Gazieva Maftuna Muhammadovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnning implikativ-pragmatik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil740.
Ilmiy maslahatchi: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Gulamjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matnning eksplisit va implisit mazmuniy sath birliklarining struktur-semantik, uslubiy-funksional, pragmatik va lingvoestetik xususiyatlari, tilda fikrni yashirin usulda berish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
matn va badiiylik kategoriyalari, badiiy matnning  interpretatsion, assotsiativ xususiyatlari, mentalingvistik tizimga oid fikr va  konseptual tushunchalar mohiyati yoritilib, ularga xos eksplisit, implisit ifodalar, lisoniy sistema elementlarining estetik funksiyalari lingvokognitiv, pragmalingvistik jihatdan asoslangan; 
matn mazmuniy sathining differensiatsiyalanishi, badiiy matnda fikrning implikativ shaklda namoyon bo‘lishi, implisitlik paradigmasi tizimida tagma’no, presuppozisiya, allyuziya, inferensiya kabi hodisalar quyi mazmuniy sathga oid birliklar ekanligi aniqlangan; 
badiiy matnda implikativ birliklarning tipologik tasnifi amalga oshirilgan, ular ifoda genezisi va shakllanish usuliga ko‘ra o‘zaro farqlangan, tagma’noning sistem-struktur xususiyatlari, hosil bo‘lish usullari stilistik-semantik va pragmatik aspektda dalillangan;
muloqot jarayonida fikrning yashirin qismlari lisoniy vositalar bilan eksplikatsiyalanishi, implisit kategoriyalarga mansub bo‘lgan yashirin fikrlar kommunikantlarning umumiy bilim fondi orqali lisoniy sistemada implikatsiyalanishi, muloqot jarayonida matnning umumiy mazmuniga oid eksplikativ va implikativ fikrlar interpretatsiyasiga ehtiyojning mavjudligi nazariy jihatdan dalillangan;
gap yoki matnga doir yashirin grammatik kategoriyalar umumiy mazmuniy strukturaning mukammal bo‘lishi, yashirin grammatik kategoriyalar tizimiga oid kognitiv mexanizmlar har qanday tilda shaklning oshkora yoki yashirin mazmun ifodasi uchun xizmat qilishi, natijada yashirin grammatik kategoriyalar tizimidagi implisit birliklar eksplikatsiyalangan lisoniy sistemaga o‘tishi presuppozisiyaga oid lisoniy indikatorlarni eksperimental baholash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnning implikativ-pragmatik birliklari tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida: 
muloqot jarayonida fikrning yashirin qismlari lisoniy vositalar bilan eksplikatsiyalanishi, implisit kategoriyalarga mansub bo‘lgan yashirin fikrlar kommunikantlarning umumiy bilim fondi orqali lisoniy sistemada implikatsiyalanishi, muloqot jarayonida matnning umumiy mazmuniga oid eksplikativ va implikativ fikrlar interpretatsiyasiga ehtiyojning mavjudligi haqidagi natija va xulosalaridan 2020-2021-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasining 2023-yil 9-iyundagi 1/04-63-son ma’lumotnomasi). Natijada muayyan xalqning urf-odati, siyosiy-ijtimoiy va turmush tarziga ishora qiluvchi implikativ ifodalarning deyktik funksiyasiga oid ma’lumotlar asosida loyiha doirasida yaratilgan lug‘atning mukammallashuviga erishilgan;
matn mazmuniy sathining differensiatsiyalanishi, badiiy matnda fikrning implikativ shaklda namoyon bo‘lishi, implisitlik paradigmasi tizimida tagma’no, presuppozisiya, allyuziya, inferensiya kabi hodisalar quyi mazmuniy sathga oid birliklar ekanligi to‘g‘risidagi xulosa va takliflardan “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot institutining JHBL-20-sonli “Oila, mahalla va gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 5-sentyabrdagi 01-09/1612-son ma’lumotnomasi) nomli ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Natijada badiiy matnlarga xos real, konseptual tagma’noli axborotlar loyiha materiallarini, xususan, umumiy mazmun haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga, loyiha doirasida yaratilgan lug‘atning mukammallashuviga xizmat qilgan;
badiiy matnda implikativ birliklarning tipologik tasnifi, ular ifoda genezisi va shakllanish usuliga ko‘ra o‘zaro farqlanishi, tagma’noning sistem-struktur xususiyatlari, hosil bo‘lish usullarining stilistik-semantik va pragmatik aspektdagi tadqiqi yuzasidan olingan xulosa va takliflardan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “O‘zbek tili” o‘quv darsligi,  2020-2021-yillarda Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniyat birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” (QR o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalarining “Do‘stlik” hamjamiyatining 2023-yil 4-sentyabrdagi 4-son ma’lumotnomasi) adabiy uyushmasining targ‘ibot faoliyatida, xususan, birlashma tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konferensiyalar hamda o‘zbek tili, o‘zbek va qozoq olimlarining ilmiy-ijodiy hamkorligiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbirlarda foydalanilgan. Natijada lisoniy va adabiy kompetensiya haqidagi nazariy ma’lumotlar darslikdagi mavzular mukammallashuvini ta’minlashga yordam bergan;
gap yoki matnga doir yashirin grammatik kategoriyalar umumiy mazmuniy strukturaning mukammal bo‘lishi, yashirin grammatik kategoriyalar tizimiga oid kognitiv mexanizmlar har qanday tilda shaklning oshkora yoki yashirin mazmun ifodasi uchun xizmat qilishi, natijada yashirin grammatik kategoriyalar tizimidagi implisit birliklar eksplikatsiyalangan lisoniy sistemaga o‘tishi, presuppozisiyaga oid lisoniy indikatorlarning eksperimental tadqiqiga doir ma’lumotlardan “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plamida e’lon qilingan  “Intonatsiyaning dolzarb masalalari” (Toshkent: TDO‘TAU, 2019. – B. 26-31) mavzusidagi maqoladan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” davlat amaliy granti loyihasi doirasida “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01/10-1691-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqolaga loyiha doirasida elektron matnlarni adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq tarzda ovozli xabarga aylantiruvchi o‘zbek nutq sintezatori lingvistik ta’minoti va audioma’lumotlar bazasini shakllantirishda ilmiy manba sifatida murojaat qilingan. Natijada badiiy nutq idroki va assotsiatsiyasi ta’minoti, badiiy matn mazmunini interpretatsiya qilish, lingvistik indikatorlar hamda ularning eksperimental tahlili yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqot xulosalari loyiha ma’lumotlarining mukammallashuviga xizmat qilgan;
matn va badiiylik kategoriyalari, badiiy matnning  interpretatsion, assotsiativ xususiyatlari, mentalingvistik tizimga oid fikr va  konseptual tushunchalar mohiyati, ularga xos eksplisit, implisit ifodalar, lisoniy sistema elementlari estetik funksiyalarining lingvokognitiv, pragmalingvistik tadqiqi asosida olingan xulosa va takliflardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada implikativ birliklar, ularning matn mazmuniy sathida lisoniy vositalar orqali oshkora yoki yashirin tarzda ifodalanishiga doir ilmiy qarashlar hamda mazkur tushunchalarga oydinlik kirituvchi misollar darslikning ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashuviga xizmat qilgan;
implikativ birliklarning matn mazmuniy strukturasini shakllantirishga xizmat qilishi, ularning badiiy matn tarkibida milliy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘lishi, matnni hosil qilish bilan bog‘liq oshkora va yashirin kategorial belgilar o‘ziga xos alohida tizim sifatida boshqa birliklardan farq qilishiga doir ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2023-yil 17-iyundagi 02-37-950-son ma’lumotnomasi). Natijada yashirin fikr, ma’no va bilimlarga oid ilmiy-amaliy qarashlar asosida tayyorlangan radiodasturlarning mazmunan mukammallashuviga erishilgan.     

Yangiliklarga obuna bo‘lish