Ataqulov Usman Maxmadaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘chmas mulk obektlarini soliqqa tortishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1998.
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, To‘lakov Ulug‘bek Toshmamatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘chmas mulk obektlarini soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulk solig‘i bazasini hisoblashda binolar va inshootlarning respublika poytaxt shaharlari, viloyat markazlari hamda boshqa shahar yoki qishloq joylarda joylashganligidan kelib chiqqan holda har bir kvadrat metri uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatlarini o‘rnatish orqali ko‘chmas mulk obektlari bahosini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va soliq tushumini oshirish taklifi asoslangan;
korxona ko‘chmas mulk obektining qoldiq qiymati 1 kv. metr uchun belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lgan taqdirda korxona ko‘chmas mulkni qayta baholashni amalga oshirishi hamda korxona tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini soliq bazasi sifatida e’tirof etilishi taklif qilingan;
soliq to‘lovchilar uchun ko‘chmas mulk obektlari uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi koeffisient qo‘llash lozimligi asoslangan;
yuridik shaxslarning er solig‘i hisobotlarini Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblab chiqarish tizimini joriy qilish orqali ko‘chmas mulk obektlarini soliqqa tortishning ma’murchiligini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘chmas mulk obektlarini soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mol-mulk solig‘i bazasini hisoblashda binolar va inshootlarning respublika poytaxt shaharlari, viloyat markazlari hamda boshqa shahar yoki qishloq joylarda joylashganligidan kelib chiqqan holda har bir kvadrat metri uchun  mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatlarini o‘rnatish orqali ko‘chmas mulk obektlari bahosini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va soliq tushumini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 19/10-169835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ko‘chmas mulk obektlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik subektlariga hisoblangan mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solishning adolatlilik prinsipi ta’minlanib, mahalliy byudjetga 
2022-yilda mol-mulk solig‘iga 3 154,2 mlrd.so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 1 467,1 mlrd.so‘mga yoki 1,8 barobarga oshgan) hisoblanishiga erishilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari joriy yilning 1-yanvar holatiga 141,9 foizga bajarilishiga erishilgan;
korxona ko‘chmas mulk obektining qoldiq qiymati 1 kv. metr uchun belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lgan taqdirda korxona ko‘chmas mulkni qayta baholashni amalga oshirishi hamda korxona tomonidan o‘tgan ikki yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini soliq bazasi sifatida e’tirof etilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 19/10-169835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq yillardan buyon bino va inshootlarini baholatmagan 4,9 mingta soliq to‘lovchilar 7,1 mingta ko‘chmas mulk obektlarini mustaqil baholatib, soliq ma’muriyatchiligining takomillashishiga erishilgan;
soliq to‘lovchilar uchun ko‘chmas mulk obektlari uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda kamaytiruvchi koeffisient qo‘llash taklifi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 
28-dekabrdagi 19/10-169835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 26 095 ta korxona tomonidan kamaytiruvchi koeffisient qo‘llanilgandan so‘ng hisoblangan soliq summasi 1305,6 mlrd.so‘mdan 965,0 mlrd.so‘mga kamayganligi hisobiga soliq to‘lovchilar ihtiyorida 340,6 mlrd.so‘m mablag‘ qolishiga imkon yaratilgan;
yuridik shaxslarning er solig‘i hisobotlarini Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblab chiqarish tizimini joriy qilish orqali ko‘chmas mulk obektlarini soliqqa tortishning ma’murchiligini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabdagi “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6307-son Farmonida aks ettirilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 28-dekabrdagi 19/10-169835-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Kadastr agentligi ma’lumotlari jamlanganligi hamda “E-imtiyoz” dasturi orqali (kadastr raqami, er maydoni, toifasi, soliq stavkasi, huquq yangidan paydo bo‘lgan yoki bekor qilingan sana, imtiyozli hudud) Xorazm viloyatida barcha 4 496 ta noqishloq er solig‘i to‘lovchilari hisobotlarini ham to‘liq avtomatlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish