, bu bemorlarni operatsion travma va boshqa stressli ta’sirlardan ishonchli himoya qilishni ko‘rsatgan. Uzaytirilgan premedikatsiyada organizm uchun stress protektor va adaptogen terapiyaning ushbu usuli neyro-endokrin reaksiyalarni to‘liq bartaraf qilishga olib kelmagan,  balki faqat ortiqcha patologik o‘zgarishlarning 23,3%dan 5.6% kamayishiga erishlgan, stress gormonlarining ortiqcha ishlab chiqarilishini to‘sib qo‘ygan, stress reaksiyasining "distress"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarda operatsiya oldi tayyorgarligi davomida uzaytirilgan premedikatsiya usulini qo‘llanilishi operatsiyadan oldin, operatsiya vaqtida gemodinamika tomonidan paydo bo‘lgan buzilishlarini, xususan sistolik va diastolik arterial qon bosmini ko‘tarilishini ko‘rsatgan, ular rivojlanayotgan asoratlarning prediktori bo‘lishi mumkinligi aniklangan va shu asosida uzaytirilgan premedikatsiya o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirilgan. Xulosa: Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiyadan oldin va anesteziya davomida differensial yondashuv imkoniyatini yaratish hisobiga operatsiyadan keyingi davrda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobida dori darmon va bog‘lov materiallarga nisbatan  sarf-xarajatlarni 125 000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qalqonsimon bez kasalliklarida operatsiya oldi tayyorgarligi va anesteziyaning xususiyatlari» mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa davolash profilaktik muasasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 24 fevraldagi 1533-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish