Baratov Baxtiyorjon Qodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash tizimini takomillashtirish”,  13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3960.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01. 
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlashning shaxsiy-ijtimoiy anglanganlik, barqaror ijobiy motivatsiyani rivojlantirish, faol subektiv pozisiya bilan bogʻliq ta’limiy vaziyatlarni yaratish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlari kasbiy shakllanishda determinant hisoblangan ko‘nikmalarning (analitik, prognostik, refleksiv, mobilizatsion, yo‘naltiruvchi, kommunikativ) radiantlik (yorqin namoyon bo‘lishi) darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash kognitiv, baholash, refleksiya, tanlov, interiorizatsiya, fazilatlarni faoliyatda namoyon etish, mustahkamlash va korreksiya bosqichlari yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish umumpedagogik texnologiyasini tayanch ma’naviy kompetensiyalarni pedagogik loyihalash jarayonlariga maqsadli yo‘naltirish algoritmik ketma-ketligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash modelining mazmunli komponenti interfaollik (kooperatsiya, kollboratsiya, guruhiy ish, komandada ishlash), “Ma’naviyat asoslari” to‘garak mashg‘ulotining didaktik ta’minoti va mualliflik ijtimoiy loyihalarini ishlab chiqish, majmuaviylik (auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar integratsiyasini ta’minlash) kabi pedagogik jarayon elementlarini kouch-trenerlik bilan identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlashning tizim hosil qiluvchi tarkibiy asoslari (maqsad, mazmun, shakl, metod, vosita, natija) KBMI (“Kuzatish, bahs-munozara, ishontirish”), MRT (“Motivlarni rivojlantirish treningi”), AJKL (“Amaliyotdagi jamoaviy kreativ loyihalar”), “Munozara klubi”, “Ma’rifat akademiyasi”, “Tanqidiy tafakkur”, “Ma’rifatli avlod, “Oq va qora – kecha va kunduz – jaholat va ma’rifat” kabi tarbiya texnologiyalarini oliy ta’lim bosqichiga adaptivlik imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlashning shaxsiy-ijtimoiy anglanganlik, barqaror ijobiy motivatsiyani rivojlantirish, faol subektiv pozisiya bilan bogʻliq ta’limiy vaziyatlarni yaratish kabi psixologik-pedagogik xususiyatlarini kasbiy shakllanishda determinant hisoblangan ko‘nikmalarning radiantlik darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish, jumladan ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish”, 31-bandi “Mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash” hamda mazkur yo‘nalishning 37-bandi “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqish va vazirlik va idoralar bilan amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 17-yanvardagi 02-22/50-son ma’lumotmasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash tizimini takomillashtirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalari ishlab chiqish hamda empirik baholash samaradorligini aniqlashga xizmat qilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash kognitiv, baholash, refleksiya, tanlov, interiorizatsiya, fazilatlarni faoliyatda namoyon etish, mustahkamlash va korreksiya bosqichlarini yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish umumpedagogik texnologiyasini tayanch ma’naviy kompetensiyalarni pedagogik loyihalash jarayonlariga maqsadli yo‘naltirish algoritmik ketma-ketligini bevosita hisobga olish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash modelining mazmunli komponentini interfaollik, “Ma’naviyat asoslari” to‘garak mashg‘ulotining didaktik ta’minoti va mualliflik ijtimoiy loyihalarini ishlab chiqish, majmuaviylik kabi pedagogik jarayon elementlarini kouch-trenerlik bilan identivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning uzlyuksiz ma’naviy tarbiya texnologiyalarini loyihalash qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-maydagi 02-07-1662/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash texnologiyasini takomillashitirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlashning tizim hosil qiluvchi tarkibiy asoslarini KBMI, AJKL, “Munozara klubi”, “Ma’rifat akademiyasi”, “Tanqidiy tafakkur”, “Ma’rifatli avlod, “Oq va qora – kecha va kunduz – jaholat va ma’rifat” kabi tarbiya texnologiyalarini oliy ta’lim bosqichiga adaptivlik imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning uzlyuksiz ma’naviy tarbiya texnologiyalarini loyihalash qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 6-maydagi 02-07-1662/04-son dalolatnomasi).  Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni uzlyuksiz ma’naviy tarbiya jarayoniga tayyorlash samaradorligini oshiriahga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish