Abbazov Ilxom Zapirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani qayta ishlash jarayonidan chiqayotgan havoni tozalashning samarali texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T472.
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash korxonalaridan chiqayotgan changli havo tarkibidan tolali chiqindilarni ajratib olish va havoni samarali tozalash texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tozalash korxonalaridan chiqib ketayotgan tolali chiqindilarni to‘rli yuza orqali ajratib olish qurilmasi yaratilgan;
changli havoni samarali tozalash hamda tarkibidan tolali chiqindilarni ushlab qolish resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
changli havo tarkibidan tolali chiqindilarni ushlab qolish jarayoniga ta’sir etuvchi kuchlarni e’tiborga olgan holda havo va tolali chiqindilar tezliklarining kamera bo‘ylab harakati bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
havo tashish quvurlarida harakatlanayotgan changlarning fraksion tarkibiga ko‘ra harakatlanish bog‘lanishlari asosida chang zarrachalarini ko‘p oqimli harakati ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta tozalash korxonasidan chiqayotgan changli chiqindilarni tozalash va havo tarkibidagi tolali chiqindilarni ushlab qolish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chang havo tarkibidan tolali chiqindilarni ushlab qolish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (“Uyurmali chang ushlagich”, №IAP 05454-2017 y.). Natijada tolali chiqindilarni ushlab qolish orqali havoni samarali tozalash imkoni yaratilgan;
changli havo tarkibidan tolali chiqindilarni ajratib olish qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarida, xususan “Piskent paxta tozalash” AJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 10 maydagi 02-18/2741-son ma’lumotnomasi). Natijada changli havo tarkibidan tolali chiqindilarni ajratib olishga erishilib havo tarkibidan tolali chiqindilarni 85-90%gacha ajratib olish imkoni yaratilgan;
changli havoni samarali tozalash texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarida, xususan “Mitan paxta tozalash” AJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2018 yil 10 maydagi 02-18/2741-son ma’lumotnomasi). Natijada atmosfera havosini ifloslantirish darajasi 95-98%gacha tozalash, changli havo tarkibidagi tolali chiqindilarni 85-90%da ushlab qolishga hamda chang ushlagichlarni tozalash samaradorligini oshirishga imkon bergan.