Gulyaeva Gul`fiya Xarisovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Trikotajning tuzilishini o‘zgartirish va yuqori kirishimli laykra ipidan foydalanish hisobiga uning gigienik va shakl saqlash xususiyatini yaxshilash», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T369.

Ilmiy rahbar: Mukimov Mirabzal Mirayubovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: trikotajning gigienik xususiyatlarini yaxshilash va shakl saqlash xususiyatini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

glad`, ikki qatlamli va tukli trikotaj to‘qimalarining tarkibiga arqoq ipini kiritish hisobiga ularning shakl saqlash xususiyatini oshirish usullari ishlab chiqilgan;

shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan va xomashyo sarfi kamaytirilgan aralash trikotaj to‘qimasining tuzilishlari va olish usuli ishlab chiqilgan;

trikotaj to‘qimasi tarkibidagi laykra ipining miqdori bo‘yicha trikotajning texnologik parametrlari va fizik-mexanik xususiyatlarining o‘zgarish bog‘lanishlari aniqlangan;

shakl saqlash xususiyati yuqori bo‘lgan tukli trikotajning engillashtirilgan tuzilishlari ishlab chiqilgan;

trikotaj to‘qimalar deformatsion jarayonlarining tahlili asosida trikotajning shakl saqlash xususiyatini uning tuzilishi va tarkibidagi laykra ipining miqdoriga bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Shakl saqlash va gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotajning yangi tuzilishlarini olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

glad` to‘qimasi asosida arqoqli trikotaj to‘qimasini olish usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Glad` to‘qimasi asosida arqoqli trikotaj to‘qimasini olish usuli”, №IAP 05537-2018y.). Natijada ushbu usul  trikotajning shakl saqlash xususiyatini uning tarkibiga arqoq ipini kiritish orqali yaxshilash va trikotajni ishlab chiqarish jarayoni osonlashtirilgani hisobiga mashinaning ish unumdorligini oshirishga imkon bergan;

arqoqli ikki qatlamli trikotajni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (“Arqoqli ikki qatlamli trikotajni ishlab chiqarish usuli”, №IAP 05267-2016 y). Natijada ikki qatlamli trikotajning tuzilishiga arqoq ipini kiritish hisobiga uning shakl saqlash xususiyatini oshirish va trikotajning qalinligini oshirish hisobiga issiqlik saqlash xususiyatlarini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;

yangi shakl saqlash va gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibida, xususan «Sedat Triko Tashkent» MChJ qo‘shma korxonasi, “Flatnit Textile” MChJ, “Turon Tex” MChJ korxonalarida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 12 iyundagi BM-06-4020-son  ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida shakl saqlash va gigienik xususiyatlari yuqori bo‘lgan trikotaj mahsulotlarning assortimentini kengaytirish, yangi interlok to‘qimasi asosida olingan aralash trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish hisobiga trikotajning shakl saqlash xususiyatini 9,4-19,2%ga oshirish va xomashyo sarfini 4-18,8%ga kamaytirish, tuzilishi engillashtirilgan tukli trikotaj to‘qimasini ishlab chiqarish hisobiga trikotajning shakl saqlash xususiyatini 5-11,5%ga oshirish va xomashyo sarfini 1,4-5,6 %ga kamaytirish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish