Anarboeva Irodaxon Oripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimdagi tillarda takroriy nominatsiyalarni tashkil etuvchi til birliklari tipologiyas”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2922.
Ilmiy rahbar: Mamadaliev Axmadali, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Alpanova Shirin Hakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimdagi tillarda takroriy nominatsiyaning lisoniy va tipologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takroriy nominatsiyaning leksik, sintaktik, stilistik turlari va uning paradigmatik hamda sintagmatik xususiyatlari tadqiq qilinib, bunda ushbu xodisalarning struktur-semantik, funksional, tipologik belgilari dalillangan hamda birlamchi nominatsiya, ikkilamchi nominatsiya va takroriy nominatsiya tushunchalarining farqlovchi belgilari aniqlashtirilgan;
fransuz va o‘zbek tillarida zanjirli bog‘lanishda izchillik kategoriyasining o‘rni va variativlik tamoyillari qiyoslangan hamda nominatsiyaning bir yoki ko‘p marotaba takrorlanishiga ko‘ra referentlik hosil qilishi, matnda takrorlarning yig‘iq va yoyiq turlari aniqlanib, nominativ ma’no so‘zning nomlovchi ma’nosi bo‘lsa, takroriy nominatsiya referent holatda denotatning ikkilamchi ma’nosini hosil qiluvchi til birligi ekanligi ochib berilgan;
o‘zbek va fransuz tillarida ot va fe’l reprezentativ birliklar takroriy nominatsiya sifatida faol qo‘llanilishi aniqlangan hamda anaforik fe’llar tavsiflangan, shuningdek, olmosh, sifat, ravishlarning ham takroriy nominatsiya hosil qilishi va o‘zbek tili diskursida nominativ asos denotati aniq berilmagan holatda kommunikantlar uchun “tanish fakt” doirasida unga ishora qiluvchi birliklari orqali “assotsiativ anafora” hodisasi yuzaga kelishi dalillangan;
koreferent gaplarda fe’l va fe’l majmui transformatsiyalashib, nominalizatsiya jarayoniga yuz tutishi, bunda ot reprezentantda "harakat" semasi saqlangan holatda leksik va grammatik differensial semalar o‘chib ketishi, ot va fe’l reprezentatlarning o‘ziga xos farqli va umumiy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
o‘zbek tilshunosligida nominativ birliklarning nutqiy muloqot jarayonida qo‘llanish xususiyatlari, adresant va adresatning maqsadini amalga oshirishda pragmatik birliklar ahamiyati, matnda ularni qayta nomlash uchun takroriy nominatsiyalarning muloqot aktida lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari, nutqiy ta’sirga oid farqlarini ifodalash uchun maxsus va vazifadosh shakllar, eksplisit va implisit jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan «OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023 yil 31 maydagi 39-08-1304-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nomlash jarayoniga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
takroriy nominatsiya va nom ko‘chishi bilan bog‘liq til birliklari konseptologiyasi va ularning olam lisoniy manzarasidagi aksiga doir lingvistik atamalarni izohlashda, shuningdek, nominatsiya borasida tadqiqotlar olib borgan tilshunos olimlar qarashlariga doir talqinlarni shakllantirishda xizmat qilgan ilmiy va nazariy fikrlardan “№ IL402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023 yil 31 maydagi 39-08-1304-son ma’lumotnomasi). Natijada nominatsiya tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim atamalarning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
ot va fe’llarning takroriy nominatsiyani ifodalashi bo‘yicha nazariy xulosalaridan hamda nominativ birliklarning fransuz va o‘zbek tillarida ifodalanishi, o‘ziga xos va farqli jihatlarini ommabop nutqimizda nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga nisbatan ham ta’sir ko‘rsatishi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy hulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli eshittirishlarning 2023 yil yanvar va may oylaridagi sonlarida foydalanilgan (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-maydagi O‘zG‘k-0436-829-con ma’lumotnomasi). Natijada keng qo‘llanuvchi takroriy nominativ birliklar turli tizimli tillarda qo‘llanishining o‘ziga xos o‘hshash va farqli jihatlarini yoritib borish kabi amaliyotlarda manba sifatida tatbiq etilgan.