Ashurova Nigora Xayitovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida ayol obrazi tasviri”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1949.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islomjon Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Burxanova Feruza Abdurazzoqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida ayol obrazi tasvirida ayol psixologiyasining xilma-xil badiiy talqinlari, yozuvchi badiiy mahorati, yangicha ruhiy tahlil vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida yangi tipdagi ayol obrazining yaratilishida mualliflar mahorati misollar asosida ochib berilib, ayol adibalarning yangicha ifoda va bayon uslubini yaratish kabi masalalari dalillangan;
romannavis yaratgan ayol obrazi tabiati, prototipi masalasi, portret yaratish mahorati, nutqidagi individuallik hamda noan’anaviy tasvirdagi o‘zbek ayolini gavdalantirgani badiiy vositalar orqali aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida ayol obrazi tasvirida o‘zbek onaxoni, sadoqatli, chidamli ayol timsolini mifologik ramziylik konseptida ifodalash, botiniy iztirob va mag‘lubiyatda ayolning ma’naviy yuksalish hamda zafarini badiiy aks ettirgani asoslangan;    
ayol obrazi tasviri, hilqat psixologiyasida tasodifiylik tufayli yuzaga kelgan ayollar ruhiy tebranishlari, qalb istiroblari, o‘y-kechinmalari, orzu-istaklari kabi badiiylik mezonlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida ayol obrazi tasviri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
adabiyotshunoslikda ayol obrazi tasviriga xos tamoyillar, dunyo adiblari ijodida ayol obrazlari tahlili natijasida bugungi kun adabiy til me’yorlarining saqlanish darajasini ko‘rsatishda hamda adiba Zulfiya Qurolboy qizi romanlarida ayollar obrazi talqini, ayollar psixologiyasining yoritilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yilda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-maydagi 01/10-943-son). Natijada yozuvchilar tomonidan ayollar obrazi talqinining teran va ishonarli tasvirlanishida qo‘llanilayotgan ichki monolog, tush, xotira-xayol, ramziy obrazli tasvir elementlarining keng istifoda etilgan;  
zamonaviy o‘zbek adibalari Risolat Haydarova va Jamila Ergasheva romanlarida ayol obrazi tasvirida o‘zbek onaxoni, sadoqatli, chidamli ayol timsolini mifologik ramziylik konseptida ifodalash, botiniy iztirob va mag‘lubiyatda ayolning ma’naviy yuksalishi hamda  ayol obrazining psixologik dunyosini o‘rganishda qo‘llanilgan peyzaj, ruhiyat tasviriga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “AM-F3-201908172-O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 15-maydagi 01/10-942-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik davridagi ayol obrazining yangicha talqini va hozirgi romannavislar, xususan adibalar Risolat Haydarova va Jamila Ergasheva ijodi o‘zbek adabiyotida yangi bosqichni boshlab berganini ilmiy jihatdan aniqlashda asos bo‘lgan;
o‘zbek va dunyo adabiyotshunosligida roman janri takomili va ayol obrazining o‘rganilish tarixini yoritish; istiqlol davri o‘zbek romanchiligida yaratilgan ayollar obrazini yoritishda yozuvchining badiiy mahoratini ko‘rsatish; ayol ruhiyati va qalb kechinmalarining chuqur badiiy-nazariy vositasi bo‘lgan peyzaj, maktub kabi tasviriy vositalarini aniqlash; zamonaviy o‘zbek adibalari Zulfiya Qurolboy qizi, Risolat Haydarova, Jamila Ergasheva romanlarida ayol obrazi tasvirida sadoqat, oriyat kabi qadriyatlarning yoritilishida yozuvchi mahoratini dalillashdagi ilmiy-nazariy qarashlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr va Adabiy tanqid va adabiyotshunoslik kengashlari dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 9-iyundagi 01-03/760-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi o‘zbek romanchiligida ayol ruhiyatini aks ettirishda ichki monolog, dialog, muallif bayoni, peyzaj va tush kabi badiiy tasviriy vositalardan keng istifoda etilishiga xizmat qilgan;
Zamonaviy o‘zbek adibalari romanlarida ayol obrazining (Zulfiya Qurolboy qizi, Risolat Haydarova va Jamila Ergasheva ijodi misolida)  badiiy talqini singari ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali “Birgalikda o‘qiymiz” ko‘rsatuvining o‘zbek romanchiligiga bag‘ishlangan sonining tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 16-iyundagi 02-01-03/137-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish