Mamayusupova Saodat Mamatqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shukur Xolmirzaev hikoyalarida folklorizmning o‘rni”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD.Fil529.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Marxabo Xudayberganovna, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Laylo Frunzeevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Soatova Nodira Isomitdinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shukur Xolmirzaev hikoyalarida folklorizmlarning ahamiyati, yozuvchining o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan foydalanish mahorati, uning qo‘llagan folklorizmlarining tiplarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
folklorizmlarning nazariy-estetik tabiati, o‘zbek hamda jahon adabiyotshunosligida tutgan o‘rni, folklorizmlarni tasniflyagan o‘zbek-rus olimlarning ilmiy tasniflari va ularning hikoya janriga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri, o‘ziga xos original ahamiyati ochib berilgan;
Shukur Xolmirzaev hikoyalarida qo‘llanilgan badiiy folklorizmning oddiy folklorizmlar, uning asl oddiy folklorizm va qayta ishlangan oddiy folklorizm turlari hamda analitik folklorizmning qarg‘ishlar, olqishlar va adib hikoyalarida hosil qilingan folklorizm xususiyatlari aniqlangan;
adibning hikoyalarida xalq ijodida azaldan mavjud bo‘lgan mif, afsona, ertak, doston janri syujeti, obrazlari, badiiy ritmi asosida hosil qilingan murakkab folklorizm turi, xususan, motiv, obraz, janr, ritm stilizatsiyasi masalasi “Xorun Ar Rashid”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi”, “O‘zbek bobo” kabilar misolida yoritilgan;
yozuvchi hikoyachiligida surxon milliy koloriti, surxon xarakterini teran va jonli badiiy talqin etishda ijtimoiy-etnografik folklorizmlardan, ya’ni o‘zbek milliy bolalar o‘yinlari, jarchilik, navro‘z bayrami bilan bog‘liq marosim va tadbirlar, mehmon kutish va kuzatish odobi, aza marosimi bilan bog‘liq urf-odatlarning badiiy ifodasini real va jonli aks ettirgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotiga xalq og‘zaki ijodining ta’sirini, uning o‘ziga xos adabiy jarayon sifatidagi mohiyatini, badiiy-estetik tamoyillarini, yozuvchilarning bu boradagi mahoratini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
folklorizmlarning nazariy-estetik tabiati, o‘zbek hamda jahon adabiyotshunosligida tutgan o‘rni, folklorizmlarni tasniflyagan o‘zbek-rus olimlarning ilmiy tasniflari va ularning hikoya janriga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri, o‘ziga xos original ahamiyati, Shukur Xolmirzaev hikoyalarida qo‘llanilgan badiiy folklorizmning oddiy folklorizmlar, uning asl oddiy folklorizm va qayta ishlangan oddiy folklorizm turlari hamda analitik folklorizmning qarg‘ishlar, olqishlar va adib hikoyalarida hosil qilingan folklorizm xususiyatlari haqidagi xulosalardan F1-FA-0-43429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 28-apreldagi 152/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy qismining ilmiy xulosalar, dallilar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
adibning hikoyalarida xalq ijodida azaldan mavjud bo‘lgan mif, afsona, ertak, doston janri syujeti, obrazlari, badiiy ritmi asosida hosil qilingan murakkab folklorizm turi, xususan, motiv, obraz, janr, ritm stilizatsiyasi masalasi “Xorun Ar Rashid”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi”, “O‘zbek bobo” kabilar misolida olingan xulosalardan FA-A G006-raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining testologik tahlili va nashrga tayyorlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda (Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 28-apreldagi 152/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha xalq og‘zaki ijodi manbalari, aynash adib asarlari tilida uchraydigan manbalar bilan bog‘liq ma’lumotlar boyitilgan;
yozuvchi hikoyachiligida surxon milliy koloriti, surxon xarakterini teran va jonli badiiy talqin etishda ijtimoiy-etnografik folklorizmlardan, ya’ni o‘zbek milliy bolalar o‘yinlari, jarchilik, navro‘z bayrami bilan bog‘liq marosim va tadbirlar, mehmon kutish va kuzatish odobi, aza marosimi bilan bog‘liq urf-odatlarning badiiy ifodasini real va jonli aks ettirgani haqidagi xulosalardan televideniya dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Jizzax teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-martdagi 14-11/137 ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Shukur Xolmirzaevning ijodi bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratilgan.