Fayzieva Komila Axrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Vashington Irving ijodida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik xususiyatlari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2128.
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tohirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Vashington Irving ijodida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Amerika romantizm adabiyotining tug‘ilishi va shakllanishiga fransuz ma’rifatchilari, ingliz romantiklari asarlari qatorida islomiy motivlardagi cheksiz hayotiy manzaralar ijobiy ta’sir ko‘rsatib Vashington Irvingning badiiy mahoratiga xos takomil belgilari, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralari aniqlangan;
Vashington Irving ijodida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik xususiyatlari muallif tafakkuri, individual o‘ziga xos uslubi, badiiy mahorati, dunyo poetikasini talqin etishidagi badiiy psixologizm, badiiy-estetik asoslari, shakl va mazmun yaxlitligi tamoyillari orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan; 
Vashington Irvingning “Al-Hamro” turkumidagi “Mavrning vasiyati afsonasi” (“The Legend of the Moor’s Legacy”), “Muhammad hayoti” (“Life of Mahomet”) asarlarida tarixiylik va badiiylik uyg‘unligi, o‘tkir syujetli sarguzasht roman ekanligi, dramatizmga boy bo‘lgani, ilk musulmonlarning birinchi hijrati bo‘lgan safaridagi fojiaviy voqealar badiiy, tarixiy, real tafsilotlar asosida voqelanganligi asoslangan;
Vashington Irving ijodiy davrining yuksalish, kul’minatsiya va pasayish bosqichlari real zamon va makon universumida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik elementlari ijtimoiy-siyosiy holat, yozuvchi shaxsiy dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi kabi omillar ta’sirida konstruktiv funksiyalari vositasida ifodalanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vashington Irvingning ijodida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
Vashington Irving ijodida islomiy motivlarning g‘oyaviy poetik xususiyatlari muallif tafakkuri, individual o‘ziga xos uslubi, badiiy mahorati, dunyo poetikasini talqin etishidagi badiiy psixologizm, badiiy-estetik asoslari, shakl va mazmun yaxlitligi tamoyillari orqali namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 22-maydagi  17.01/37-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida Vashington Irving ijodida islomiy motivlar ta’siri badiiy tahlili bilan bog‘liq muammolar qiyosiy aspektda o‘rganilib, echimlari tavsiya qilingan; 
Vashington Irving ijodiy davrining yuksalish, kul’minatsiya va pasayish bocqichlari real zamon va makon universumida ijtimoiy-siyosiy holat, yozuvchi shaxsiy dunyoqarashidagi o‘zgarishlar, turli ijtimoiy-tarixiy qarashlar to‘qnashuvi kabi omillar ta’sirida asarlarda hayot haqiqatlari lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2020-2021 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Tempus dasturi oid xulosalardan 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of  blended Masters Programmes” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 2-martdagi 605/30.02.01-son maʼlumotnomasi). Natijada XIX asr Amerika romantizm davri adabiyotiga Sharq ijodkorlari ta’siri doirasini o‘rganish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalardan, o‘quv jarayonini tashkil etishga va loyihalarni rivojlantirishga erishilgan;
Vashington Irvingning “Al-Hamro” turkumidagi “Mavrning vasiyati afsonasi” (“The Legend of the Moor’s Legacy”), “Muhammad hayoti” (“Life of Mahomet”) asarlarida tarixiylik va badiiylik uyg‘unligi, o‘tkir syujetli sarguzasht roman ekanligi, dramatizmga boy bo‘lgani, ilk musulmonlarning birinchi hijrati bo‘lgan safaridagi fojiaviy voqealar badiiy, tarixiy, real tafsilotlar asosida voqelanganligi doir xulosalardan Qarshi teleradiokanalida “Nasaf TV” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qarshi teleradiokanalining 2022-yil 20-iyundagi 1/203-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning Amerika romantizm adabiyotida Vashington Irving romanlari badiiy va ijtimoy-siyosiy, axloqiy mavzularda yozilganligi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish