Xudayberdieva Orifaxon Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xoslanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2051.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi shaxsiy yozishmalardagi noadabiy qatlam birliklarini tahlil qilish va gender farqlarini yoritish, yozma nutqda shaxs tafakkuri, idrokining ifodalanish darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda gender hamda maskulin va feminin tushunchalarining mohiyati yoritilib, identifikatsion nutqiy differensiyalar mavjudligi aniqlangan;
jahon tilshunosligidagi genderga oid tadqiqotlarda jinsiy tolerantlik nazarda tutilgani, o‘zbek tilshunosligida uning bir qismi – ayol va erkak jinslariga nisbatan ijtimoiy munosabat diqqat-markazda bo‘lganligi asoslangan;
kuzatishlar natijasida qamoqxona argosi fikrni implikatsion tarzda ifodalash, nutqni “kodlar” vositasida uzatish vazifasini bajarishi va ayni shu jihati bilan yoshlar slengidan farq qilishi isbotlanib, argolarning kontekstual va konseptual ma’nolari izohlangan yagona katalogi yaratilgan;
anonim yozishmalarda shaxs genderiga xos nutqiy sifatlarning verbal va noverbal shakllari mavjudligi aniqlanib, differensatsion xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning gender xoslanishi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
internet tarmoqlari orqali yosh avlod o‘rtasida giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi shaxslarni aniqlash va ularning yozishmalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazgan holda gender xususiyatlarini belgilash muammolarini hal etish maqsadida; giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning qing‘ir ishlariga chek qo‘yish va oldini olish metodlarini ishlab chiqishda; shaxsiy yozishmalardagi noadabiy leksik unsurlarning giyohvandlikka aloqadorligini aniqlash orqali uning yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilinishiga chek qo‘yishda; shaxsiy yozishmalardagi giyohvandlikka oid jargon, argo va sleng so‘zlarini o‘rgangan holda jinoyatchilikka aloqadorlikni va muammoning eng samarali echimlarini aniqlashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Erasmus+ dasturlari doirasidagi 2017-2019-yillarda bajarilgan 589583-ERR-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA “Dunyo giyohvandlikka qarshi” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-noyabrdagi 01/10-2454-son ma’lumotnomasi). Natijalar gender xoslangan leksik unsurlarning tarjima jarayonidagi milliy tasvirini; o‘zbek tilidagi jargon, argo va sleng kabi noadabiy birliklarning milliy va gender xususiyatlarini izohlashga xizmat qilgan;
kuzatishlar natijasida qamoqxona argosi fikrni implikatsion tarzda ifodalash, nutqni “kodlar” vositasida uzatish vazifasini bajarishi va ayni shu jihati bilan yoshlar slengidan farq qilishi isbotlanib, argolarning kontekstual va konseptual ma’nolari izohlangan yagona katalogi yaratilganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Erasmus+ dasturlari doirasidagi 2017-2019-yillarda bajarilgan 589583-ERR-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA “Dunyo giyohvandlikka qarshi” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 21-noyabrdagi 01/10-2454-son ma’lumotnomasi). Natijalar noadabiy birliklarning xususiyatlarini yoritishga olib kelgan;
gender xoslangan leksik unsurlarning inson tashqi qiyofasini tasvirlashdagi holatlarini tavsiflash; o‘zbek va ingliz tillarida genderga oid tushunchalarning izohini berish va lingvistik ekspertizada qo‘llanadigan inson fe’l-atvori tabiatini namoyon etuvchi terminlar tahliliga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 14-iyundagi 04/1-2053-son ma’lumotnomasi). Natijada sud ekspertiza, lingvistik ekspertiza, xatshunoslik ekspertizasi tizimida qo‘llanuvchi inson fe’l-atvoriga oid terminlar loyihani boyitish uchun xizmat qilgan.