Ortiqova Nargizaxon Yoqubjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Anvar Obidjon she’riyatining fonoleksopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3290.
Ilmiy rahbar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xuriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Hulkar Hamralievna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Anvar Obidjon she’riyati tilining badiiyatini ta’minlovchi fonetik va leksik vositalarni lingvopoetik jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Obidjon she’riy asarlari asosida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni birdan ortiq qo‘llash, tovush tushirish, orttirish, o‘zgartirish, almashtirish, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish kabi fonetik hodisalarning ekspressivlik hamda ijodkor maqsadini ifodalashdagi muhim o‘ringa egaligi asoslangan;
tovush takroriga asoslangan tasviriy vositalar alliteratsiya, assonans hamda qofiya tarkibidagi tovush takrorlari fonopoetik vosita sifatida expressivlik ifodalashi A.Obidjon she’riy asarlari misolida dalillangan;
A.Obidjon she’riy asarlarida poetik maqsad bilan qo‘llangan zid ma’noli, ma’nodosh va shakldosh so‘z, iboralar aniqlangan va ularning she’riy nutqda leksopoetik vosita sifatida expressivlik ifodalashi ochib berilgan.
A.Obidjon she’rlarida badiiylikni ta’minlaydigan varvarizm va disfemizm kabi leksopoetik vositalar aniqlangan va ular vositasida she’riy nutqda hajviy, satirik ma’no ifodalanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anvar Obidjonning she’riy asarlari lingvopoetik tadqiqi bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
A.Obidjon she’riy asarlarida poetik maqsad bilan qo‘llangan zid ma’noli, ma’nodosh va shakldosh so‘z, iboralar va ularning she’riy nutqda o‘ziga xos tarzda ifodalanishiga oid xulosalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 7-iyundagi 01/04-52-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi veb-sayt ilmiy xulosalar bilan boyigan;
A.Obidjon she’riy asarlari asosida dalillangan tovush takroriga asoslangan tasviriy vositalar alliteratsiya, assonans hamda qofiya tarkibidagi tovush takrorlari fonopoetik vosita sifatida expressivlik ifodalashiga doir ilmiy natijalaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi. Muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan, ilmiy qarashlar va xulosalar ushbu eshittirishlar mazmuni boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 10-iyundagi OZ-R-1-78- son ma’lumotnomasi). Natijada Anvar Obidjon tilining individual xususiyatlari, she’riy matnlarda qollangan fonetik va leksik birliklarning poetik imkoniyatlariga oid ilmiy-amaliy qarashlar asosida tayyorlangan radiodasturlarning mazmunan mukammallashuviga erishilgan;
A.Obidjon she’rlarida aniqlangan badiiylikni ta’minlaydigan varvarizm va disfemizm kabi leksopoetik vositalar va ular vositasida she’riy nutqda hajviy, satirik ma’no ifodalanishi; Anvar Obidjon she’riyati misolida o‘zbek she’riyati tilining o‘ziga xos xususiyatlari va ijodkorning individual uslubiy mahorati kabi ilmiy natijalaridan 2023-yilda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Xayrli tun”, “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat sarchashmasi” ko‘rsatuvlari hamda “Yoshlar kundaligi” radioeshittirishlarida foydalanilgan, shuningdek, ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar dissertant tomonidan tavsiya etilgan maqolalar bilan mazmunan kengaytirilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-iyundagi 01-04/133-son ma’lumotnomasi) Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
A.Obidjon she’riy asarlari asosida poetik nutq badiiyligini ta’minlaydigan tovushlarni birdan ortiq qo‘llash, tovush tushirish, orttirish, o‘zgartirish, almashtirish, tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz etish kabi fonetik hodisalarning ekspressivlik hamda ijodkor maqsadini ifodalashdagi o‘rni bo‘yicha ilmiy qarashlari va xulosalaridan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida o‘qitiladigan umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “O‘zbek tili” o‘quv darsliklarida 2022-2023-yillarda Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari “Do‘stlik” hamjamiyati qoshidagi “Ijodkor” adabiy birlashmasining targ‘ibot faoliyatida, xususan, birlashma tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-nazariy konferensiyalarda, o‘zbek va qozoq olimlarining ilmiy-ijodiy hamkorligiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy tadbirlarda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari “Do‘stlik” jamiyatining 2023-yil 12-iyuldagi 41-son dalolatnomasi). Natijada mazkur darslikning yangi ilmiy xulosalar va tahlillar bilan boyishiga xizmat qilgan.