Polvonov Najmiddin Asliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinoyat protsessual qonunchiligida musodara institutini takomillashtirish masalalari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu508.
Ilmiy rahbar: Pulatov Bahtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Vaxabjan, yuridik fanlar doktori, professor; Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlarini yuritishda mol-mulkni musodara qilish va uni ta’minlash masalalari bo‘yicha kompleks ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, muammoli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual qonunchiligi normalari, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan daromad yoki foyda, pul mablag‘lari yoki mol-mulk boshqa mulkka aylantirilgan yoki o‘zgartirilgan, jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni qonuniy manbalar hisobidan topilgan mol-mulkka qo‘shish yo‘li bilan olingan mol-mulklar tushunilishi lozimligi asoslantirilgan;
jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish faktini isbotlashda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk nomiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarda daromadlarning qonuniy manbalari mavjud emasligidan dalolat beruvchi holatlar ham inobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan;
daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining predmeti hisoblanishi va jismoniy yoki yuridik shaxsga asosiy jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zarar qoplangandan so‘ng konfiskatsiya qilinishi kerakligi asoslantirilgan;
jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan, qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan yoki boshqa shaxslar egaligiga o‘tkazilgan bo‘lsa, davlat foydasiga mol-mulkning jinoyat sodir etish natijasida olingan qismi o‘tkazilishi lozimligi asoslantirilgan;
hukm yoki ajrimning fuqaroviy da’voga, boshqa mulkiy undirishlarga yoki maxsus musodara qilishga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud mol-mulkni xatlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shartligi hamda mol-mulk jinoyat oqibatida olingan, shuningdek, u jinoyatni sodir etish quroli, predmeti yoki boshqa vositasi sifatida yoxud terrorizm, ekstremistik faoliyat, uyushgan guruh, jinoiy uyushmaning faoliyatida foydalanilgan yoxud foydalanish uchun mo‘ljallangan deyishga etarli asos bo‘lganda ham xatlanishi kerakligi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan daromad yoki foyda (daromaddan daromad), jinoiy yo‘l bilan topilgan pul mablag‘lari yoki mol-mulk boshqa mulkka aylantirilgan yoki o‘zgartirilgan (masalan, ko‘chmas mulkni jinoiy yo‘l bilan topilgan qurilish materiallaridan barpo etish), jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni qonuniy manbalar hisobidan topilgan mol-mulkka qo‘shish yo‘li bilan olingan mol-mulklar tushunilishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 iyundagi 23-son qarori 2.1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 03 yanvardagi 01-01-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar” tushunchasini talqin qilish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirishga xizmat qilgan;
jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish faktini isbotlashda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk nomiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarda daromadlarning qonuniy manbalari mavjud emasligidan dalolat beruvchi holatlar shaxs tomonidan JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi dalillar majmui bilan birga inobatga olinishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 iyundagi 23-son qarori 3.2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 03 yanvardagi 01-02-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish faktini isbotlash bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirishga xizmat qilgan;
daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining predmeti hisoblanishi va jismoniy yoki yuridik shaxsga asosiy jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zarar qoplangandan so‘ng konfiskatsiya qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 10 iyundagi 23-son qarori 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024 yil 03 yanvardagi 01-03-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatining predmetini tushunish bo‘yicha yagona yondashuvni shakllantirishga hamda jinoyat natijasida moddiy zarar ko‘rgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan, qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan yoki boshqa shaxslar egaligiga o‘tkazilgan bo‘lsa, davlat foydasiga mol-mulkning jinoyat sodir etish natijasida olingan qismi o‘tkazilishiga oid taklif Jinoyat-protsessual kodeksi yangi loyihasining 360-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 27/2-256-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sudga qadar va sud bosqichida jinoyat sodir etish natijasida olingan mol-mulk bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilishni ta’minlashga xizmat qilgan;
hukm yoki ajrimning fuqaroviy da’voga, boshqa mulkiy undirishlarga yoki maxsus musodara qilishga doir qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud mol-mulkni xatlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shartligiga oid hamda mol-mulk jinoyat oqibatida olingan, shuningdek, u jinoyatni sodir etish quroli, predmeti yoki boshqa vositasi sifatida yoxud terrorizm, ekstremistik faoliyat, uyushgan guruh, jinoiy uyushmaning faoliyatida foydalanilgan yoxud foydalanish uchun mo‘ljallangan deyishga etarli asos bo‘lganda ham xatlanishiga oid taklif Jinoyat-protsessual kodeksi yangi loyihasining 325-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 25 oktyabrdagi 27/2-256-22-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi jinoyat protsessida jinoyat natijasida etkazilgan mulkiy ziyonni qoplash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.