Abdurashidova Nigora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Benchmarking asosida mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish”, 08.00.11–“Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1819.
Ilmiy rahbari: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutxon Karimovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kadirova Oydin Sarvarovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: benchmarking asosida mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “benchmarking” tushunchasining mazmuni korxonaning mijozlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish maqsadida bozor faoliyati ko‘rsatkichlarini izlash, taqqoslash, eksperement, sintez va baholash orqali raqobatchilar tajribasidan korxonalar amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan usul va usullar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
benchmarking asosida raqobatbardoshlik qobiliyatini eksport, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha to‘plangan marketing ma’lumotlariga ko‘ra avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni “o‘rganish” (Ki=68,3%), “tekshirish” (Kt=31,7%) va “qo‘llash” (Kq=10,1%) mezonlariga ko‘ra benchmarking guruhlash asosida optimal qaror qabul qilish taklifi asoslangan;
marketing tadqiqotlari samaradorligini ta’minlashda “UzAuto Motors” AJ huzurida “Benchmarking markazi” faoliyatini tashkil etish orqali mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston avtomobil bozorining ishlab chiqarish, eksport va sotish omillarining o‘zaro bog‘liq ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar mahalliy avtomobil sanoati rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Benchmarking asosida mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “benchmarking” tushunchasining mazmuni korxonaning mijozlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish maqsadida bozor faoliyati ko‘rsatkichlarini izlash, taqqoslash, eksperement, sintez va baholash orqali raqobatchilar tajribasidan korxonalar amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan usul va usullar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (TDIU rektorining 2023 yil 21 dekabrdagi 387-sonli burug‘i bilan tasdiqlangan, № 387-02-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruhsatnomasi);
benchmarking asosida raqobatbardoshlik qobiliyatini eksport, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha to‘plangan marketing ma’lumotlariga ko‘ra avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni “o‘rganish” (Ki=68,3%), “tekshirish” (Kt=31,7%) va “qo‘llash” (Kq=10,1%) mezonlariga ko‘ra benchmarking guruhlash asosida optimal qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AKning 2024-yil 5-mart 03/03-25-0300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil sanoatida benchmarkingni tanlab olish «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining raqobat muhitini shakllantirish va tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan;
marketing tadqiqotlari samaradorligini ta’minlashda “UzAuto Motors” AJ huzurida “Benchmarking markazi” faoliyatini tashkil etish orqali mahalliy avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish taklifi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AKning 2024-yil 5-mart 03/03-25-0300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat sohasida ilmiy yondashuvni kuchaytirish, mahsulot xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarishdagi muammolarni bartaraf etish, kerakli ko‘nikmalarni mutaxasisislarda shakllantirish, texnik va texnologik mustaqillikni kuchaytirish bilan birga avtomobil sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda qo‘llanilgan;
O‘zbekiston avtomobil bozorining ishlab chiqarish, eksport va sotish omillarining o‘zaro bog‘liq ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar mahalliy avtomobil sanoati rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan («O‘zavtosanoat» AKning 2024-yil 5-mart 03/03-25-0300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil bozorining 2030 yilgacha rivojlanish prognoz ssenariylari «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar yo‘l haritasini shakllantirishda qo‘llanilgan.