Tursunov Akmaljon Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er resurslaridan samarali foydalanishni soliqlar vositasida takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2784.
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Zafarjon Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda er resurslaridan samarali foydalanishni soliqlar vositasida takomillashtirishga xizmat qiladigan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslar erdan hujjatlarsiz foydalangan taqdirda, er solig‘i hisoblashning ortirilgan stavkada undiriladigan 3 baravar miqdordagi tartibini vaqtinchalik bekor qilish taklif etilgan;
yuridik shaxslarning mulk osti er maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida soliq bazasini 1 kv.metri uchun mutlaq miqdordan kam bo‘lmasligi asoslangan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obeektlariga (foydalanilmayotgan obektlar) hamda ushbu obektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini (ta’sirchan soliq mexanizmini) bekor qilish taklif etilgan;
er solig‘idan hisoblangan soliqlarni undirish, hisobga olinmagan, samarasiz va noqonuniy foydalanib kelinayotgan obektlarni aniqlash hamda tegishli organlarni xabardor qilish tizimini mahalla pog‘onasida ishlash tartibini joriy etish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erdan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
jismoniy shaxslar erdan hujjatlarsiz foydalangan taqdirda, er solig‘i hisoblashning ortirilgan stavkada undiriladigan 3 baravar miqdordagi tartibini vaqtinchalik (2024-yil 1-iyungacha) bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PQ-192-sonli qarorida aks ettirilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iktisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 19/10-16889 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 794,2 mlrd. so‘m miqdordagi soliq summasi 2 500 mln fuqoroda qoldirilishiga va soliq yuki kamayishiga sabab bo‘lgan;
yuridik shaxslarning mulk osti er maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida soliq bazasini 1 kv.metri uchun mutlaq miqdordan kam bo‘lmasligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonunida aks ettirilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 19/10-16889 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tgan 2022 va 2023-yillar davomida byudjetga qo‘shimcha 3302,6 mlrd.so‘m tushum ta’minlanib, soliq to‘lovchilarning mol-mulk obektlari va er uchastkalaridan samarali foydalanishiga asosiy turtki bo‘lgan holda ularning tovar aylanmasi birgina 2022-yilning o‘zida 247,6 trln.so‘mga yoki 2021-yilga nisbatan 141,5 foizga oshishiga sabab bo‘lgan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obektlariga (foydalanilmayotgan obektlar) hamda ushbu obektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini (ta’sirchan soliq mexanizmini) bekor qilish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmonida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 19/10-16889 sonli ma’lumotnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi natijasida, 18,5 mingta obektlarga oshirilgan stavkalarda hisoblanishi lozim bo‘lgan 1 684,9 mlrd.so‘mlik mol-mulk va er soliqlarini hisoblash to‘xtatilib, mazkur mablag‘lar soliq to‘lovchining ixtiyorida qolishiga erishilgan;
er solig‘idan hisoblangan soliqlarni undirish, hisobga olinmagan, samarasiz va noqonuniy foydalanib kelinayotgan obektlarni aniqlash hamda tegishli organlarni habardor qilish tizimini mahalla pog‘onasida ishlash tartibini joriy etish lozimligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi PQ-458-sonli qarorida aks ettirilgan va amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 13-fevraldagi 19/10-16889 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tajriba tariqasida Respublika bo‘ylab tanlab olingan 14 ta hududidagi 764 ta mahalla fuqorolar yig‘iniga tadbiq qilingan amaliyot 2022-yilga nisbatan solishtirganda 2023-yilning o‘tgan 152 % (62,3 mlrd so‘m) ijobiy farq bilan o‘zini oqladi.