Turmanov Quatbay Amanbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik  kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4198. 
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Pozilova Shaxnoza Haydaralievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, testologiya va xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha bilimlar, didaktik testlarni tashkil etish, boshqaruv va analitik-konstruktiv testologik kompetensiyalarni loyihalash, testlar tuzish bo‘yicha nazariy bilimlarining amaliy ko‘nikma va malakaga aylanishining tsiklik jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik imkoniyatlari mustaqil faol izlanish va o‘rganish kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali maxsus maqsadli kursni ishlab chiqish va produktivlik darajasini baholash asosida takomillashtirilgan.
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modelining texnologik komponenti testologiya va xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mualliflik kompyuter va mobil dasturlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning muammoli-situativ va loyihaviy ta’lim texnologiyalari to‘gʻri tanlovga asoslangan interfaol topshiriqlarni modellashtirishga doir andragog-pedagogning metodik kompetentlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari testologiya va xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha bilimlar, didaktik testlarni tashkil etish, boshqaruv va analitik-konstruktiv testologik kompetensiyalarni loyihalash, testlar tuzish bo‘yicha nazariy bilimlarining amaliy ko‘nikma va malakaga aylanishining tsiklik jihatiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110600 – matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi uchun “Informatika oqıtıw metodikası” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 431769403732873578-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining xalqaro baholash dasturlari va testologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarida testologik kompetentlikni rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini mustaqil faol izlanish va o‘rganish kompetensiyasiga ustuvorlik berish orqali maxsus maqsadli kursni ishlab chiqish va produktivlik darajasini baholash asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son Qarori asosida tashkil etilgan “Uzlyuksiz kasbiy ta’lim” (onlinedu.uz) maxsus elektron platformasida uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kurslari malaka oshirish mustaqil ta’lim olish shaklini yaratishda foydalanilgan (Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2023-yil 20-iyun 04/09-364-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari fan o‘qituvchilarining kasbiy rivojlantirish va testologik kompetentligini rivojlanishiga xizmat qilgan;  
malaka oshirish jarayonida informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik modelining texnologik komponentini testologiya va xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha mualliflik kompyuter va mobil dasturlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy takliflardan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 8-maydagi 17/23-qq-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar faoliyatini tashkil etish haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida yo‘riqnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazining 2023-yil 13-iyun 01-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayanch maktablar o‘qituvchilarining xalqaro baholash dasturlari va testologik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirishga xizmat qilgan;
informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning muammoli-situativ va loyihaviy ta’lim texnologiyalarini to‘gʻri tanlovga asoslangan interfaol topshiriqlarni modellashtirishga doir andragog-pedagogning metodik kompetentlik darajasi intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110600 – matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi uchun “Informatika oqıtıw metodikası” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 431769403732873578-raqamli guvohnoma). Natijada, informatika o‘qituvchilarining testologik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish