Kadirova Zaynab Bakoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Ingliz va o‘zbek tillari reklama diskursining antropotsentrik  xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2255.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi reklama diskursi antropotsentrik xususiyatlarining mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
zamonaviy ingliz va o‘zbek reklama diskursining funksional-pragmatik aspekti kontekstual-diskursiv, genetik-kul’turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida adresatga axborot berish, targʼib qilish va tarqatish, adresat ongiga ta’sir qilish/ishontirish/monipulyator kabi asosiy omillari antropotsentrik yondashuv negizida shakllanganligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek reklama diskursi lingvistik va ekstralingvistik xarakterdagi omillarni birlashtiradigan hamda ijobiy pragmatik yo‘nalishni amalga oshiradigan muayyan tarkibiy elementlardan tashkil topgan tugallangan grafik matnli va semiotik birlik sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillar reklama diskursining sintaktik munosabatlar asosini fonetik (alliteratsiya, assonans), morfologik (sintetik, analitik), sintaktik (konversiya, sintaktik adektivatsiya) vositalar tashkil qilishi hamda sotsiopragmatik (ijtimoiy, yosh, jins, kasb, milliy-madaniy) funksiyalari kogerentligini ta’minlashda keng tarqalgan nutq shakllari: anafora, metafora, metonimiya, epitet, giperbola, antiteza, frazeologik birliklar orqali voqelanishi aniqlangan;
reklama diskursining pragmatik o‘zagi – kommunikativ intensiya/illokutiv, eksplisit yoki implisit ifodalanishi, axborot tarkibida baholovchi va ifodalovchi so‘zlariga ega bo‘lishi/lokutiv, nutqiy ta’sir ko‘rsatish/perlokutiv yaxlit bir butunlik sifatida nutqiy faoliyat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari reklama diskursining antropotsentrik jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy ingliz va o‘zbek reklama diskursining funksional-pragmatik aspekti kontekstual-diskursiv, genetik-kul’turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022 yillarda bajarilgan A-OT-2019-10-raqamli “O‘zbek tilida neymning: me’yoriy-huquqlarni yaratish asoslarini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-noyabrdagi  04/1-3195-son ma’lumotnomasi). Natijada reklama diskursi lingvistik jihatdan tasniflanib, reklama matnlarining o‘xshash hamda farqli xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek reklama diskursi lingvistik va ekstralingvistik xarakterdagi omillarni birlashtirgan hamda ijobiy pragmatik yo‘nalishni amalga oshiradigan muayyan tarkibiy elementlardan tashkil topgan tugallangan grafik matnli va semiotik birlik sifatida namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan   Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 19-apreldagi 1017/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tili reklama diskursining antroposentrik, lingvokulturologik va sotsiopragmalingvistik xususiyatlariga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
reklama diskursining pragmatik o‘zagi – kommunikativ intensiya/illokutiv, eksplisit yoki implisit ifodalanishi, axborot tarkibida baholovchi va ifodalovchi so‘zlariga ega bo‘lishi/lokutiv, nutqiy ta’sir ko‘rsatish/perlokutiv yaxlit bir butunlik sifatida nutqiy faoliyat kasb etishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Dolzarb mavzu”, “Intervyu plyus”, “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 17-noyabrdagi 1/291-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishda, telekompaniya ijodiy jamoasining sohaviy, keng omma tinglovchilarining lingvokulturologik bilimlari boyitilishiga, reklama diskursining sotsiopragmalingvistik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish