Ikromova Sitora Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P497.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Utepberganov Marat Xudoynazarovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash va unga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda virtual olamga qaramlikning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra, «internet iste’molchisining» muloqotdagi nokompetentligi ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, uzatish jarayonida vaqtni, fazoni idrok qilish ko‘nikmasi susaytirib, destruktiv axborotlarga nisbatan agressiv moyillikni kuchaytirganligi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli mafkuraviy immunitetni shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarning hududiy jihatlari aniqlashtirilgan;
o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishida ma’lumotlarni «saralash», «himoyalash» va «qarshi kurash» funksiyalarini gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli shaxsning o‘zini-o‘zi muhofaza qilish mexanizmlari axborotni adekvat idrok qilishga ta’sir etishi asoslangan;
o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishi iroda kuchi lokalizatsiyasining internalligi psixologik himoya mexanizmining «inkor etish» jihatini, eksternallik esa ma’lumotlarga nisbatan neytral munosabatni kuchaytirganligi tufayli shaxsdagi subektiv lokus nazoratning dual ta’siriga bog‘liq ekanligi dalillangan;
shaxsda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishi uchun o‘smirlik davridagi avtonomiyalarga bog‘liq ravishda virtual olamga moyillikning kuchayib borishi faoliyatga yo‘nalganlik, axborotlarni qayta ishlash darajasini pasaytirganligi tufayli «qarshilik kuchi», «dahlsizlik qadriyati» kabi xususiyatlarga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarda virtual olamga qaramlikning namoyon bo‘lish darajasiga ko‘ra, «internet iste’molchisining» muloqotdagi nokompetentligi ma’lumotlarni saralash, qayta ishlash, uzatish jarayonida vaqtni, fazoni idrok qilish ko‘nikmasi susaytirib, destruktiv axborotlarga nisbatan agressiv moyillikni kuchaytirganligi bilan bog‘liq differensial farqlar tufayli mafkuraviy immunitetni shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarning hududiy jihatlari aniqlashtirilganligi to‘g‘risidagi taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-96a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillari (jins, hudud kesimida) aniqlangan;
o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishida ma’lumotlarni «saralash», «himoyalash» va «qarshi kurash» funksiyalarini gender xususiyatlarga bog‘liq ravishda darajaviy ifodalanishi tufayli shaxsning o‘zini-o‘zi muhofaza qilish mexanizmlari axborotni adekvat idrok qilishga ta’sir etishi asoslanganligiga doir tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-96a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitet shakllanishiga shaxs psixologik muhofaza mexanizmlarining ta’siri aniqlangan va tahlil qilingan;
o‘smirlarda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishi iroda kuchi lokalizatsiyasining internalligi psixologik himoya mexanizmining «inkor etish» jihatini, eksternallik esa ma’lumotlarga nisbatan neytral munosabatni kuchaytirganligi tufayli shaxsdagi subektiv lokus nazoratning dual ta’siriga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-96a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi subektiv lokus nazoratning destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishidagi ahamiyati o‘rganilgan va tahlil qilingan;
shaxsda destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllanishi uchun o‘smirlik davridagi avtonomiyalarga bog‘liq ravishda virtual olamga moyillikning kuchayib borishi faoliyatga yo‘nalganlik, axborotlarni qayta ishlash darajasini pasaytirganligi tufayli «qarshilik kuchi», «dahlsizlik qadriyati» kabi xususiyatlarga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 4-dekabrdagi PM-96-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 11-dekabrdagi PM-96a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar guruhida destruktiv axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligi baholangan.