Karimjonova Shahloxon Ravshanjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida kauzativ fe’llar tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3498.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Isakova Go‘zalxon Ne’matovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbek va ingliz tillarida kauzativ fe’llarning leksik-semantik, struktur, uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy, hissiy, irodaviy ta’sir ko‘rsatuvchi fe’llar kauzativ fe’llarning asosini tashkil etishi, kauzativ semantika leksik, morfologik, sintaktik vositalar bilan ifodalanishi hamda ularning kauzativlik kategoriyasini ifodalovchi asosiy vosita ekanligi asoslangan;
semantik kauzativ ma’noli holat fe’li mohiyatiga ko‘ra faqat kauzativ munosabat nuqtayi nazaridan ikki valentlikka (agens va obekt valentliklariga) ega bo‘lsa, morfologik kauzativ ma’noli holat fe’llari orttirma nisbat formanti qo‘shilishidan, uning hisobiga yana bir valentlikka ega bo‘lishi, mazkur jihatdan semantik kauzativ ma’noli holat fe’llariga tenglashishi aniqlangan;
morfologik kauzativ ma’noli holat fe’llari kauzativ munosabatni aniq va to‘liq ifoda etishi ushbu holat fe’llari strukturasidagi kauzativ formant ta’siridan, uning kauzativ munosabatni aniq anglatish semantik imkoniga egaligidan, morfologik kauzativli holat fe’llarida nutqiy faollik ma’nosining ham yuzaga kelishidan hamda ushbu tipdagi kauzativ ma’noli holat fe’llarida kauzatsiya agensining aniq anglashilib turishidan yuzaga kelishi dalillangan;
semantik o‘timli holat fe’llaridagi kauzativ ma’no til “fakti” sanalsa, morfologik o‘timli holat fe’llaridagi kauzativ ma’no nutq “fakti” sifatida qaraladi. O‘zbek tilidagi semantik va morfologik kauzativ ma’noli holat fe’llari, asosan, kontakt kauzativlikni, ba’zi hollarda distant kauzativlikni ifoda etishi bilan ajralib turishi, o‘ziga xos semantik imkoniyatlarga egaligi, til va nutq orasidagi dialektik munosabatni ham ko‘rsatib turishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kauzativ fe’llarning chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida erishilgan natijalar asosida:
zamonaviy tilshunoslikda kauzativlik hodisasi, kauzativ fe’llarning yasalish xususiyatlari va uning nutqiy voqelanishiga bag‘ishlangan tadqiqotdan Farg‘ona davlat universitetida 20212022 yillarga mo‘ljallangan “Change academy” nomli xalqaro loyiha doirasida samarali qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil, 13-dekabrdagi 04/6203-son ma’lumotnomasi). Natijada kauzativ fe’llar tadqiqi nazariy va ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
morfologik kauzativ ma’noli holat fe’llari kauzativ munosabatni aniq va to‘liq ifoda etishi ushbu holat fe’llari strukturasidagi kauzativ formant ta’siridan, uning kauzativ munosabatni aniq anglatish semantik imkoniga egaligidan, morfologik kauzativli holat fe’llarida nutqiy faollik ma’nosining ham yuzaga kelishidan hamda ushbu tipdagi kauzativ ma’noli holat fe’llarida kauzatsiya agensining aniq anglashilib turishidan yuzaga kelishi masalalariga doir ilmiy xulosa va tavsiyalaridan 2023-yil 2023-sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivalida xorijiy mehmonlar bilan muloqot jarayonida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-10/218-son ma’lumotnomasi). Natijada kauzativ fe’llar tadqiqiga oid fikr-mulohazalar xalqaro forum materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
jismoniy, hissiy, irodaviy ta’sir ko‘rsatuvchi fe’llar kauzativ fe’llar asosini tashkil etishi, kauzativ semantika leksik, morfologik, sintaktik vositalar bilan ifodalanishi, kauzativlik kategoriyasini ifodalovchi asosiy vosita ekanligi haqidagi xulosalardan “Introduction to Germanic philology” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona davlat universitetining rektorining 2023-yil 10-oktyabrdagi 493-son buyrug‘iga asosan chop etishga ruxsat berilgan). Natijada kauzativ fe’llarning leksik-semantik, struktur, uslubiy xususiyatlarini ochib berishda nazariy va amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilgan.