Tadjieva Mastura Fayzullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillarida love/ muhabbat konseptining reprezentatsiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil12782.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor, Danieva Maysara Djamalovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” konseptining lingvokulturologik aspektda farqli va o‘xshash jihatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli lingvomadaniyatlar kontekstida olam manzarasini tasvirlashning aksiologik va lingvofalsafiy jihatlari orqali ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” konsepti voqelanishining milliy-mental xususiyati ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari leksik, frazeologik, paremiologik fondining semantik, kognitiv-konseptual baholash asosida “love”/“muhabbat” konseptlarining olam konseptual manzarasining kategoriyalashtiruvchi, aksiologik birliklari ekanligi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “love”/ “muhabbat” konseptini ifodalovchi metaforalarning antropomorf, naturmorf, fiziologik metaforik modellaridagi ingliz tilida LOVE – PERSON, LOVE – FIRE, LOVE – ILLNESS va o‘zbek tilidagi MUHABBAT– INSON, MUHABBAT – OLOV, MUHABBAT – DARD kabi o‘xshash metaforik turlari aniqlanib, ingliz tilida LOVE – ECONOMIC EXChANGE, LOVE – CONTAINER va o‘zbek tilida MUHABBAT – ZANJIR kabi predmet metaforik modellarining tafovutlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari “love”/“muhabbat” konsepti frazeologik birliklarning ingliz tilida ees, heart, head hand, feet kabi, o‘zbek tilida ko‘z, bosh, yurak, qo‘l, oyoq  kabi o‘xshash va heel, knee, hip, jigar, og‘iz kabi farqli somatizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” konseptining verballashuvi va lingvomadaniy xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar asosida:
turli lingvomadaniyatlar kontekstida olam manzarasini tasvirlashning aksiologik va lingvofalsafiy usullari orqali ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” konsepti voqelanishining milliy-mental xususiyati yoritilganligiga oid yangilikdan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi AM-FZ- 201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 11-apreldagi 04/1-707-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” tarkibiy qismli til birliklari  aniqlashga erishilgan;
turli tizimli tillar frazeologik, paremiologik fondining semantik, kognitiv-konseptual tahlili asosida “love”/“muhabbat” konseptlarining olam konseptual manzarasining kategoriyalashtiruvchi, aksiologik birliklari ekanligi asoslanganligi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mo‘ljallangan PZ – 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 11-apreldagi 04/1-708-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillari olam lisoniy tasvirida “love”/“muhabbat” konseptining o‘ziga xos voqelanishining o‘xshash va farqli xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “love”/ “muhabbat” konseptini ifodalovchi metaforalarning antropomorf, naturmorf, fiziologik metaforik modellaridagi ingliz tilida LOVE – PERSON, LOVE – FIRE, LOVE – ILLNESS va o‘zbek tilidagi MUHABBAT– INSON, MUHABBAT – OLOV, MUHABBAT – DARD kabi o‘xshash metaforik turlari aniqlangan bo‘lsa, ingliz tilida LOVE – ECONOMIC EXChANGE, LOVE – CONTAINER va o‘zbek tilida MUHABBAT – ZANJIR kabi predmet metaforik modellarining tafovutlari dalillanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillari “love”/“muhabbat” konsepti frazeologik birliklarning ingliz tilida ees, heart, head hand, feet, o‘zbek tilida ko‘z, bosh, yurak, qo‘l, oyoq  kabi o‘xshash va heel, knee, hip, jigar, og‘iz kabi farqli somatizmlari aniqlanganligiga oid yangilikdan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mo‘ljallangan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish nomli” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 28-avgustdagi 04/1-1574-son  ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ingliz va o‘zbek tillarida “love”/“muhabbat” konseptli metaforik modellarini ochib berish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish