Safarov Temur Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy mexanizmlarini takomillashtirish (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi misolida)”, 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu620.
Ilmiy rahbar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi misolida idaraviy va ichki idoraviy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan, korrupsiyaga qarshi kurashishning idoraviy mexanizmlarining huquqiy va nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqni qo‘llash amaliyotida “korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash”, “korrupsiyaviy xavf-xatar”, “korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi”, “qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar” tushunchalarining turlicha talqin qilinishdagi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida ular bo‘yicha ishlab chiqilgan huquqiy tushuntirishlarni qonunchilik hujjatlarida belgilash asoslantirilgan;
adliya organlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni tashkil etish va o‘tkazish tartibini joriy qolish asosida, davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning yagona tartibini belgilash asoslab berilgan;
davlat tashkilotlarida, xususan adliya organlari va muassasalari funksiyalarida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilish imkoniyatlari bo‘lmagan qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni monitoring qilish asosida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish idoraviy mexanizmini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida joriy qilish asoslantirilgan;
adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan hamda amaliyotda davlat xizmatchilari tomonidan sovg‘a olish bilan bog‘liq uchrayotgan latent jinoyatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida xodimlar tomonidan sovg‘a berish va olish tartibini ichki idoraviy mexanizmini joriy qilish asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida o‘tkazilgan aprobatsiya natijalari asosida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan olinadigan “sovg‘a” tushunchasi, shuningdek ular bilan bog‘liq cheklovlarni qonunchilikda mustahkamlanishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
huquqni qo‘llash amaliyotida “Korrupsiyaviy xavf-xatarni baholash”, “korrupsiyaviy xavf”, “korrupsiyaviy xavf-xatar xaritasi”, “qoldiq korrupsiyaviy xavf-xatar” tushunchalarini, shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish shakllari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotida (31.08.2022 yil, ro‘yxat raqami 3383-son) o‘z aksini topgan (Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2022-yil 19-dekabrdagi dalolatnomasi). Yuqoridagi ta’riflarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi natijasida ularning amaliyotdagu turli talqinlardagi nomuvofiqliklar, xususan, korrupsiyaning sabablari va sharoitlari korrupsiyaga qarshi kurashning samarasiz targ‘iboti yoki korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlik mohiyatini etarli darajada tushuntirilmaslik sifatida tushunishdagi turli yondashuvlar bartaraf etilgan;
adliya organlari va muassasalarining funksiyalarida aniqlangan qoldiq korrupsiya risklarini nazorat qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 24 fevraldagi 45-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiya risklarini baholash metodologiyasida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 23 iyundagi 1-03/03-355/8-son dalolatnomasi). Ushbu tartibning belgilanishi natijasida korrupsiya xavfining ushbu turini kamaytirishga qaratilgan doimiy korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rish imkoniyati yaratilgan;
davlat tashkilotlarida korrupsiya risklarini yuritish, aniqlash va baholash tartibini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi organlarida korrupsiya risklarini bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 11 maydagi PQ–240-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 23 iyundagi 1-03/03-357/8-son dalolatnomasi). Natijada davlat organlarida korrupsiyavaiy xavf-xatarlarni yillik baholashning yagona soddalashtirilgan tartibi belgilangan;
adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan sovg‘alar olish tartibini tartibga solish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 24 fevraldagi 43-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalarida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022 yil 23 iyundagi 1-03/03-356/8-son dalolatnomasi). Natijada ushbu harakatlar bilan bog‘liq latent korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilishiga nisbatan cheklov choralari belgilangan; 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida o‘tkazilgan aprobatsiya natijalari asosida “sovg‘a” tushunchasiga ta’rif, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan sovg‘alar olishiga qo‘yiladigan talablarni belgilash, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan har qanday sovg‘alar olish taqiqlash, davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan alohida xizmatlari uchun davlat organining tegishli qarori asosida olingan sovg‘alar (musobaqalar va tanlovlarda erishgan yutuqlari, davlat bayramlari, nishonlanadigan sanalar hamda boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan mukofotlash natijasida olingan sovg‘alar mustasno) taklifi “Davlat xizmati to‘g‘risida” 2022 yil 8 avgustdagi O‘RQ–788-sonli Qonunning 18-moddadasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023 yil 13 yanvardagi 04/10-10-3-son dalolatnomasi). Natijada barcha davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan sovg‘alar olishning yagona tartibi belgilandi va ushbu harakatlar bilan bog‘liq latent korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish