Raximova Umida Solievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Enn Enrayt asarlarida ona obrazi poetikasi” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2899.
Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Nasriddinov Dilshod A’zamkulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Enn Enrayt asarlarida ona obrazining o‘ziga xos xususiyatlarini poetika mezonlari asosida o‘rganish, adibaning adabiy-estetik va obraz yaratish mahoratini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Enn Enrayt asarlaridagi ona obrazi poetikasi ayol shaxsiyati, avlodlar davomiyligi, urf-odatlar va an’analar ulug‘vorligi, milliy o‘zlikni anglash, irland ayolining noan’anaviy xarakter dinamikasi kabi masalalar doirasida  asoslangan;
yozuvchining ona obrazini badiiy gavdalantirishdagi mahorati, asarlarining tili va uslubidagi individual jihatlar: gumanizm, chuqur mushohada, umumlashtirish va tipiklashtirish, syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratish¬dagi mahorat, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fan¬taziyasining kengligi, badiiy detallarning, qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib berilishi, asar tilining boyligi va rang-barangligi kabi badiiylik mezonlari  asosida isbotlangan; 
nafaqat irland adabiyoti, balki inglizzabon adabiyotlar uchun  mutlaqo yangi hodisa bo‘lgan, noan’anaviy ona timsolini yaratishdagi yozuvchining badiiy mahorati dissertant tarjimasidagi yorqin misollarda dalillangan; “The Pleasure of Eliza Lynch” romanidagi tarixiy shaxs prototipini yaratish orqali ayolning jamiyatdagi maqomi, ruhiyati, irqiy va etnik o‘ziga xosligi ayol – oila – davlat triadasi asosida ochib berilgan; 
Enn Enrayt  hikoyalarida ona obrazi estetikasi ramziy obrazlar vositasida tasvirlab berilgani hamda adiba ijodida sadoqatli, oilaparvar, sabr-matonatli yoki bevafo, xiyonatkor, zinokor ayollarning metaforik tasvirini yaratishda  motiv va ramzlarning badiiy ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Enn Enrayt asarlarida ona obrazi va uning ijtimoiy-estetik talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Enn Enrayt asarlaridagi ona obrazi poetikasi ayol shaxsiyati, avlodlar davomiyligi, urf-odatlar va an’analar ulug‘vorligi, milliy o‘zlikni anglash, irland ayolining noan’anaviy xarakter dinamikasi kabi masalalar doirasida olingan xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi “Jahon bolalar adabiyoti” kitobini nashr etishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 2023 yil 3 martdagi 01-03/ 348-son ma’lumotnomasi). Natijada Enn Enrayt asarlaridagi g‘oyaviy mantiqiylik hamda fantaziyasining kengligi borasidagi tadqiqotchining xulosalari yosh yozuvchilar uchun nazariy manba sifatida xizmat qilgan; 
nafaqat irland adabiyoti, balki inglizzabon adabiyotlar uchun  mutlaqo yangi hodisa bo‘lgan, noan’anaviy ona timsolini yaratishdagi yozuvchining badiiy mahorati dissertant tarjimasidagi yorqin misollarda dalillangan; “The Pleasure of Eliza Lynch” romanidagi tarixiy shaxs prototipini yaratish orqali ayolning jamiyatdagi maqomi, ruhiyati, irqiy va etnik o‘ziga xosligi ayol – oila – davlat triadasi asosida ochib berilganiga oid xulosalari Evropa Ittifoqining Erasmus K102-raqamli proekti «Translation into English and Creating Electronic Fund of Turkic Nations Folklore» nomli fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (Istanbul Tijorat universiteti rektorining 2023 yil 8 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada Enn Enraytning obraz yaratish mahoratiga doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
Enn Enrayt  hikoyalarida ona obrazi estetikasi ramziy obrazlar vositasida tasvirlab berilgani hamda adiba ijodida sadoqatli, oilaparvar, sabr-matonatli yoki bevafo, xiyonatkor, zinokor ayollarning metaforik tasvirini yaratishda  motiv va ramzlarning badiiy ahamiyatiga oid xulosalardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Adabiy muhit”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” ko‘rsatuv va eshittirishlarida foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi “Assalom, Xorazm” telekanali davlat muassasasining 2023 yil 12 aprel 358-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning irland adibasi ijodiy merosi, asarlarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar bo‘yicha tasavvurlari kengaytirilgan;
yozuvchining ona obrazini badiiy gavdalantirishdagi mahorati, asarlarining tili va uslubidagi individual jihatlar: gumanizm, chuqur mushohada, umumlashtirish va tipiklashtirish, syujet qurilishi va obrazlar tizimini yaratish¬dagi mahorat, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fan¬taziyasining kengligi, badiiy detallarning, qahramonlar ichki dunyosini mahorat bilan ochib berilishi, asar tilining boyligi va rang-barangligi kabi badiiylik mezonlari  asosida olingan xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bajarilishi mo‘ljallangan FZ-202002146 “Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2023 yil 24 martdagi 02-435-son  ma’lumotnomasi). Natijada sadoqatli, oilaparvar, sabr-matonatli ayollar obrazini yaratishning jamiyat uchun amaliy foydasiga doir materiallar bilan boyitilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish