Rashidova Feruza Rasulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Viktoriya davri adabiyotida gender masalasi talqini (Sharlotta Bronte asarlari misolida)” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.3.PhD/Fil2744.
Ilmiy rahbar: Sadiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasriddinov Dilshod A’zamqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Angliya Viktoriya davri adabiy jarayonida gender masalasining shakllanishi va rivojlanishining asosiy tendensiyalarini aniqlash, shuningdek XIX asrda ingliz jamiyatida erkak va ayol o‘zaro munosabatlarini ayollarning o‘rni va rolining o‘zgarishini Sh.Bronte ijodida aks ettirilishining badiiy o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Viktoriya davri adabiyotida jamiyatdagi ayollar o‘rni va ahamiyati muammosining paydo bo‘lishi shart-sharoitlarining davr ayol yozuvchilari ijodida o‘z aksini topgani aniqlangan;
Sharlotta Bronte asarlarida ayollar obrazining romantik obrazlardan realistik obrazlar sari taraqqiyoti adibaning hayotiy va ijodiy tajribalari bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab berilgan;
Sharlotta Bronte ijodi misolida ingliz adabiyotida ayol nasrining ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligi, uning asarlarida gender munosabatlar mavzusini yoritilishi davr jamiyatining obyektiv voqeligining aksi va shu bilan birga ayol psixologiyasi hamda badiiy tafakkurining ifodasi ekani asoslangan;
Sharlotta Bronte romanlaridagi yangi ayol obrazi tasvirining badiiy o’ziga xosligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo’yicha olingan natijalar asosida:
Viktoriya davri adabiyotida jamiyatdagi ayollar o‘rni va ahamiyati muammosining paydo bo‘lishi shart-sharoitlarining davr ayol yozuvchilari ijodida o‘z aksini topgani haqidagi ilmiy natijalaridan Erasmus+ dasturining Key Action 107 loyihalarida doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2022 yil 31 noyabrdagi 85-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot loyihasi Viktoriya davri adabiyoti, uning rivoji va jahon adabiyotiga qo’shgan hissasi, xususan, davr ayol yozuvchilarining mashhur vakilasi Sharlotta Bronte tomonidan yaratilgan durdona asarlarida ko’tarilgan gender, ya’ni erkak va ayol o’zaro munosabatlari muammolari, ayollarning jamiyatdagi o’rni va roli mavzularini yoritishda yozuvchi adabiy mahoratining namoyon bo’lish tamoyilari, muallifning ushbu mavzularga davr ijtimoiy, madaniy, badiiy, falsafiy tafakkuri negizida yondashuviga oid materiallar va natijalar bilan boyitilgan; 
Sharlotta Bronte asarlarida ayollar obrazining romantik obrazlardan realistik obrazlar sari taraqqiyoti adibaning hayotiy va ijodiy tajribalari bilan bevosita bog‘liq ekani, shuningdek, uning romanlaridagi yangi ayol obrazi tasvirining badiiy o’ziga xosligi masalasidagi ikingan natijalar va materiallardan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Turkiy tilli davlatlar yosh ijodkorlari Forumi” nomli loyixa doirasida foydalanilgan (O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 10 noyabrdagi 01-03/1438-son ma’lumotnomasi). Natijada loyixa turkiy tilli davlatlar adabiyotida gender munosabatlar mavzusini yoritilishi va bunga ingliz adabiyotining ta’siri, jumladan, Viktoriya davri ijodkorlarining qo’shgan hissasi bilan bog‘liq muammolarni, yosh ijodkorlar asarlarida erkak va ayol munosabatlari, ayollarning jamiyatdagi o’rni va roli mavzulari, Sh.Bronte asarlarining ilmiy tadqiqi bilan bog‘liq muammolarga doir materiallar bilan boyitilgan;
Sharlotta Bronte ijodi misolida ingliz adabiyotida ayol nasrining ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligi, uning asarlarida gender munosabatlar mavzusini yoritilishi davr jamiyatining obyektiv voqeligining aksi va shu bilan birga ayol psixologiyasi hamda badiiy tafakkurining ifodasi ekani haqidagi ilmiy materiallardan Namangan viloyat televideniyesi tomonidan efirga uzatilgan “Guldasta” ko’rsatuvining adabiyot ruknida foydalanilgan (Namangan viloyat televideniesining 2022 yil 16 noyabrdagi 02-4-539-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv audiensiyasi xorijiy adabiyot, uning tarixi va rivoji, xususan, XVIII asr ingliz Viktoriya davri yozuchilari hayoti va ijodi, ular ko’targan mavzulari, shuningdek, davr ijodkori Sharlotta Bronte asarlari misolida davr adabiyotida gender munosabatlar muammosi, ayol va jamiyat, gender tenglik va ayollarning oiladagi o’rni haqidagi materiallar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish