Axmedov Islomjon Yusufjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda megauretrning diagnostika va davolash usullarini takomilashtirish", 14.00.35- Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3231.
Ilmiy raxbar: Yasik Sergey Pavlovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Vrublevskiy Sergey Granitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Jamshid Azamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.I. Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori siydik yo‘llarining urodinamikasini baholash uchun radionuklid usullaridan foydalangan holda bolalarda megaureter diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor megaureterning obstruktiv va reflyuksli shakllarida turli xil jarrohlik usullari davosidan oldin va keyin radionuklidli tadqiqotlar vaqtida bolalarda siydikning siydik nayidagi tranziti ko‘rsatgichlari aniqlangan;
megaureter bilan og‘rigan bolalarda kasalik simptomlarining namoyon bulish xususiyatlari va tekshirish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika nefrossintigrafiyani integral tutish indeksi va siydik nayi tranziti darajasini aniqlash (sezuvchanlik - 95%, aniqlik - 98%, o‘ziga xoslik - 93%) usullarning samaradorligi aniklangan;
ilk bor megaureter bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik va jarroxlik davolash usullari bolalar yoshiga (1 yoshgagcha - yuqori bosimli ballon dilatatsiyasi, 1-3 yoshda ekstravezikal ureterotsistoanastomoz va hajm hosil qiluvchi moddani transureteral yuborish, 3 yoshdan keyin – reimlantatsiya operatsiyalari) nisbatan tanlanishi zarurligi asoslangan;
megaureter kasallikning shakli va darajasidan qat’iy nazar, davolash samaradorligini baholash uchun intragral tutish indeksi va siydikning siydik nayidagi tranziti ko‘rsatgichlarining buyrak ichki oqimi darajasiga bog‘liq emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024 yildagi 12 martdagi № 20-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor megaureterning obstruktiv va reflyuksli shakllarida turli xil jarrohlik usullari davosidan oldin va keyin radionuklidli tadqiqotlar vaqtida bolalarda siydikning siydik nayidagi tranziti ko‘rsatgichlari aniqlash usuli 2024 yil 07 martdagi 41/4-sonli buyruq bilan Samarkand viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazi, 2024 yil 13 martdagi 72/1-sonli buyruq bilan Andijon viloyat bolalar kup tarmokli tibbiet markazi va 2024 yil 14 fevraldagi 14/3-sonli buyruq bilan “Samarqand Doktor Shifobaxt” xususiy tibbiyot klinikasi amaliyotiga qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: megaureter bilan kasallangan bemorlarda eng keng tarqalgan endoskopik va ochiq turdagi operatsiyalardan so‘ng siydikning siydik nayidagi tranziti usuli yordamida urodinamikani tiklanishi samaradorligi o‘rganildi va shuni asosida bolalarda megaureter kasalligini tashxislash va davolashda ishlab chiqilgan dasturdan foydalaniladi (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 09273-sonli elektron hisoblash mashinalari dasturini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning og‘irligi, klinik ko‘rinishlarining faolligi va rentgenologik bosqichini hisobga olgan holda kasallikni tashxislash va davolash dasturi yaratildi, optimal diagnostika usulini tanlash mezonlari takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: megaureter bilan kasallangan bolalarga samarali diagnostika va jarrohlik aralashuvining optimal usulini tanlash natijasida asoratlar sonini kamaytirish, statsionar davolanish muddati esa 2 kundan 5 kungacha qisqarirish xisobiga statsionarda yotish narxi har bir bemor uchun 250 ming so‘m davlat byudjetidan mablag‘ tejaldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: megaureter bilan og‘rigan bolalarda kasalik simptomlarining namoyon bulish xususiyatlari va tekshirish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika nefrossintigrafiyani integral tutish indeksi va siydik nayi tranziti darajasini aniqlash (sezuvchanlik - 95%, aniqlik - 98%, o‘ziga xoslik - 93%) usullarning samaradorligi aniklangan; 2024 yil 07 martdagi 41/4-sonli buyruq bilan Samarkand viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazi, 2024 yil 13 martdagi 72/1-sonli buyruq bilan Andijon viloyat bolalar kup tarmokli tibbiet markazi va 2024 yil 14 fevraldagi 14/3-sonli buyruq bilan “Samarqand Doktor Shifobaxt” xususiy tibbiyot klinikasi amaliyotiga qo‘llanildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni murojaatini va kasallikni klinik ko‘rinishlarni o‘rganish megaureter bilan kasalangan bolalarda erta va to‘g‘ri tashxislashni imkonini berdi; har bir usulning diagnostik ahamiyatini o‘rganish eng samarali usullardan foydalanishga imkon berdi. Birlamchi tibbiy yordam hodimlarini bilimlarini oshirish va ushbu kasallikning asosiy belgilarini o‘rganish orqali to‘g‘ri tashxis qo‘yish ehtimoli oshadi, bu o‘z navbatida asoratlar ehtimolini va bemorlarga tashriflar sonini kamaytiradi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 000 so‘m sarflansa, 10 nafar megaureter bilan bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor megaureter bilan og‘rigan bemorlarda endoskopik va jarroxlik davolash usullari bolalar yoshiga (1 yoshgagcha - yuqori bosimli ballon dilatatsiyasi, 1-3 yoshda ekstravezikal ureterotsistoanastomoz va hajm hosil qiluvchi moddani transureteral yuborish, 3 yoshdan keyin – reimlantatsiya operatsiyalari) nisbatan tanlanishi zarurligi asoslangan; 2024 yil 07 martdagi 41/4-sonli buyruq bilan Samarkand viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazi, 2024 yil 13 martdagi 72/1-sonli buyruq bilan Andijon viloyat bolalar kup tarmokli tibbiet markazi va 2024 yil 14 fevraldagi 14/3-sonli buyruq bilan “Samarqand Doktor Shifobaxt” xususiy tibbiyot klinikasi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: megaureter bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislashni takomillashtirish, davolash chora-tadbirlarni optimallashtirish, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Megaureter bilan og‘rigan bemorlarda samarali tashxis qo‘yish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish natijasida ochik jarrohlik turlari bilan yotoq kunlarini o‘rtacha 4 kunga, endoskopik - 8 kunga qisqartirish mumkin bo‘ldi, buning natijasida endoskopik jarrohlikning narxi 8 kunga mobaynida 1 kunga 50 000, iqtisodiy samaradorlik mos ravishda 200 000 va 400 000 teng bo‘lib byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: intragral tutish indeksi va siydikning siydik nayidagi tranziti ko‘rsatgichlarining buyrak ichki oqimi darajasiga bog‘liq emasligi isbotlangan, 2024 yil 07 martdagi 41/4-sonli buyruq bilan Samarkand viloyat bolalar kup tarmokli tibbiyot markazi, 2024 yil 13 martdagi 72/1-sonli buyruq bilan Andijon viloyat bolalar kup tarmokli tibbiet markazi va 2024 yil 14 fevraldagi 14/3-sonli buyruq bilan “Samarqand Doktor Shifobaxt” xususiy tibbiyot klinikasi amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: megaureter kasalangan bolalarda integral tutish indeksi va siydikning siydik nayi tranziti indeksini aniqlash operatsiyadan oldin, urodinamik buzilishlar va organning funksional holatini ob’ektiv baholashga, operatsiyadan keyingi muvaffaqiyatli natijalarni ob’ektiv baholashga imkon berdi, bu esa o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va to‘g‘ri jarrohlik taktikasini tanlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: megaureter kasalangan bolalarda ITI va SST indekslarni aniqlash to‘g‘ri erta tashxis qo‘yish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida keraksiz qo‘shimcha tekshiruvlardan kamaytirishga imkon berdi, natijada bemorlarning birlamchi tibbiy yordam mutaxassislari va ixtisoslashtirilgan jarrohlik shifoxonalariga murojaat qilish sonini kamaytirdi. Oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40 ming so‘m sarflansa, 10 nafar bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400 ming so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda megauretrning diagnostika va davolash usullarini takomilashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2024 yil 18 fevraldagi №2314-sonli xati yuborilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi 2023 yil 04 oktyabrdagi 53-son ekspert kengashining xulosasi).